Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari


SQL tilining agregat funksiyalari



Download 0,73 Mb.
bet40/59
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#250903
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
1. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari-конвертирован

SQL tilining agregat funksiyalari.

SQL agregat (guruh) funksiyalari ustun qiymatlaridan bitta natija qiymatini olish uchun qo'llaniladi. Sodda qilib aytganda, ushbu funktsiyalardan foydalanib, ustun qiymatlari to'plamidan bitta qiymatni olamiz. Masalan: barcha qiymatlarning yig'indisi, minimal, maksimal yoki o'rtacha qiymat, shuningdek jadvalning qatorlarini hisoblash.

Agregat funksiyalar jadvaldan yig’ilgan axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu funksiyalari jadvaldagi satrlar guruhi bilan amal bajarib, bitta natija chiqaradi. Agregat funksiyalar uchun quyidagi amallarni ishlatamiz.


    1. Count - jadvaldagi satrlar sonini aniqlab beradi.

    2. SUM - ko’rsatilgan maydon qiymatlarini yig’indisini hisoblaydi.

    3. AVG - tanlab olingan maydon qiymatlarini o’rta arifmetigini hisoblaydi.

    4. MAX (MIN) - tanlab olingan maydon qiymatlarini eng kattasini (kichigini) topib beradi.

SELECT so’rovida agregat funksiyalar maydon nomlari kabi ishlatiladi. Maydon nomlari funksiyalar argumentlari sifatida keladi.

SELECT SUM (amt) FROM Orders;

Agregat funksiyasini ishlatishda kalit so’zlardan ham foydalanish mumkin. Ana shunday kalit so’zlardan biri GROUP BY kalit so’zidir. Bu kalit so’z maxsus maydonlarda boshqa maydon terminlaridan foydalangan holda agregat funksiyalarini ishlatish imkoniyatini beradi. Bu SELECT operatorida agregat funksiya va maydon nomlarini bitta SELECT buyrug’ida ifodalash imkoniyatini yaratadi. Masalan, siz har bir sotuvchining eng qimmat qiymatda sotgan mahsulotini ko’rmoqchisiz. Buni siz har bir sotuvchini alohida tanlab (SALESPEOPLE jadvalidan), uning sotgan mahsulotlari ichidan eng qimmatini topish yo’li bilan ham aniqlashingiz mumkin. Ammo GROUP BY kalit so’zi buni bitta SELECT operatorida birlashtirib, yengil bajarish imkonini beradi:

SELECT snum, MAX (amt) FROM Orders GROUP BY snum;

GROUP BY funksiyasini bir nechta maydonlar ishtirokida ham ishlatsa bo’ladi. Masalan, siz har bir sotuvchining har bir kundagi eng ko’p savdo summasini ko’rmoqchi bo’lsangiz, quyidagicha so’rov berishingiz mumkin:

SELECT snum, odate, MAX (amt) FROM Orders GROUP BY snum, odate;

SQL tilida agregat funksiyalardan tashqari yana bir qancha funksiyalar ham ishlatiladi va ular quyidagicha sinflashtiriladi:



  • matematik funksiyalar;

  • tizimni konfiguratsiyalash funksiyalari;

  • tizim funksiyalari;

  • xavfsizlik tizimi funksiyalari;

  • ma’lumotlarni boshqarish funksiyalari;

  • statistika funksiyalari.

SQL tilida matematik funksiyalaridan quyidagilar ishlatiladi: ABS (son) – sonning absolyut qiymatini hisoblaydi;

ISNUMERIC (ifoda) – ifodaning sonli turga mansubligini aniqlaydi; SING (son) – sonning ishorasini aniqlaydi;

RAND (butun son) – 0 va 1 oralig’ida verguli siljiydigan favqulotdagi sonni hisoblaydi; ROUND (son, aniqlik) – ko’rsatilgan aniqlikda sonni yaxlitlaydi.

POWER (son, daraja) – sonni ko’rsatilgan darajaga ko’taradi;

SQRT (son) – sondan kvadrat ildiz chiqaradi;

SIN (burchak) – radianlarda ifodalangan burchak sinusini hisoblaydi; COS (burchak) – radianlarda ifodalangan burchak kosinusini hisoblaydi; EXP (son) – sonnining eksponentasini hisoblaydi;

LOG (son) – sonning natural logarifmini hisoblaydi;


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish