<< ; Fayl tarkibiga ikkinchi tur bo‘yicha ma’lumot yozish uchun .open ("fizik nom", ios::app); buyrug’i orqali e’lon qilinadi. Ikkinchi tur bo‘yicha yozish uchun e’lon qilinganda kursor fayl oxiriga boradi va yangi yozilgan ma’lumot fayl oxiriga borib yoziladi.
Misol: To‘rtta 1 2 3 4 elementlari mavjud bo‘lgan f fayl oxiriga 10 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni yozing.
#include #include using namespace std;
int main()
{ ofstream f;
f.open("tt.txt", ios::app);
for(int i=10;i<=20;i++)
f<<" "<f.close();
return 0;
}
Dastur natijasi
Yuqoridagi dasturda tt.txt faylida 1 2 3 4 sonlar mavjud edi, 10 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar 1 2 3 4 sonlaridan keyin tt.txt fayliga joylashtirildi.
Fayldan ma’lumot o‘qish Fayldan ma’lumot o‘qish jarayonini C++ dasturlash tilida amalga oshirish uchun fayl o‘qish uchun ochish bo‘yicha e’lon qilish kerak. Mavzuni fayllarga murojat qilish qismi bo‘yicha fayllar o‘qish uchun ochish bo‘yicha e’lon qilinadi va mantiqiy nomi fizik nomi bilan bog’lanib undagi ma’lumotlar o‘qiladi. Fayldan ma’lumotlar faqat o‘zgaruvchilarga o‘qiladi. Fayldan ma’lumotlarni o‘qish jarayoni xuddi cin funksiyasi kabi bajariladi.
C++ dasturlash tilida fayldan ma’lumot o‘qish uchun ifstream ; .open("fizik nom"); buyruqlari oldin yozilishi shart undan so‘ng fayl tarkibidan ma’lumot o‘qish mumkin. C++ dasturlash tilida fayldan ma’lumot o‘qishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
>> ; Fayl o‘qish uchun ochilgandan so‘ng uning elementlarini biror bir o‘zgaruvchiga o‘qib olish imkoniyati mavjud.
Misol: 1 dan 10 gacha sonlar yozilgan tt.txt faylidan uning elementlarini ko‘chirib olib ikkiga ko‘paytirib ekranga chiqaring.
#include #include using namespace std;
int main()
{ ifstream f; int a;
f.open("tt.txt");
for(int i=1;i<=10;i++)
{ f>>a;
cout<<2*a<<" ";
}
f.close();
return 0;
}
Dastur natijasi 2 4 6 8 10 12 14 16 18 20
Misol2: 1 dan 20 gacha sonlar yozilgan f fayli elementlari orasidan juftlarini ikkiga ko‘paytirib g faylga yozing. Masalani yechish uchun f faylni tt.txt, g faylni esa th.txt faylga bog’laymiz.
#include #include using namespace std;
int main()
{ ifstream f; int a;
f.open("tt.txt");
ofstream g;
g.open("th.txt");
for(int i=1;i<=20;i++)
{ f>>a;
if(a%2==0) g<<2*a<<" ";
}
f.close();
g.close();
return 0;
}
Kiritishga ma’lumot f(tt.txt) fayl
Dastur natijasi g(th.txt) fayl
C++ dasturlash tilida fayldan ma’lumotlar yuqoridagi holatlar bo‘yicha o‘qiladi va qayta ishlanadi.