Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o‘rin tutgan. Hattoki, Buxoro shahrining nomi ham «Vaxara» buddaviylar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar bor.
Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu erga Eron orqali Suriyadan kirib kelgan nestorian yo‘nalishidagi nasroniylik dini muhim mavqeni egallagan. VI asr boshlarida Samarqandda nestorian episkopi, VIII asrda esa mitropoliti xizmat qilgan. Shuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va Xorazm viloyatlari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan.
VIII asrda Markaziy Osiyoga arablar bilan birga islom dini ham kirib keldi. Aholining bu dinni qabul qilishi asta-sekinlik bilan, bir tekis bo‘lmagan holda yuz berdi. Aholining bir qismi o‘zlarining qadimgi dinlariga e’tiqod qilishda davom etdi. Bu vaqtda islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishuvi yuz berdi. Movarounnahr xalqlarining islom diniga zid kelmaydigan ma’rifiy-axloqiy g‘oyalari, huquqiy me’yor va urf-odatlari to‘la saqlanib qoldi hamda islom ta’limoti asosida yanada sayqallandi. Bu holat Movarounnahrda islomning o‘ziga xos xususiyatlar kasb etishiga sabab bo‘ldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllangan diniy bag‘rikenglik samarasi edi.
Ulkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda islom ta’limotidagi o‘zga din vakillari bilan o‘zaro murosa yo‘lini tutish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamjihatlikda yashashga chorlovchi tamoyillar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, islom ta’limotidagi dinni qabul qilish yoki qabul qilmaslik qalbga bogliq, insonning to‘liq ixtiyoridagi amal deb qaralishi mintaqada diniy bag‘rikenglik muhiti barqaror bo‘lishi uchun asosiy omillardan bo‘ldi.
Horzirgi kunda ham yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din vakillari uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy bag‘rikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda mustahkamlanishi tahsinga sazovordir. Eng avvalo, Konstitutsiyamizning 31 -moddasida mustahkamlangan «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraitarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» degan qoida diniy bag‘rikenglik uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmokda. Bu tamoyilga ko‘ra, har kim o‘z dini va e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmog‘i lozim. Bir kishining din borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18-moddasida ham «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib ko‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart» degan norma asosida turli diniy e’tiqoddagi insonlarning dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekani e’tirof etilgan.
Konstitutsiyamizning 61 -moddasida esa, yurtimizda faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilgani haqidagi qoida mustahkamlangan. Unda aytilishicha, «Diniy tailkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu qoidaning mohiyati shundaki, O‘zbekistonda har qanday din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda ular o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bagrikenglikni mustahkamlashda qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi. So‘nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Vijdon erkinligi haqidagi qonun dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkinligini ta’minlaydi. Mazkur me’yor 1966 yil 16 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasiga muvofiqdir.
______________________________________________________________
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Toshkent-2012;
2.Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi,1995;
3.Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi,1948;
4.”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” to’g’risidagi qonun,1998;
5.Yovqochev Sh.A “Siyosat va din”o’quv qo’llanmasi;
6.Narbekov A.V “Dinshunoslik asoslari”,Toshkent-2007
7.Mo’minov A, Yo’ldoshxo’jayev H “Dinshunoslik”,Toshkent-2003
8. Yovqochev Sh.A. Siyosat va din. o’quv qo’llanma.
9. Narbekov A.V “Dinshunoslik asoslari”, Toshkent-2007.
10. “Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”,3-moddasining 1-bandi.
11. Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 2-moddasi
12.“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar”to’g’risidagi qonun 1-modda
Do'stlaringiz bilan baham: |