Mediana deyilganda to’plamni teng ikkiga bo’luvchi varianta tushuniladi.
To’plam birliklarini yarmisi medianadan yuqorida, yarmisi esa pastda joylashadi.
Diskret variatsion qatorlarda medianani aniqlash uchun chastotalar yig’indisi
ikkiga bo’linib, olingan natijaga 1/2 qo’shiladi. Modani aniqlagan misolimizda
mediana 527 ga teng [(1053:2)+0,5]. Demak, 1053 birlikni teng ikkiga bo’luvchi
varianta 527 ga to’g’ri keladi. 527 variantaning mohiyati qanaqa? Bu savolga
javob berish uchun chastotalarni qo’shish kerak, ya’ni 14+63+191+210+300.
Demak, 527 variant 52 razmerga to’g’ri kelyapti. Bizni misolimizda moda va
mediana mos bo’lib, bir variantaga joylashgan.
Intervalli variatsion qatorlar uchun mediana quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |