Ma'lumotlar ombori bu — tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham ma'lumotlar ombori.
Ma’lumotlar bazasini qo’llash ushbu imkoniyatlarni beradi: 1.So’rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; 2.Saqlanilayotgan ma’lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish; 3.Axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
4.Ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash;
5.Amaliy dasturlarni o’zgartirmasdan ma’lumotlarni o’zgartirish; 6.Ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash.
Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi — bu ma'lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.
Axborot bilan ta’minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning axborotga bo’lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga o’tish imkoniyatini yaratdi.
Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi. Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, ichki foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
1 • muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi;
2 • ishlashning ishonchliligi;
3 • tezkorligi va unumdorligi;
4 • foydalanishning oddiy va qulayliligi;
5 • foydalanishning ommaviyligi;
6 • axborotning ximoyalanganliligi;
7 • kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va echilishi kerak bo ’lgan masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ma’lumotlar bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
1. axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish;
2. saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash;
3. foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni izlash va tanlash;
4. olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish.
Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi:
1.bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi
2. ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT)
3.masalalarni echishning amaliy dasturlar to’plami.
Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan. Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |