Mamarahimov rustamjonning musiqa pedagogikasi



Download 29,12 Kb.
bet4/5
Sana11.01.2022
Hajmi29,12 Kb.
#352579
1   2   3   4   5
Bog'liq
oraliq

Hamza Hakimzoda Niyoziy – shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi, vatanparvarlik mavzusidagi qo‘shiqlar muallifi.

Hamza 1889 yil Qo‘qonda tabib Ibn Yamin Hakimjon oilasida tug‘ildi. Hamzaning onasi Jahonbibi unga bolalik chog‘larida qo‘shiq kuylab, ertak aytib berishni yaxshi ko‘rardi. Hamza 7 yoshidan eski usul maktabida, keyin madrasada o‘qidi (1896–1906). Bir qancha vaqt Hamza I.V.Orlovning rus-tuzem kechki maktabida va Namangan madrasasida o‘qidi. Otasining e’tirozlariga qaramasdan, 1908 yilda o‘qishni tugatmay, madrasadan ketadi, chunki dindorlik uni qiziqtirmasdi. Xalq sozandalaridan u tanbur va dutor chalishni o‘rgandi. U mustaqil ravishda o‘qib-o‘rganish bilan faol shug‘ullanib, kitoblar mutolaa qiladi, o‘zi she’rlar yozadi, bosmaxonada ishlaydi, shuningdek rus-tuzem maktabida dars beradi. Shu vaqtning o‘zida Hamza Toshkentda jadidlarning yangi usul maktablarining o‘quv rejalari bilan tanishadi. Uning o‘zi ham avval Qashqardarvoza mahallasida (1910), keyin esa Qo‘qonda (1911) maktab ochadi. Lekin, bu maktab yopiladi va 1913 yilda Hamza Qo‘qondan jo‘nab ketishga majbur bo‘ladi. U xorijda – Afg‘oniston, Hindiston, Makka, Madina, Shom, Bayrut, Istambul va Odessada bo‘ladi. 1914 yilda Qo‘qonga qaytib, Hamza yana «Doril Yatim» maktabini, keyin 1915 yilda Marg‘ilonda ham maktab ochadi.

1905 yildan 1916 yilgacha Hamza ko‘p sonli adabiy asarlar, maktablar uchun kitoblar va qo‘shiqlar muallifiga aylanadi. U klassik shoirlar uslubida g‘azallar, «Milliy qo‘shiqlar» to‘plami (I qism), «Yangi saodat» qissasi, teatr uchun pesalar, «Oq atirgul», «Qizil atirgul» va boshqa qo‘shiqlari; «Yengil adabiyot» (1-sinf uchun), «O‘qish kitobi» (2-sinf uchun), «Qiroat kitobi» o‘quv qo‘llanmalari, bolalar uchun «Ilm ista», «Maktab», «O‘qi!», «Kitob», «Qalam», «Ona», «Hikoyat» kabi she’rlar yozdi. O‘zining ijodi va pedagogik faoliyatida Hamza xalqni ma’rifatli qilishga intildi, tengsizlik, qoloqlik va chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi chiqdi, xotin-qizlarning ozodlikka chiqishini yoqladi. Shu sababli uningko‘p maktablari mahalliy hokimiyat tomonidan berkitilar va u podshoh «qo‘riqchilari»ning ta’qibi ostiga olinar edi.

1917 yilda Hamza «Kengash» va «Hurriyat» jurnallarida muharrir vazifasida ishladi. Sovetlar hokimiyat tepasiga kelgach, Hamza haqiqiy kommunistga aylanadi. Kommunistik partiya safiga kiradi (1920). 1917–1918 yillarda «Hoy ishchilar», «Yasha Sho‘ro», «Ishchilar uyg‘on» kabi qo‘shiqlar yaratadi. Skobelev (Farg‘ona) shahri sayyor dramatik truppasining dramaturgi va rejissyori sifatida ishlab, Hamza qator dramatik pesalar yaratdi, ulardan biri «Boy ila xizmatchi» (1918) dramasi edi. Bir vaqtning o‘zida Farg‘ona viloyati madaniy-ma’rifiy ishlari bo‘limi xodimi bo‘lgan Hamza Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi qoshidagi «Musulmon o‘lka» siyosiy truppasining rejissyori (1919) va «Dor ush shafaq» maktabi direktori edi (1920). 1921 yilda Hamza Buxoro viloyatining ma’rifiy va harbiy agitbrigadasiga qarashli teatr truppasiga rahbarlik qildi. 1921–1924 yillarda Hamza Xorazm viloyati kasaba uyushmasi madaniy-ma’rifiy muassasalarini boshqaradi. 1925 yilda Hamza Farg‘ona viloyati xalq ta’limi bo‘limiga yuboriladi va savodsizlikni tugatish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1926 yilda u viloyat xalq ta’limi bo‘limining doimiy noziri bo‘ladi va Avval qishlog‘idagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

1926 yil davomida Hamza «Burungi saylovlar», «Saylov oldidan», «Yer islohoti» pesalarini, shuningdek mashhur «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» dramasini, «O‘zbek xotin-qizlariga», «Xujum» xoinlariga», «Tursunoy marsiyasi» kabi she’rlarini yozadi.

1926 yilda samarali ijodiy faoliyati va jamoat ishlaridagi fidoyiligi uchun Hamza Hakimzoda Niyoziy O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoniga sazovor bo‘ladi.

1928 yilda Hamza Shohimardonga jo‘natiladi va u yerda o‘qituvchi va maktab mudiri bo‘lib ishlaydi. Qisqa vaqt ichida u yangi maktab binosini qurishga, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni ishga jalb qilishga ulguradi. Uning tashabbusi bilan qishloqda klub va kutubxona quriladi. Musiqa sohasidagi bilimlarini takomillashtira borib, 1928 yilda Hamza Samarqand musiqa va xoreografiya institutiga o‘qishga kiradi. 1929 yilda Hamza Farg‘ona viloyati mehnatkashlar deputatlari Kengashiga deputat etib saylanadi. Hamza aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot faoliyati bilan faol shug‘ullanishni davom ettiradi. Shunday yurishlarning birida, 1929 yil 18 martda unga suiqasd uyushtiriladi va Hamza reaksion kayfiyatdagi unsurlar tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi.

Jamiyatimizning hozirgi rivojlanish bosqichida Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodini baholash uning ko‘pchilik asarlarining g‘oyaviy yo‘nalishi tufayli ko‘p bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ammo shu narsa ham aniqki, Sharof Rashidov Hamza hayotini Nikolay Ostrovskiy, Musa Jalil, Yulius Fuchikdek vatanparvar ijodkorlar bilan bog‘lab yozganidek, «uning ijodi o‘z xalqining baxtli kelajagi uchun kurashga butunlay bag‘ishlagan hayoti bilan chambarchas bog‘liq».

Pedagogikada Hamza novator edi. Eski maktabdan farqli ravishda u ta’limga dunyoviy fanlar – ona tili, tabiatshunoslik, matematika, geografiya, rus tili, musiqani kiritdi. «Hamza savodga o‘rgatishda ovoz metodini qo‘llashni birinchi tarqatuvchilaridan hisoblanadi. Hamzaning pedagogik qarashlari yoshlarni aqliy, ahloqiy va estetik tarbiyalashning muhimligi haqidagi g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan. Uning ko‘plab she’r va qo‘shiqlari vatanparvarlik, baynalmilallik, insonparvarlik, do‘stlik, mehnatga muhabbat mavzulariga bag‘ishlangan. Ta’lim va tarbiya ishida u o‘qituvchiga, uning bilimi va ahloqiy qiyofasiga alohida e’tibor qaratgan».

Musiqa san’atida O‘zbekiston kompozitorlari Hamza ijodi va uning kuylariga ko‘p bor murojaat qilganlar. Uning qayta ishlangan qo‘shiqlar to‘plami chop etilgan (Hamza Hakimzoda Niyoziy. Ovoz va fortepiano uchun qo‘shiqlar. T., 1949). Qo‘shiqlarni kompozitorlar B.Nadejdin, Ik.Akbarov, G.Mushel, S.Yudakov, G‘.Qodirov, B.Gienkolar qayta ishlaganlar. Uning qo‘shiqlaridan kompozitorlarning quyidagi original asarlarida ham foydalanilgan: M.Ashrafiy va S. Vasilenkoning «Bo‘ron» operasi, Ik.Akbarovning «Shoir xotirasiga» simfonik poemasi, D.Zokirovning «Hamza» poemasi; Hamzaning qo‘shiqlari asosida G.Mushelning simfonik syuitasi yaratilgan va b. Hamzaning komediyasi asosida yaratilgan S.Yudakovning «Maysaraning ishi» (S.Abdulla va M.Muhamedov librettosi) birinchi o‘zbek hajviy operasi juda mashhur bo‘lib ketdi. S.Boboev K.Yashin librettosi asosida «Hamza» operasini yaratdi va juda ko‘plab boshqa asarlar Hamza nomi bilan bog‘liq.

«Hamza Hakimzoda Niyoziy – o‘zbek xalq musiqa cholg‘ularidan sozga keltirilgan orkestr tuzish uchun ularni qayta ishlash lozimligi haqidagi fikrni aytgan O‘zbekistondagi birinchi musiqachilardan bo‘ldi». Hamza o‘zbek musiqa san’atini musiqa madaniyatining ilg‘or yutuqlariga yaqinlashtirishga, milliy qo‘shiq kuylash amaliyotiga zamonaviy vokal, xor maktablari usullarini joriy qilishga intildi.

Hamza Hakimzoda Niyoziyga bag‘ishlabyirik adabiy asarlar (Oybek, K.Yashin va b.), spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar (Sh.Abbosov, L.Qayumov va b.) yaratilgan O‘zbekistondagi, teatrlar, maktablar, ko‘chalar, metro bekati, Toshkentdagi musiqa kolleji uning nomi bilan ataladi.





  1. Download 29,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish