QIDIRUV USULLARINI TADQIQ QILISH
Ma’lumotlarni tuzilmadan qidirish
Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo’yicha massiv ma’lumotlari ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topish yoki bunday ma’lumot yo’qligini aniqlashdan iborat.
Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo’lishi, ya’ni mazkur kalitga ega ma’lumot jadvalda yagona bo’lishi mumkin. Bunday noyob kalitga boshlang’ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u orqali ham qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar kalitini bir joyga yig’ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi algoritmga berilgan argument bo’yicha qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi kerakli ma’lumotni jadvaldan topish yoki yo’qligini aniqlashdan iboratdir. Agar kerakli ma’lumot yo’q bo’lsa, u holda ikkita ishni amalga oshirish mumkin:
Ma’lumot yo’qligini indikatsiya qilish (belgilash)
Jadvalga ma’lumotni qo’yish.
Faraz qilaylik, k – kalitlar massivi. Har bir k(i) uchun r(i) – ma’lumot mavjud. Key – qidiruv argumenti. Unga rec - informatsion yozuv mos qo’yiladi. Jadvaldagi ma’lumotlarning tuzilmasiga qarab qidiruvning bir necha turlari mavjud.
M: Binar qidiruvdan foydalanib elementlarni tasodifiy ravishda toping.
Aytaylik bizga tartiblangan n ta elementdan iborat arr[] massiv berilgan bo'lsin, va berilgan x ni arr[] ichidan qidirish funksiyasini tuzish sharti qo'yilsin.
Bu holatda eng oson yo'l sifatida chiziqli qidiruvni misol keltirish mumkin. Ammo bu usulning vaqt davomiyligi O(n) ni tashkil qiladi. Xuddi shu vazifa uchun biz binar qidir algoritmini ishlatsak bo'ladi.
Binar qidiruv
Qiyinlik darajasi: 5/10.
Eng zo'r ko'rsatkichi(vaqt): O(1)
Eng yomon ko'rsatkichi(vaqt): O(log n)
O'rtacha ko'rsatkichi(vaqt): O( log n)
Binar qidiruvning asosiy g'oyalaridan biri ketma-ket ikkiga bo'lishga asoslanadi, ya'ni berilgan x ni massivning o'rtadagi elementi bilan solishtiradi, agar katta bo'lsa oxiri va o'rtasi orasidagi massivni oladi, agar kichkina bo'lsa boshi va o'rtasi orasidagi massivni oladi, va har safar shu jarayon takrorlanib boradi toki x element solishtirilayotgan massivning elementga teng bo'lgunicha yoki massivning elementlari qolmaguncha .
Masalan:
Biz bitta taqqoslashdan so'ng massivning yarim elementlarini hisobga olmasak ham bo'ladi.
1. x ni o'rtadagi element bilan solishtiramiz.
2. Agar rost bo'lsa, o'rtadagi elementni qaytaramiz.
3. Agar x katta bo'lsa, x ni massivni o'ng yarmini ichidan qidiramiz, yuqoridagi ketma-ketlikni bajargan holda.
4. Aks holda chap yarmi bilan binar qidiruvni amalga oshiramiz.
Quyida Binar qidiruvning rekursiya orqali amalga oshiramiz.
AMALIY TOPSHIRIQ (13-Variant)
Stek elementlarini(sonlarni) teskari tartibda joylashtirib chiqilsin
#include
using namespace std;
int main()
{
int n, reverse=0, rem;
cout<<"Sonni kiriting: ";
cin>>n;
while(n!=0)
{
rem=n%10;
reverse=reverse*10+rem;
n/=10;
}
cout<<"Teskari son: "<return 0;
}
Xulosa shuki Binar qidiruv Chiziqli qidiruvdan ancha tezroq ishlaydi. Mustaqil ish internetdan olingan ma'lumotlar asosida tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |