Model va modellashtirish.
Reja:
Ma`lumotlarni modellashtirish turlari
Ma`lumotlar modellari
Ma`lumotlarni modellashtirish turlari
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma`lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o`lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo`ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog`langan to`plamidan iborat.
MOning iyerarxik modeli pastki pog`onadagi yuqori pog`onadagiga bo`ysinish tartibida joylashgan elementlar to`plamidan iborat bo`ladi va ag`darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model sath, tugun, bog`lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi sathdagi bir necha tugunlar bog`lanish yordamida yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog`langan bo`ladi. Tugun - bu iyerarxiyaning berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir.
MOning semantik tarmoq modeli iyerarxik modelga o`xshashdir. U xam tugun, sath, bog`lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantiq tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orqali «erkin», ya`ni «har biri xamma bilan» ma`noli bog`lanish qabul qilingan.
Ko`pchilik MOlar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma`lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MOda ustunlar-maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MOning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma`lumotlarni tashkil etadi.
Maydonlar-MO tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma`lum xususiyatlarga ega bo`ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning o`zunligidir. Maydon o`zunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo`lsa sarlavhada maydon nomi yozib quyiladi. turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo`ladi.
Ma`lumotlar modellari
MBBT istalgan foydalanuvchiga ma`lumotlarga kirishga ruxsat etadi. Bu foydalanuvchilar amaliy jihatdan hech qanday quyidagi tasavvURLarga ega emas:
ma`lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko`rinishi;
so`raladigan ma`lumotlarni izlash mexanizmi;
bir xil ma`lumotlarga bir vaqtning o`zida ko`pchilik foydalanuvchilar tamonidan bo`ladigan so`rovlar muammolari (amaliy dasturlar bilan);
mumkin bo`lmagan va (yoki) ruxsat etilmagan o`zgarishlarni kiritishdan ma`lumotlarni himoyalashni tahminlash usullari;
ma`lumotlar bazasini va boshqa ko`pgina MBBT funksiyalarini aktual holatini tahminlash.
MBBTning bu asosiy funksiyalarining bajarilishida har xil turdagi ma`lumotlar tavsiflanadi.
Albatta, mahlumootlar bazasini loyihalashni predmet sohasini tahlil qilishdan boshlash va alohida foydalanuvchilar talablarini aniqlash (ma`lumotlar bazasini tuzish uchun, korxona xodimlari) kerak.
MB ning foydalanuvchilardan so`rab olingan xususiy «ko`rinish»lar va ma`lumotlar to`g`risidagi o`z «kurinish»lari, keyingi «kurinish»larda kerak bulib qolishi mumkin, birlashtirib foydalanuvchi avval yaratilayotgan MB umumiy noformal tavsivini yaratadi. Insonlarga tushinarli bo`lgan tahbiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqalar yordamida bajarilgan bu tavsiv ma`lumotlarning infologik modeli deb ataladi.
Insonlar uchun yo`naltirilgan bunday model to`laligicha ma`lumotlarni saqlash muhitining fizik parametrlariga bog`liq emas. Bu muhit, oxir oqibatda, EHM xotriasi bo`lmasdan, balki inson xotirasi bo`lishi mumkin. Shuning uchun, infologik model birorta predmet sohasini akslantirishi uchun, real olamdagi o`zgarishlar qandaydir tahrifni o`zgartirishni talab qilmagancha, o`zgarmasligi kerak.
Rasmda ko`rsatilgan boshqa modellar kompyuter uchun yo`naltirilgan xisoblanadi. Ular yordamida MBBT dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma`lumotlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat ma`lumotlarni fizik joylashishini hisobga olmasdan, balki dasturlar va foydalanuvchilar nomlari bo`yicha amalga oshirriladi. MBBT kerakli ma`lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma`lumotlarning fizik modeli bo`yicha izlaydi.
Demak, kerakli ma`lumotlardan foydalanishga ruxsat konkret MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma`lumotlar modeli ushbu MBBT ma`lumotlarni tavsivlash tilida tavsivlvnishi kerak bo`ladi. Ma`lumotlarning infologik model bo`yicha yaratiladigan bunday tavsiviga ma`lumotlarning data mantiqiy modeli deyiladi.
Uch darajadagi arxitektura (infomantiqiy, datamantiqiy va fizik daraja) ishlatiladigan dasturdan ma`lumotlarning saqlanishini bog`lamaslikni tahminlaydi. Kerak bo`lganda saqlanayotgan ma`lumotlarni boshqa ma`lumot tashuvchilarga yozib qo`yish va (yoki) ma`lumotlarni fizik modelini o`zgartish bilan uning fizik struturasini
qayta tashkil etish mumkin. Tizimda istalgan yangi foydalanuvchilarni (yangi ilovalar) qo`shish mumkin. Agar datamantiqiy model kerak bo`lsa uni qo`shish mumkin.
Adabiyotlar:
Karimov A “Microsoft Access bilan dastlabki tanishuv”TDYUI 2005
Anatoliy Xomokenno “Microsoft Access 2002” Ekspress kurs Peterburg 2005.
“Uchebnik po Access” Sostavitel. Djalilov M.L. TATU FF-2006
A. Xomokenno i dr. “Baza dannix” Uchebnik Sank-Peterburg 2004
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |