TOPSHIRIQ
Ushbu laboratoriya mashg’ulot ishida 8.1 va 8.2-rasmda keltirilgan sxemalarni mos variantlar bilan shovqinbardosh kodli va shovqinbardosh kodsiz keltirilgan sxemalarni yig’ish zarur. Bu yerda koder va dekoder elementlari o’rniga mos ravishda RS kodini koder va dekoderlari qo’yiladi.
8.1-rasm. RS kodisiz tuzilgan ma’lumot uzatish tizimi modeli
8.2-rasm. RS kodi bilan tuzilgan ma’lumot uzatish tizimi modeli
Modelni tuzishda 8.1 va 8.2-rasmlarda keltirilgan sxemadagi ikkilik simmetrik kanalda xatolarni paydo bo’lish ehtimolligi qiymatlarini (Error Probability) 0.01 dan 0.20 gacha 0.01 qadam bilan o’zgartirish talab etiladi.
Kanalda Chiziqli blokli kodini qo’llagan va qo’llanmagan sxema bo’yicha modellashtirish natijalarini grafigida xatolik koeffitsientini xatolarni paydo bo’lish ehtimolligi qiymatlariga bog’lagan holda bitta grafikda ifodalang.
Hisobotni tarkibida mavjud bo’lishi zarur bo’lgan elementlar:
laboratoriya ishini raqami va nomi;
mos variant bilan bajarilgan topshiriq;
MatLAB dasturida yaratilgan modelni ko’rinish;
RS kodini qo’llagan va qo’llanmagan sxema bo’yicha modellashtirish natijalari;
Olingan natijalar bo’yicha xulosalar.
TOPSHIRIQNI BAJARISHGA KO’RSATMALAR
Ushbu ishni bajarishda quyida ko’rsatilgan bloklardan foydalanish zarur:
tasodifiy sonlar generatori - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Comm Sources → Random Data Sources bloklar guruhidan «Random Integer Generator» bloki;
sonlarni bitlarga o’zgartiruvchi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Utility Blocks bloklar guruhidan «Integer To Bit Converter» bloki;
bitlarni sonlarga o’zgartiruvchi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Utility Blocks bloklar guruhidan «Bit To Integer Converter» bloki;
RS koder - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Error Detection and Correction → Block guruhidan «RS Encoder» bloki;
RS dekoderi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Error Detection and Correction → Block guruhidan «RS Decoder» bloki;
ikkilik simmetrik kanal - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Channels guruhidan «Binary Symmetric Channel» bloki;
xatolarni hisoblovchi - Communication Blockset bloklar kutubxonasidagi Comm Sinks guruhidan «Error Rate Calculation» bloki;
displey – Simulink bloklar kutubxonasidagi Sinks guruhidan «Display» bloki.
Tasodifiy sonlar generatori [0; 15] intervalidagi butun sonlarni hosil qilishi lozim, buning uchun «Random Integer Generator» blokini «M-ary number» parametrini 16 ga sozlash talab etiladi.
Kodlash uchun [0; 15] intervaldagi sonlarni 4 bitdan qilib ifodalash lozim, buning uchun «Integer To Bit Converter» va «Bit To Integer Converter» bloklaridagi «Number of bits per integer» parametrini 4 ga sozlash talab etiladi.
Xatolar sonini bilish uchun «Error Rate Calculation» blokidagi «Output data» parametriga Port ga sozlash talab etiladi.
« RS Encoder» va « RS Decoder» bloklaridagi Codeword length» va «Message length» parametrlari mos holda belgilanadi.
Modellashtirish vaqtini 100000 ga sozlash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |