Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik kartasi
Ish bоsqichlari va vaqti
|
Faоliyat
|
|
ta’lim bеruvchi
|
ta’lim оluvchilar
|
1 - bоsqich.
O`quv mashg’ulоtiga kirish (10 daq.)
|
1.1. Mavzuning nоmi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yеtkazadi. Mashg’ulоt rеjasi bilan tanishtiradi.
1.2. Mavzu bo`yicha asоsiy tushunchalarni, mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yхatini aytadi.
1.3. O`quv mashg’ulоtida o`quv ishlarini bahоlash mеzоnlari bilan tanishtiradi
|
Tinglaydilar, yozib оladilar.
Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar.
|
2 bоsqich.
Asоsiy
(65 daq.)
|
2.1. Ma’ruza mashg’ulоtning rеjasi va tuzilishiga muvоfiq ta’lim jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon qiladi, ma’ruza matni bilan qisqacha tanishtiradi (1-ilova)
2.2. Savоl-javоb(3-ilova), Klaster (2-ilova) оrqali bilimlarni faоllashtiradi.
|
Tinglaydilar.
Yozadilar.
Javоb bеradilar.
|
3 bоsqich.
Yakuniy
(15 daq.)
|
3.1.Mavzu bo`yicha yakun qiladi, qilingan ishlarni kеlgusida kasbiy faоliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibоrini qaratadi.
3.2. Guruhlar ishini bahоlaydilar, o`quv mashg’ulоtining maqsadga erishish darajasini tahlil qiladi.
3.3. Mustaqil ish uchun tоpshiriq bеradi va uning bahоlash mеzоnlarini yеtkazadi
|
O`z-o`zini, o`zarо bahоlashni o`tkazadilar.
Savоl bеradilar
Tоpshiriqni yozadilar
|
MS Excel dasturi ro‘yxatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Odatda, Excel jadvalida izlash, tartiblash yoki ma’lumotlarni qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro‘yxat avtomatik tarzda ma’lumotlar bazasi deb qaraladi. Bu holda ro’yxat ustunlari ma’lumotlar bazasi maydonlari, ustunlar sarlavhalari ma’lumotlar bazasi maydonlari nomi, ro’yxatning har bir satri esa ma’lumotlar bazasining yozuvi kabi qaraladi. Aytilganlami quyidagi “Gullar” ro’yxati misolida ko’rish mumkin (E20- rasm):
Ish jarayonida jadvaldagi satrlarni, ya’ni yozuvlami biror shartga asosan (nisbiy) tartiblash lozim bo’ladi. Excel dasturida tartiblash qanday bajarilishini “Gullar” ro’yxatini gullar nomi bo’yicha alifbo harflarining o’sish yoki kamayish yo’nalishida tartiblash masalasida kо’rib chiqamiz:
1)A2 : D6 katakchalar blokini belgilaymiz.
Agar faqat gullar nomi yozilgan A2:A6 blokni belgilab, tartiblash amalga oshirilsa, gullar nomining o’mi o’zgaradi, lekin boshqa xususiyatlari o’rni o’zgarmaydi. U holda bir
gulga boshqa gul xususiyati mos kelib qolishi mumkin.
2)Uskunalar panelidan (o’sish yo’nalishida) yoki (kamayish yo’nalishida) tartiblash piktogrammasini tanlaymiz. Natijada, tartiblashning o’sish yoki kamayish yo’nalishiga mos
E21-rasmdagi kabi tartiblangan jadvallardan biri hosil boladi:
Avvalgi darsda ma’lumotlarni tartiblash haqida so’z yuritdik. Ko’pincha ro’yxatdagi ma’lumotlarni biror xususiyatiga asosan ajratib olish, ya’ni saralash zarur bo’lib qoladi. Masalan, 500 kishilik ro’yxatdan faqat yoshi 35 da bolganlarini, yoshi 35 bilan 40 orasida bolganlarini yoki sochi qora bo’lganlarini ajratib olish kabi. Excel dasturida bunday saralash masalasi filtrlash usuli orqali hal etiladi.
Filtrlash (saralash) — berilgan shartning qanoatlantiruvchi satrlarini ajratib olishdir.
“Tug'ilgan kunga olinadigan masalliqlar” jadvali misolida filtrlash usulini ko’rib chiqamiz. E25- rasmdagi jadvalda kilolab va donabay olinadigan mahsulotlar, ulaming narxlari keltirilgan. Maqsadimiz, kilolab va donabay olinadigan mahsulotlarni alohida ajratib olishdir. Jadvaldagi nomlarning birortasini belgilab, Ma’lumotlar (Данные) menyusining Filtr (Фильтр) bolimidan Автофилыр tanlaymiz (E26- rasm). Natijada, E26- rasmdagi kabi har bir nom yonida filtrlash belgisi hosil bo’ladi. Saralashni ‘‘Kg” yoki “Dona” nomli ustunlaming birortasi orqali
bajarishimiz mumkin. Tanlangan ‘‘Kg” nomiga mos filtrlash belgisi bizga quyidagi shartlar
bo’yicha tanlash imkoniyatlaridan birini beradi (E27- rasm):
• barchasini;
• dastlabki 10 tasini;
• mantiqiy shartlar bo’yicha;
• ko’rsatilgan qiymat ( masalan: 0,5; 3; 4; 5; 6; 10) yoki belgi (masalan: “-”) asosida;
• bo’sh katakchalar bo’yicha;
• bo’sh bo’lmagan katakchalar bo’yicha.
“Kg” nomli ustunda berilgan imkoniyatlardan awal ‘‘-’’ belgisi bo’yicha (E29- rasm), so’ngra “-“ ga teng emas (не равно ‘‘-’’) sharti bo’yicha filtrlaymiz (E29- rasm).
Natijada, kerakli jadvallarga ega bo’lamiz.
Ko’rib turganingizdek, saralangan jadvallarda yoki kilolab (E28- rasm) yoki donalab (E29- rasm) olingan mahsulotlar aks etadi. Agar, saralangan jadvalda barcha mahsulotlarni aks ettirmoqchi bo’lsak, “barchasini” (все) sharti bo’yicha filtrlaymiz.
Savol va topshiriqlar
1. Ma’lumotlarni saralash yoki filtrlash deganda qanday ish tushuniladi?
2. Filtrlash belgisini o'matish ketma-ketligini so'zlab bering.
3. Filtrlash belgisi beradigan imkoniyatlar haqida so'zlab bering.
4. Filtrlash belgisi nechta nomga birdan o'rnatilislii mumkin?
5. “Dona” nomiga o'matilgan filtrlash belgisi qanday imkoniyatlar berishi mumkin?
6. Mantiqiy shartlar haqida ma’lumot bering.
7. Tengsizlikni mantiqiy shartlar orqali qanday ifodalash mumkin?
8. Saralangan ma’lumotlami boshqa joyga qanday joylashtirish mumkin?
9. Saralangan ma’lumotlarda formula saqlanadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |