T/r
|
Mashgʻulotlar shakli: ma’ruza (M)
|
Ajratilgan soat
|
M1
|
Zamonaviy ma’lumot uzatish tizimlarining o‘rni va ahamiyati, asosiy tushunchalari. Ma’lumotlar uzatish tizimlarining sifat ko‘rsatkichlari va ularga qo‘yiladigan talablar.
|
2
|
M2
|
Diskret xabar manbalarini axborot tavsiflari. Axborot hajmi. Entropiya.
|
2
|
M3
|
Axborotni siqish usullari. Shennon – Fano, Xaffman usullari. Samarali kodlash usullari
|
2
|
M4
|
Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari. Modemlarda siqish algoritmlari.
|
2
|
M5
|
Abonent kirish tarmog‘ini qurishning umumiy tamoyillari. Modemlarning tasnifi va imkoniyatlari
|
2
|
M6
|
Modemlarni tuzilish sxemasi, protokollari va interfeyslari. Modemlarda modulyatsiya va demodulyatsiya usullari
|
2
|
M7
|
Abonent kirish tarmog‘ining simli va simsiz texnologiyalari
|
2
|
M8
|
Telekommunikatsiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish choralari, usullari va tasnifi, ularga qo‘yiladigan talablar.
|
2
|
M9
|
Shovqinli diskret kanallarda kodlash. Shenon teoremasi. Xatolar modellari. Shovqinbardosh kodlash tasnifi va parametrlari.
|
2
|
M10
|
Shovqinbardosh kodlarni telekommunikatsiyada qo‘llanishi.
|
2
|
M11
|
Chiziqli va blokli kodlar. Xemming va siklik kodlari.
|
2
|
M12
|
Goley va Fayra kodlari.
|
2
|
M13
|
BChX va Rid-Solomon kodlari.
|
2
|
M14
|
O‘rama, LDPC va Turbo kodlar.
|
2
|
M15
|
Ma’lumot uzatish tizimlarida sinxronizatsiya va adaptatsiya tamoyillari.
|
2
|
|
Jami
|
30
|
Laboratoriya ishlari
2- jadval
№
|
Mashg‘ulotlar shakli: Laboratoriya (L)
|
Ajratilgan soat
|
1
|
OSI modelining fizik va kanal pog‘onalarida ma’lumotlarni xato qabul qilish ehtimolligini tahlil qilish
|
4
|
2
|
Diskret kanallarni holatini Gilbert modeli asosida modellashtirish
|
4
|
3
|
Axborotni kodlashtirishning samarali usullarini tadqiq qilish (Shennona-Fano va Xaffmen algoritmlari)
|
4
|
4
|
Ma’lumotlarni siqish algoritmlari (Lempel – Ziv, LZSS algoritmlari) ni tadqiq qilish
|
4
|
5
|
Siklik kodlarni (SRC) kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
6
|
Xemming kodini kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
7
|
BChX kodlarini kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
8
|
Rid-Solomon kodlarini kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
9
|
O‘rama kodni kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
10
|
LDPC kodini kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
11
|
Turbo kodini kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
12
|
Kaskad kodini kodlash va dekodlash jarayonini modellashtirish va natijalarini tahlil qilish.
|
4
|
13
|
Ma’lumot uzatish tarmoqlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash
|
4
|
14
|
MATLAB Simulink muhiti yordamida paketlar kommutatsiyasi jarayonlarini tadqiq qilish
|
4
|
15
|
Sinxronizatsiya qurilmalarini ishlash prinsiplarini o‘rganish.
|
4
|
|
Jami:__60____Mustaqil_ta’lim_va_mustaqil_ishlar'>Jami:
|
60
|
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
№
|
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
|
Ajratilgan soatlar
|
Hisobot shakli
|
1
|
3-4-ma’ruza boʻyicha vazifa: LZ algoritmi asosida ma’lumotlarni siqish usullarining samaradorligini hisoblash
|
25
|
Hisobot shaklida
|
2
|
9-10-ma’ruza boʻyicha vazifa: Xatoliklarni aniqlash va tuzatish uchun shovqinbardosh kodlarni qo‘llash
|
20
|
referat shaklida
|
3
|
14-ma’ruza boʻyicha vazifa: Sinxronizatsiya qurilmasining ko‘rsatkichlarini hisoblash
|
25
|
referat shaklida
|
4
|
14-laboratoriya boʻyicha vazifa: MATLAB Simulink muhiti yordamida paketlar kommutatsiyasi jarayonlarini modellashtirish
|
20
|
Hisobot shaklida
|
Jami:
|
90
|
|
Mustaqil ish ma’ruza va amaliy mashgʻulotlardan berilgan vazifa boʻyicha referat, mustaqil ish va taqdimot shaklida talabaning individual bajaradigan ishi hisoblanadi.
Ta’lim strategiyasi
“Ma’lumotlar uzatish asoslari” kursini o‘qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, taqdimotlar, hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o‘zichiga oladi. Kurs bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:
Elektron shakldagi ma’ruza matnlari;
Har bir mavzuga doir prezentasiya slaydlari;
Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari;
Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar.
Nazariy mashgʻulotlar davomida, talabaga video mar’uza orqali mavzu yuzasidan kerakli boʻlgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentatsiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va boshqa oʻquv-uslubiy koʻrsatmalardan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi.
Laboratoriya mashgʻulotlarida har bir mavzu boʻyicha laboratoriya ishlari boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni oʻzlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. “Ma’lumotlar uzatish asoslari” fani boʻyicha laboratoriya ishlari uchun uslubiy koʻrsatmalarda keltirilgan ishlarni bajarish talab etiladi. Laboratoriya ishlari bajarilib himoya qilinsa, keyingi mavzuga oʻtiladi.
Amaliyot mashgʻulotlarida har bir mavzu boʻyicha topshiriqlarni hisoblash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar talabalarga taqdim etiladi. “Ma’lumotlar uzatish asoslari” fanidan topshiriqlarni bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarda keltirilgan ishlarni bajarish talab etiladi. Topshiriqni bajarish bilan keyingi mavzu boʻyicha topshiriqni bajarishga oʻtiladi.
Mustaqil ishda talabalar texnologiyalar va shovqinbardosh kodlar boʻyicha mustaqil referatlar tayyorlaydi va himoya qiladi. Har bir talaba alohida oʻz topshirigʻini bajaradi.
Ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashgʻulotlarining barcha mavzularini toʻla oʻzlashtirgan, hamda mustaqil ishni bajargan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |