Servers > Local Server > Databases >STAFF.GDB > Generators
SQL generatorni to’g’ridan-to’g’ri o’chirib bo’lmaydi, shuning uchun generatorni o’chirishda boshqa xil usuldan foydalanamiz. Gap shundaki, foydalanuvchi tomonidan yaratilgan jadvallardan tashqari sistema tomonidan yaratilgan xizmatchi jadvallar xam mavjud bo’lib, generatorlar shu jadvalga bog’langan bo’ladi. Bu jadvallarni ko’rish uchun IBConsole dasturida quyidagi buyruqni bajarish kerak:
View > System Data
Yaratilgan generatorga murojaatlar RDB$GENERATORS xizmatchi jadvaliga kiritiladi. Shu sababli qandaydir generatorni, masalan, POSS_ID_GEN generatorini o’chirish uchun quyidaga buyruqni bajarish etarli:
DELETE FROM RDB$GENERATOR
WHERE RDB$GENERATOR_NAME = 'POSS_ID_GEN’
Jadvalga yangi qator qo’shilganda generatorning qiymatini kandaydir yo’l bilan oshirish kerak bo’ladi. Bunday vazifani trigger yordamida amalga oshirish mumkin.
3.Triggerlar
Trigger- bu SQL tilidagi dastur bo’lib, aniq bir jadval ustidan aniq bir amalni bajaradi. Triggerlar jadvalda yangi qator yaratish, o’zgartirish va qatorni o’chirish paytlarida ishga tushishi mumkin.
1. STAFF jadvali yozuviga mos keladigan FAMILY va JOBS jadvallaridagi yozuvlarni o’chiradigan trigger yaratamiz:
SET TERM ^ ;
CREATE TRIGGER STAFFDelete FOR STAFF
BEFORE DELETE
AS BEGIN
DELETE FROM FAMILY
WHERE EmpID = OLD.ID;
DELETE FROM JOBS
WHERE EmpID = OLD.ID;
END
Triggerlarni tashkil qiluvchi ayrim elementlarni ko’rib o’tamiz. BEFORE kalit so’zi triggerning mos amallardan (INSERT, UPDATE yoki DELETE) oldin chakirilib bajarishini bildiradi. AFTER kalit so’zi ishlatilganda esa aksincha amaldan keyin trigger chaqiriladi.
OLD o’zgaruvchisi o’chirilayotgan yoki o’zgartirilayotgan qatorning ko’rsatilgan maydonga mos keladigan qiymatini bildiradi. Bu o’zgaruvchiga qarama-qarshi bo’lgan yana bitta NEW nomli maxsus o’zgaruvchi mavjud bo’lib, bu o’zgaruvchi INSERT yoki UPDATE buyruqlari bajarilayotganda yangi qiymatni ifodalaydi. SET TERM operatori yordamida dasturdagi operatorlar orasiga qo’yiladigan ajratgich belgi o’zgartiriladi. Avtomatik tarzda ";" belgi qabul qilinadi.
2. Endi STAFF, DEPS va POSS jadvallari uchun yangi qator qo’yganda GEN_ID funkstiyasini chaqiruvchi va kalit maydonga yoziladigan sonning qiymatini bittaga oshiruvchi triggerni yaratamiz.
SET TERM ^ ;
CREATE TRIGGER STAFFInsert FOR STAFF
BEFORE INSERT POSITION 0
AS BEGIN
NEW.ID = GEN_ID(STAFF_ID_GEN, 1);
END ^
CREATE TRIGGER DEPSInsert FOR DEPS
BEFORE INSERT POSITION 0
AS BEGIN
NEW.DeptID = GEN_ID(DEPS_ID_GEN/ 1);
END ^
CREATE TRIGGER POSSInsert FOR POSS
BEFORE INSERT POSITION 0
AS BEGIN
NEW.PosID = GEN_ID(POSS_ID_GEN, 1);
END ^
Bu erda POSITION kalit so’zi bitta jadval bilan bog’langan bir nechta triggerning bajarilish tartibini ifodalaydi. Yuqoridagi POSITION 0 bo’lgan holda trigger INSERT amali bog’liq barcha triggerlar orasida birinchi bo’lib bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |