Ma’lumotlarni xotiraga muloqat usulida kiritish operatori
Mavzu:
|
Ma’lumotlarni xotiraga muloqat usulida kiritish operatori
|
O’quvchilar soni: 25 tagacha
|
Vaqt – 45 minut
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Odatiy dars
|
Dars mashg‘uloti uchun rejalar
|
1)Read(),ReadLn() operatorlari
2)Ekrandan o’qib olish operatorlaridan foydalanish
|
Dars mashg‘ulotining maqsadi:
Ta’limiy:O’quvchilarda Read() va ReadLn() operatolari haqida tushunchalarini shakillantirish. Ulardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish;
2) Tarbiyaviy:Ta’lim olish jarayonida o’quvchilardan komil inson fazilatlari odob-ahloq asoslari hamda vatanparvarlik g’urur hissini shakillantirish;
3) Rivojlantiruvchi:O’quvchilarda Read() va ReadLn() operatorlarini hayotiy turli masala va muammolarda qo’llay olishini o’rgatish;
|
Pеdagogik vazifalar:
o Informatikada kompyuter texnikasi,
o texnik vositalar bilan tanishish,
o kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishish,
o Pascal ABC bilan tanishish.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
o Pascal ABC dasturi bilan ishlay olishi,
o Read() va ReadLn() operatorlaridan foydalana oladilar,
|
O‘qitish usullari
|
Hamkorlikda o‘qitish,tushuntirish, munozora, tеxnika: taqdimot.
|
O‘qitish vositalari
|
Darslik, o‘quv qo‘llanmalar, tarqatma materiallar
|
O‘qitish sharoitlari
|
Tеxnik ta’minlangan:proyektor va kompyuterlar, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya
|
Dars mashg‘ulotning tеxnologik kartasi
Bosqichlar, vaqt
|
Faoliyat
|
O‘qituvchi
|
Tinglovchilar
|
1-bosqich.
O‘quv mashg‘ulotiga kirish
(5 min.)
|
1.1. O‘quv mashg‘ulotining mavzusi maqsadi, rеjalashtirilgan natijasi va uni o‘tkazish rеjasini aytadi.
|
Tinglaydilar. Kerakli ma’lumotlarni yozib oladilar.
|
2-bosqich.
Bilimlarni yodga olish
(10 min.)
|
2.1. Oldingi darslarda o’tilgan mavzular takrorlanadi va mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga tarif bеriladi
|
Tinglaydilar, savollar bеradilar.
|
3-bosqich.
Yangi mavzu bayoni
(25 min.)
|
3.1.O’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha to’liq nazariy ma’lumot beriladi. Yangi mavzuni tushuntirishda taqdimotlardan foydalaniladi. Amalda ko’rsatlishi kerak bo’gan amallarni kompyuterda amalda bajarib ko’satib beriladi
.
|
O’quvchi o’qituvchi aytayotgan gaplarga quloq soladi. Amalda ko’satgan ishlarni diqqat bilan kuzatib , yodida saqlab qoladi
|
4-bosqich.
Yakuniy
(5 min.)
|
5.1.Ishga yakun yasaydi, baholar qo‘yadi.
5.2. Mustaqil ish uchun vazifa bеradi )
|
Tinglaydilar, vazifani yozib oladilar.
|
Ma’lumotlarni xotiraga muloqat usulida kiritish operatori
Maqsad:
1) Ta’limiy:O’quvchilarga mavzuni to’liq tushuntirish;
2) Tarbiyaviy: Ta’lim olish jarayonida o’quvchilarda komil inson fazilatlari odob-ahloq asoslari hamda vatanparvarlik va milliy g’urur hissini shakillantirish;
3) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatrlarini umumlashtirish borib o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish hamda hayotga tatbiq eta olish vazifalarini rivojlantirish.
Darsning borishi
I. O’tgan mavzuni takrorlash.
Ma’lumotlarni xotiraga muloqat usulida kiritish operatori
Read, ReadLn so‘zlari qanday ma’no beradi?
Ma’lumotlarni muloqot usulida kiritish operatorining vazifasini tushuntiring.
Nima uchun bu usul ma’lumotlarni muloqot usulda kiritish deb ataladi?
Read bilan Readln farqi nimada?
Ma’lumotlarni bu usul bilan kiritishni :=(o’zlashtirish) operatoridan foydalanishda qulayligi.
Natijani ko’rib olishda Readln operatori beradigan qulaylikni izohlang.
II. Yangi mavzuni bayoni.
Read (kiritish ro‘yxati) va ReadLn (kiritish ro‘yxati)
Bu yerda Read (read (ing.) — o‘qish) va ReadLn Paskalning xizmatchi so‘zlari, kiritixh ro‘yxati esa bitta o‘zgaruvchi yoki o‘zaro vergul bilan ajratilgan bir nechta o‘zgaruvchilar ketma- ketligi. Masalan: Read(a); Read(a,b…); ReadLn(a,b…).
Muloqot usulida ozgina noqulaylik bor, ya’ni qaysi o‘zgaruvchiga qiymat kiritayotganimizni yodda tutishimiz shart. Bu noqulaylikdan qutulish uchun Write yoki WriteLn operatoridan foydalanish mumkin. Masalan, Write('a= '); ReadLn (a); Write('b= '); ReadLn (b); yozilsa, qaysi o‘zgaruvchiga qiymat kiritilayotgani ekranda ko‘rinib turadi.
Read va ReadLn operatorlarining farqlari quyidagicha: bitta yoki bir nechta alohida yozilgan Read operatori yordamida kiritiladigan o‘zgaruvchilar qiymati bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishi mumkin. ReadLn operatori esa faqat o‘zining ro‘yxatida keltirilgan o‘zgaruvchilarnigina qiymatini bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishiga imkon beradi. Shuning uchun ReadLn operatoridagi ro‘yxat tugagach keyingi kiritish operatorining ishlashi uchun albatta ENTER klavishini bosish shart.
Readln operatorini dasturni vaqtincha to’xtatib qo’yish uchun ham ishlatish mumkin. Ya’ni bu operatorni hech qanday o’zgaruvchisiz o’zini “Readln;” bersak dastur bu joyda foydalanuvchidan Enter tugmasini bosgunga qada to’xtaydi.
Bu bo’limda o’quvchilar quyidagi sodda dasturlar tuzish mobaynida mavzuni yanada yaxshiroq tushinib oladilar:
1 – dastur . Read() operatori yordamida a va b butun sonlarini qiymatini ekranda o’qib olib ularning yig’indisini natija sifatida yangi qatorga
chiqaring.
1-rasm(1-dastur natijasi).
2-dastur. 1-satrda Foydalanuvchi ismini va 2 – satrda tug’ilgan yilini qabul qiling va uning yoshini chiqaring.
2-rasm(2-dastur natijasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |