Ma`lumotlarni import va eksport qilish.
Ma`lumotlarni import qilish.
MS Accessda ma`lumotlar yoki ob`ektlarni bir ma`lumotlar bazasidan boshqa ma`lumotlar bazasiga o’tkazish (import) qilish uchun nusxa olish (Ctrl+C) va qo’yish (Ctrl+V) amalidan foydalaniladi. Shuningdek, MS Excel elektron jadvali va MS Word hujjatidagi ma`lumotlardan nusxa olish va MS Access jadvaliga qo’yish orqali ma`lumotlarni o’tkaza olamiz.
Ma`lumotlarni to’liq va maydon turiga bog’liq holda MBga o’tkazish import, MBdagi mavjud ma`lumotlarni tashqi vositalarga o’tkazish esa ma`lumotlarni eksport qilish deyiladi. Ma`lumotlarni import va eksport qilish jarayonida ma`lumotlar formati va maketi saqlab qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |