Kodd rekyatsion algebrasi.
Masalan A va B atributlar berilgan bo„lsin. Agar ixtiyoriy vaqtda A atributni bittadan ortiq bo„lmagan qiymati mos kelsa, unda B atributda funksional bog„langan deyiladi va quyidagicha belgilanadi:
A → B Shaxsiy raqam → Familiya
Bog’lanishlar
Mansabi → Maosh
1-jadval. Birinchi normal forma
Shaxsiy
raqam
|
Predmet nomi
|
Soatlar soni
|
Familiya
|
Mansabi
|
Maoshi
|
Kafedra
|
Tel.
|
201
|
EHM
|
36
|
Ergashev
|
Dots.
|
70000
|
EVM
|
4-89
|
201
|
SHK
|
72
|
Ergashev
|
Dots.
|
70000
|
EVM
|
4-89
|
202
|
MBBT
|
48
|
Komilov
|
Dots.
|
70000
|
EVM
|
4-89
|
301
|
MBBT
|
48
|
Babaev
|
Prof.
|
100000
|
ASU
|
5-19
|
401
|
Fizika
|
52
|
G„aniev
|
Ass.
|
50000
|
FE
|
4-12
|
401
|
Optika
|
20
|
G„aniev
|
Ass.
|
50000
|
FE
|
4-12
|
Agar munosabat 1-normal formada bo’lsa – 1NF, unda barcha kalit bo’lmagan atributlar kalit atributga funksional bog„langan. Lekin, bog’lanish darajasi har xil. Agar kalit bo’lmagan atribut kalit atributni qismiga bog„langan bo’lsa, u qisman bog„lanishli deyiladi. Bizning misolda soatlar soni (kalit bo„lmagan atribut) predmetlar nomi atributiga qisman bog„langan. Agar kalit bo„lmagan atribut barcha murakkab kalitga bog’langan bo’lsa va uni qismiga bog„langan bo„lmasa, unda bu atributni murakkab kalitga to„la funksional bog„lanish deyiladi. Agar, A,B,S atributlar berilgan bo„lsa va unda A → B bo„lsa, B→S bo„lsa, unda S A dan tranzitiv bog„langan bo„ladi. Bizni misolda familiya, kafedra, telefon.
Uchinchi normal forma (3 NF). Ma’lumotlar munosabatlarda 2 NFga keltirilganda ham bir qancha noqulayliklar bo„ladi. Jumladan, ma’lumotlarda axborotlarni ortiqchaligi, amallarni bajarish qiyinligi va boshqalar. Bunday munosabatlarni 3 NFga keltiriladi.
Agar, A,B,S, R munosabatini 3 ta atributi yoki atributlar to„plami bo„lsin. Agar B atribut A atributga, S atribut esa B atributga bog„langan bo„lsa, ya’ni , A → B va B→S. Bunda teskari bog„linishlar bo„lmasa, unda S atribut A atributga tranzitiv bog„langan deyiladi. Uni ko„pincha diagramma ko„rinishida quyidagicha belgilaymiz:
2.-rasm. 3 NFga keltirishning diagramma ko’rinishi
Shunday qilib, R munosabat 3 NFda berilgan deyiladi, agarda, u 2 NFda bo„lsa va R munosabatdagi birlamchi kalit bo„lmagan har bir atribut R munosabatni har har bir mumkin bo„lgan kalit atributiga notranzitiv bog„langan bo„lsa. Umuman olganda normallashtirish jarayoni va munosabatni 3 NFga keltirish quyidagi bosqichlardan iborat bo„ladi:
Ma’lumotlarni ixtiyoriy tuzilmasidan oddiy tuzilmali ikki o„lchamli jadvallarga o„tish va 1 NFni hosil qilish;
Kalit atributlari bilan barcha atributlar orasidagi mumkin bo„lgan to„liqmas funksional bog„lanishlarni yo„qotish va 2 NF hosil qilish;
Mumkin bo„lmagan kalit atributlari va asosiy bo„lmagan atributlar orasidagi tranzitiv bog„lanishlarni yo„qotish va 3 NFni hosil qilish.
Ma’lumotlar bazasi va MBBT ni fizik tashkil etish.
MBBT komponentalari va ularni amaliy dasturlar bilan o„zaro bog„liqligi ma’lumotlarni fizik tasvirlashda muhim o„rin tutadi. MBBT murakkab til dastur kompleksidan iborat bo„lib, MBni ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. MBBT tarkibiga tizimli dasturlar kompleksi kiradi. Bu kompleksni markaziy komponentasi monitor yoki boshqaruvchi dasturlar hisoblanadi. Komponentalarning fizik tashkil etuvchilari 3-rasmda berilgan.
3-rasm. MBBTning fizik tashkil etuvchilari
3-rasmda amaliy dasturlar tarkibidagi ma’lumotlar bilan ishlash tili (YAMD)ni bitta operatorini bajarishiga tegishli bo„lgan amallar ketma – ketligi ko„rsatilgan.
Masalan, bu MBdan ma’lumotlarni o„qish so„rovi operatori bo„lib xizmat qilsin. Unda yo„nalishlar quyidagi ma’noga ega:
Amaliy dasturlar MBga (YAMD) operatori orqali murojaat qilsin. Uni monitor tomonidan tahlil qilinadi.
Talqin qilish jarayonida monitor oldindan translyatsiya qilib qo„yilgan sxemani ishlatadi.
Bu so„rovga tegishli ma’lumotlar aniqlanib bo„lingandan keyin, monitor OTga tashqi xotiraga murojaat qilishni amalga oshirish talabi bilan murojaat qiladi.
OT MBga murojaatni bajaradi. Bu xuddi fayllarga murojaat qilish kabi oddiy bajariladi.
Talab qilingan ma’lumotlar tashqi xotiradan tizimni bufer sohasiga uzatiladi.
Ma’lumotlar amaliy dasturlarni ishchi sohasiga jo„natiladi.
Monitor amaliy dasturga so„rovni bajarish natijalari xabarini beradi.
Amaliy dastur MBdan olingan ma’lumotlar ustida kerakli amallarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |