Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар



Download 2,75 Mb.
bet15/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

Mohiyatlar klassifikatsiyasi. K.Deyt mohiyatlarning uchta sinfi mavjudligini qayd qiladi. Ular prujinali, birlashmali va tavsiflidir.
Negiz mohiyat (Negiz)-bu mustaqil mohiyatdir. Ko`rib chiqilgan misollarda to`rtburchak ichida qayd qilingan ‘Talaba’, ‘Xonadon’, ‘Er’, ‘Vrach’, ‘Oila’ va boshqalar negiz hisoblanadi.
Birlashma mohiyat (birlashma)-bu ikki yoki ko`proq mohiyatlar yoki mohiyatlar nusxasi orasidagi ‘ko`pga-ko`p’ turdagi bog`lanishdir. Birlashma to`la huquqli mohiyat sifatida qaraladi.
- ular xuddi negiz mohiyat singari boshqa birlashmalarda ishtirok etishi mumkin.
- ular nafaqat bog`lanishni ko`rsatish uchun kerakli kalit atributlar to`plamiga, balki ixtiyoriy sondagi atributlarga ega bo`lish xossasiga ega. Masalan, 4.2.1 va 4.2.4-misollardagi ‘Oila’ birlashmasi ‘KodM’, ‘KodA’ va ‘Er-tabel-raqami’, ‘Ayol-tabel-raqami’ kalit atributlar hamda ‘Guvohnoma-raqami’, ‘Qayd-sanasi’, ‘Qayd-joyi’, ‘Qayd-raqami’ singari aniqlovchi atributlarga ham ega bo`ladi.
Tavsifli mohiyat (tavsif)-bu ikki mohiyat orasidagi ‘ko`pga-bir’ yoki ‘birga-bir’ turdagi bog`lanishlardir. Tavsifning asosiy maqsadi qaralayotgan faoliyat sohasida boshqa bir mohiyatni aniqlash yoki tasvirlashdan iborat. Haqiqiy dunyo mohiyatlari ba`zan ko`pqiymatli xossalarga ega bo`lganligi uchun ularga ehtiyoj tug`iladi. Ba`zan er bir necha xotinga ega bo`lishi, qayta nashr qilingan kitobning bir qancha tavsiflari (tuzatish, to`ldirish, qayta ishlash, …) va h-zolar bo`lishi mumkin.
Tavsif tavsiflanuvchi mohiyatga bevosita bog`liqdir. Agar er dunyodan o`tsa, ayol uning xotini darajasidan ayriladi.
Tavsifni yozish uchun yangi ifoda ishlatiladi.
Tavsif (atribut1, atribut2, …)
{tavsiflanuvchi mohiyatlar ro`yxati}
ER diagrammada tavsif uchun trapetsiya shakli ishlatiladi.
Kengaytirilgan ER diagramma tili elementlari.
Belgilangan mohiyatlar yoki belgilash-bu ikki mohiyat orasidagi ‘ko`pga-bir’ yoki ‘birga-bir’ turdagi bog`lanish bo`lib, ular tavsifdan farqli ravishda belgilanadigan mohiyatga bog`liq bo`ladi.
Xodimni tashkilotning bir necha bo`limiga tayin qilish misolini ko`rib chiqamiz. (xodim bir bo`limda yoki bir vaqtning o`zida bir necha bo`limda qayd qilinishi yoki birorta ham bo`limda qayd qilinmasligi mumkin)
Tayinlash birlashmasi tasvirini tuzamiz.
Bo`limlar (Bo`lim-raqami, Nomi, …)
Xodim (Tabel-raqami, familiya, …)
Tayinlash [Bo`limN, XodimN]
(Bo`lim-raqami, Tabel-raqami,Tayinlash-sanasi)
Har bir xodim albatta bir bo`limga tayinlanishi lozim degan shart asosida ‘Xodim’ tasvirini tuzamiz.
Bo`limlar (Bo`lim-raqami, Nomi, …)
Xodimlar (Tabel-raqami, familiya, …, Bo`lim-raqami, Tayinlash-sanasi)
[Bo`limlar]
Bu misolda xodim o`z mustaqilliligiga ega. (Agar bo`lim yo`qotilsa, bundan shu bo`limga tayinlangan xodimlar ham yo`qotilishi kelib chiqmaydi). SHuning uchun, ular bo`lim tavsifi bo`la olmaydi va belgilash deb nomlanadi.
Katta hajmli va takrorlanuvchi matnlar uchun belgilashlar ishlatiladi. Masalan, talabalar o`rganayotgan fanlar ‘kodlashtirishlari’, tashkilot va bo`limlari nomi, mahsulotlar ro`yxati va h-zo.
Belgilashni tasviri tashqi ko`rinishda tavsifdan farq qiladi va unda belgilanadigan mohiyat figurali qavsga emas, balki kvadrat qavsga olinadi.
BELGILASH (atribut1, atribut2, …) [Belgilangan mohiyatlar ro`yxati]
Belgilash to`la huquqli mohiyat sifatida qaralmaydi va bu hech qanday xatolikka olib kelmaydi.
Belgilash va tavsif to`liq mustaqil mohiyat hisoblanmaydi, chunki ular qandaydir boshqa mohiyatni ‘belgilashi’ yoki ‘tavsiflashi’ uchun ushbu mohiyatni bo`lishini taqoza qiladi. Ammo, ular xususiy holda mohiyat bo`lishi va xossaga ega bo`lishi, birlashmada, belgilashda ishtirok etishi hamda o`z tavsifiga (ancha quyi darajada) ega bo`lishi mumkin. Har bir tavsifning nusxasi tavsiflanuvchi mohiyatning nusxasi bilan albatta bog`lanishi shart. Ammo, tavsiflanuvchi mohiyatning ba`zi bir nusxalari bog`lanishga ega bo`lmasligiga yo`l qo`yiladi. Haqiqatan ham bu oilaviy munosabatga tegishli bo`lsa, u holda ‘er’ mohiyat ‘erkak’ mohiyatga (xotini bo`lmagan er yo`q) almashtirilishi lozim.
Endi negiz mohiyat, mohiyat sifatida birlashma ham, belgilash ham, tavsif ham emas. Bunday mohiyatlar mustaqil mavjud bo`ladi, ba`zan esa ular boshqa mohiyatni belgilaydi. Masalan, xodimlar bo`limlarni belgilaydi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish