Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116
Bog'liq
1-1611

Xususiyatlari/Funksiya 
Xarakteristika 
Aloqa turi 
Spektrni kengaytirish (chastotani 
sakrashsimon qayta sozlash – FHSS) 
Chastotalar diapazoni 
2,4 dan 2,4835 GGsgacha 
Uzatish quvvati 
100 mVt 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi 20 Mbit/sekundgacha 
Masofa 
100 – 300 metrlar 
Tarmoqdagi qurilmalar soni 
127 ta
Ovoz kanallari 
Oltitagacha 
Ma’lumotlarni himoyalash 
Blowfish kodlash algoritmlari 
Manzillashtirish 
48-bitli MAS manzil 
 
2002 
yilda 
Invensys, 
Mitsubishi 
Electric, 
Philips 
Semiconductors va Motorola kompaniyalari ZigBee (shuningdek 
HomeRF lite, Firefly va RF-EasyLink sifatida ma’lum bo‘lgan) 
nomini olgan yangi simsiz aloqa standartini ilgari surish bo‘yicha 
uyushma tashkil etishdi. Bugungi kunda ZigBee nomi ostida deyarli 
IEEE 802.15.4 standartiga protokollar va kengaytmalar to‘plami 
yashiringan bo‘lib, u tufayli turli ishlab chiqaruvchilar qurilmalarining 
moslashuvchanligi ta’minlanadi. 
IEEE 802.15.4 standarti ZigBee tarmog‘ining radiochastotaviy 
qismi – modulyatsiyalash turi (BPSK va O-QFSK), chastotalar 
diapazonlari va ularga mos uzatish tezliklari tavsifiga ega. ZigBee 
spetsifikatsiyasi 10 dan 75 metrlargcha radiusda 250 kbit/s maksimal 
tezlikda ma’lumotlarni uzatilishini ko‘zda tutadi. Lekin uncha yuqori 
bo‘lmagan o‘tkazish qobiliyati o‘ta past energiya iste’moli bilan 
kompensatsiyalanadi, chunki standart apparatura faqat kam vaqtda 
efirni eshitishi bilan vaqtning katta qismida uxlash rejimida bo‘lishi 
hisobiga qurilmalarning maksimal past energiya iste’molini ko‘zda 
tutadi. ZigBee standariga uchta 2,4 GGs (16 ta kanallar), 915 MGs
(10 ta kanallar) va 868 MGs (1 ta kanal) chastotalar diapzonlaridagi 
27 ta kanallar biriktirilgan. Bu efir diapazonlari uchun maksimal 
ma’lumotlarni uzatish tezliklari mos ravishda 250 kbit/s, 40 kbit/s va 
20 kbit/slarni tashkil etadi. Kanalga ulanish tashuvchini nazorat qilish 


186 
(Carrier Sense, Multiple Access, CSMA) bo‘yicha amalga oshiriladi, 
ya’ni qurilma dastlab efir band emasligini tekshiradi va faqat bundan 
keyin uzatishni boshlaydi. 128 bitli kalit uzunligili AES algoritmi 
bo‘yicha shifrlash qo‘llanadi. 802.15.4 standarti MAS darajadagi 
noyob 64-bitli manzilning bo‘lishini, shuningdek bu qurilmaning u 
yoki bu WPANga (Wireless Personal Area Network) tegishliligini 
aniqlash uchun qo‘shimcha 16-bitli tarmoq manzilini (PAN-ID) 
bo‘lishini ko‘zda tutadi.
ZigBeening o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat 
oddiy 
“nuqta-nuqta” 
yoki 
“yulduz” 
bog‘lanishlari, 
balki
Retranslyatsiya qilish va ma’lumotlarni uzatish samarali marshrutini 
qidirishni qo‘llay oladigan “daraxt” va “yacheykali tarmoq” 
topologiyalarili murakkab tarmoqlar uchun mo‘ljallangan. ZigBee 
tarmoqlari o‘z-o‘zidan tashkil bo‘ladigan va o‘z-o‘zidan tiklanadigan 
tarmoqlar hisoblanadi. O‘rnatilgan dasturiy ta’minot tufayli ularning 
qurilmalari ta’minot yoqilganida o‘zlari bir-birlarini topishni biladi. 
Qandaydir qurilma ishdan chiqqanida ular xabarlarni uzatish uchun 
yangi marshrutlarni qidira oladi. 
ZigBee 
tarmoqlari 
uchta 
asosiy 
turlardagi 
uzellar 

koordinatorlar, marshrutizatorlar va oxirgi qurilmalarga ega. 
Koordinator majburiy qurilma bo‘lib, u tarmoqni hosil qiladi, tarmoq 
uchun chastotalar kanali nomerini va identifikatorni tanlaydi. Keyin 
unga marshrutizatorlar va oxirgi qurilmalar ulanadi, ularning sonini 
oshirish mumkin. 
Texnologiyaning 
afzalliklari 
shu 
hisoblanadiki, 
ZigBee-
qurilmalar 70-80 metrlardan ortiq masofalarga uzatishni ta’minlay 
olmasada, ular trafik uchun tennel sifatida Wi-Fi va Bluetooth 
qurilmalari kanallarini (agar ular ko‘rinish zonasida bo‘lsa) ishlatishi 
mumkin. Energiya iste’moliga kelganda, bitta uncha katta bo‘lmagan 
batareya nazariy jihatdan ZigBee-qurilmaning ishlash qobiliyatini 
saqlash uchun bir necha oylar va hatto yil davomida etishi kerak. 
Standartning 
boshqa 
afzalliklari 
orasidan 
yaxshi 
mastablanuvchanlikni, uzilishlar hollarida o‘zi tiklanishi imkoniyati 
va sozlashning oddiyligini aytib o‘tish kerak. 64-bitli manzillashtirish 
qo‘llanilganida yagona tarmoqqa 60 mingtadan ortiq ZigBee-
qurilmalarni birlashtirish mumkin. 
Past o‘tkazish qobiliyati va kichik ishlash radiusi ZigBee 
tarmoqlarni multimediali ma’lumotlarni (oqimli video yoki audio) 
translyasiyalash uchun yoki olisdagi ofislarning o‘zaro aloqasi uchun 


187 
qo‘llanilishiga imkon bermaydi. Buning uchun ma’lumotlarning 
simsiz keng polosali uzatish WiMAX texnologiyasi mavjud. ZigBee-
qurilmalarni asosiy qo‘llanilishi sohasi monitoring, xavfsizlik, tibbiyot 
apparaturalari holatini nazorat qilish tizimlari va boshqalar 
hisoblanadi. ZigBee kontrollerlarli xabarlagichlar yirik tashkilotlarda 
texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining ishini soddalashtirishi 
mumkin. Bu holda shtatdan tashqari vaziyat yuz berganida 
muhandislarga yaroqsizlikning sababini aniqlash uchun sensorlarni, 
masalan, noutbuk yoki cho‘ntak kompyuteri yordamida tekshirishni 
tez amalga oshirish etarli bo‘ladi. Shu bilan birga simsiz aloqa va 
avtonom ta’minot manbalarini qo‘llanilishi himoya tizimlari va 
monitoring qilish komplekslarining ishonchliligini oshiradi, chunki 
jinoyatchi bitta kuch kabelini uzish bilan butun simsiz aloqa 
tarmog‘ini ishdan chiqara olmaydi. 
Shuningdek, ZigBee aloqa “raqamli uyning” ajralmas qismi 
bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Binobarin, ZigBee kontrollerlarini nafaqat 
xavfsizlik va signalizatsiya tizimlari xabarlagichlari, balki maishiy 
texnika, 
shu 
jumladan 
konditsionerlar, 
videomagnitofonlar, 
televizorlar va hatto oddiy yoritish o‘chirgichlari oladi. Bu 
unifikatsiyalangan masofadan boshqarish pulti yoki mobil telefon 
yordamida barcha asboblarning ishlashini nazorat qilishga imkon 
beradi. 
Bundan tashqari, ZigBee-kontrollerlar aloqa kanallarining 
o‘tkazish qobiliyatlariga yuqori talablarni qo‘ymaydigan turli 
kompyuter qurilmalariga o‘rnatilishi mumkin. Ular, masalan, 
joystiklar, sichqonchalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Tibbiyot 
sohasida ZigBee simsiz aloqa operatsiyalarni o‘tkazgan bemorlar yoki 
og‘ir ahvolda bo‘lgan insonlar holatini kuzatib borishga yordam 
beradi. Simli xabarlagichlar o‘rniga bemorlarning qo‘llariga bosim, 
harorat, yurak qisqarishlari chastotalari sensorlarli elektron braslet 
taqilishi va kerakli davriylikda olinadigan ko‘rsatishlar markaziy 
serverga tashlanishi mumkin, u xavf tug‘ilganida palata va joy nomeri 
ko‘rsatiladigan ogoxlantirish signalini berishi mumkin. 
Tabiiyki, ZigBee-qurilmalar uchun boshqa ko‘plab qo‘llanilish 
sohalari ham topiladi. Istiqbolda ZigBee simsiz tarmoqlari Bluetooth 
texnologiyasiga jiddiy raqobatni hosil qilishi kerak. 5.2- jadvalda 
ZigBee aloqaning asosiy texnik parametrlari keltirilgan. 

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish