Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’yekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o„z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi.
Ma’lumotlar bazasi axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismi bo„lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratiladi. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |