Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
1-1611

4-tarmoq
 
5-tarmoq
 
6-tarmoq
 


204 
sharoitlari va o‘rnatish parametrlari umuman OOUT tizimning aloqa 
sifatini aniqlaydi. Amaliyot ko‘rsatadiki, mavjud OOUT tizimlar 
atrof-muhitning har qanday sharoitlarida va to‘g‘ri ko‘rinishda ikki-
uch marta ortiq bo‘lgan masofalarda ishlay oladi. Tizimning ishlash 
qobiliyatini aniqlaydigan asosiy omillar atmosferadagi yo‘qotishlar, 
deraza 
oynalaridagi 
yo‘qotishlar, 
binoning 
og‘ishlari 
va 
harakatlanishlari, quyoshning yoritishi va to‘g‘ri ko‘rinishning 
qoplanishini o‘z ichiga oladi.
 
OOUT aloqa masofasini oshirish usullari. 
OOUTning asosiy 
kamchiligi uncha katta bo‘lmagan aloqa masofasi hisoblanadi, uni 
oshirishga urinilarda esa yechilishini talab qiladigan quyidagi 
muammolar vujudga keladi: 
− 
qabullagichning bo‘sag‘aviy sezgirligini kamaytirish; 
− 
nurlanishning maksimum quvvatini oshirish; 
− 
qabullagich linzasining diametrini oshirish; 
− 
atmosferadagi yo‘qotishlar koeffitsientini kamaytirish; 
− 
nurlanishning tarqalish burchagini kamaytirish. 
Qabullagichning bo‘sag‘aviy sezgirligi fotoqabullagich qurilmasini 
xarakterlaydi va elementlar asosining zamonaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Uzatkiching maksimum quvvatini oshirish nurlanishning 
o‘rtacha quvvatini oshiradi, bu o‘z navbatida, o‘rtacha quvvatni 50 
mVtdan ortishiga, qurilmalarni sertifikatlashtirish va vakolatli 
organlardan ruxsat olish zaruratiga olib keladi. Bundan tashqari, 
dioddan issiqlik ajralishi ortadi, natijada nurlantirgich qiziydi va uning 
xizmat ko‘rsatish muddati sezilarli qisqaradi. Bu muammoni bir 
vaqtda impulsning uzunligini kamaytirish bilan maksimal quvvatni 
oshirish bilan erishish mumkin. Bu holda nurlanishning o‘rtacha 
quvvati oldingidek qoladi. 
Uzatish tezligini faqat nurlanish impulslari chastotasini oshirish 
yo‘li bilan erishiladi, bu nurlanishning o‘rtacha quvvatini ortishiga olib 
keladi. Demak, nurlantirgich impulslari uzunligini kamaytirish 
maksimum nurlantirish quvvatini oshirishga va bu bilan aloqa 
masofasini oshirishga yoki impulslar chastotasini oshirishga va bu bilan 
uzatish tezligini oshirishga imkon beradi. Shunday qilib, uzatish 
tezligini aloqa masofasiga ko‘paytmasi nurlantirgich impulslari 
uzunligi bir xil bo‘lganda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi. Bu yerdan 
kelib chiqadiki, aloqa masofasini tezlikni kamaytirish yoki impulslar 
uzunigini kamaytirish hisobiga oshirish mumkin. Bunday tasdiqlash 
uzatish tezligi uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi. 


205 
Aloqa masofasini oshirishning boshqa yo‘li bu linzaning 
diametrini oshirish hisoblanadi. Zamonaviy OOUT modellarida 
linzalar 10 sm tartibdagi diametrga ega, lekin keyingi oshirish 
tizimning qimmatlashishiga olib keladi. Katta diametrli Frenel 
linzalarini ishlatish mumkin, lekin ular changlanishga sezgir. 
Aloqa masofasini nurlanish to‘lqin uzunligini o‘zgartirish yo‘li 
bilan atmosferadagi yo‘qotish koeffitsientini kamaytirish hisobiga 
oshirish mumkin. Oldin ko‘rsatilganidek, atmosfera halaqitlari 
spektrning turli qismlaridagi nurlanishlarga turlicha ta’sir qiladi. 
To‘lqin uzunligini ortishi bilan atmosfera halaqitlarining ta’siri 
kamayadi 1800 nm atrofidagi to‘lqin uzunliklarida esa atmosferaning 
“shaffoflik oynasi” kuzatiladi. Optik signalni uzatishga yaraydigan 
quyidagi “shaffoflik oynalari” mavjud: 400-1050 nm, 1200-1300 nm, 
1500-1800 nm, 2100-2400 nm, 3300-4200 nm, 4500-5000 nm, 8000-
13000 nm [36-38]. 
Aloqa masofasini uzatkichning tarqalish burchagini kamaytirish 
bilan ham oshirish mumkin. Lekin bu quyidagi muammolarga bog‘liq: 
− 
uzatkichning tarqalish burchagini kamaytirish OOUTning 
sozlanishi va to‘g‘rilanishini murakkablashtiradi va mos ravishda 
tizimni montaj qilish qimmatlashadi; 
− 
ingichka nur qimmatroq obyektiv orqali shakllantiriladi. 
Bundan 
tashqari, 
ko‘plab 
OOUTlarda 
montaj 
qilish 
protsedurasini soddalashtirish maqsadida qabul qilish va uzatish 
bloklari bitta korpusda joylashtiriladi. Lekin bu holda ishlab chiqarish 
jarayonida korpusning ichida qabullagi va uzatkich optik o‘qlarining 
parallelligini aniq ta’minlash (aks holda ikki tomonlama aloqa uchun 
bloklarni sozlash mumkin bo‘lmay qoladi) zarur bo‘ladi.
Ob’ektlar orasida to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida yoki interval 
uzun bo‘lganida retranslyator o‘rnatilishi mumkin. Retranslyatorga 
faqat ta’minotni yetkazish va obyektlar orasida to‘g‘ri ko‘rinishni 
ta’minlash talab qilinadi. 

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish