Predmet sohasini tahlil qilish Ixtiyoriy tipdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini aniqlash bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilish umumiy bosqich bo‘lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalardan bog‘liq emas.
Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog‘onaga bo‘lish maqsadga muvofiq:
1. Konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
2. Axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
3. Predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual sxemasin loyihalashtirish.
Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda qyidagi masalalarni hal qlish kerak:
·foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish (konsepsial talablar);
·MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud masalalarini aniqlash (tadbikni tahlil qilish);
·kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni tahlil).
·tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari so‘rovlar bilan ularning intensivligi ko‘rsatilgan ro‘yxat va ma’lumotlarning hajmidan iborat. MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma’lumotlarni uning bo‘lajak foydalanuvchilari bilan suhbat o‘tkazish natijasida aniqlaydilar. SHu erda axborotlarni kiritishga, yangilashga va o‘zgartirishga bo‘lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilar talablari aniqlashtiriladi va to‘ldiriladi.
Turli predmet sohalarini tahlil qilishda so‘rovnomaning taxminiy tarkibini quramiz:
1-misol. Institut talabalarini hisobga olish uchun MBni ishlab chiqish taklif qilinayapti.
Predmet sohasining tahlil qilish:
1.Institutda qancha talaba ta’lim oladi?
2.Institutda qancha fakultet va kafedralar bor?
3.Fakulьtet bo‘limlari va kurslari bo‘yicha talabalar qanday taqsimlanagan?
4.O‘ar bir kursda har bir mutaxassislik bo‘yicha qancha fanlar o‘qitiladi?
5.Institutda qancha o‘qituvchi bor?
6.Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotoqxonada, xususiy xonadonlarda (ijarachi sifatida) yashaydi?
8.Ma’ruza va amaliy mashQulotlar o‘tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda qancha laboratoriyalar bor?
8.Va boshqa.