Ma’lumotlar bazasi



Download 7,19 Mb.
bet5/49
Sana13.04.2022
Hajmi7,19 Mb.
#549315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasi Sh Nazirov, A Ne\'matov, R Qobulov, N Mardonova

1.5-rasm.MB tarmoqli sxemasiga misol.
Ma’lumotlar bilan ish yuritish
Taxminiy amallar to‘plami quyidagilar bo‘lishi mumkin:
�bir xil turdagi yozuvlarga ega to‘plamda aniq yozuvni topish;
�ayrim bog‘lanishlar yordamida ajdoddan birinchi avlodga o‘tish;
�ayrim bog‘lanishlar yordamida keyingi avlodga o‘tish;
�ayrim bog‘lanishlar bo‘yicha avloddan ajdodga o‘tish;
�yangi yozuv yaratish;
�yozuvni o‘chirish;
�yozuvni modifikatsiyalash;
�bog‘lanishni tashkil etish;
�bog‘lanishni olib tashlash;
�boshqa bog‘lanishni tashkil qilish va boshqalar.
Butunlikka chåklovlar.Umuman olganda butunlikka cheklov talab qilinmaydi, låkin ayrim hollarda butunlik murojaat bo‘ycha talab qilinadi (xuddi iyerarxik modåldagiga o‘xshab).
Nazorat savollari

  1. Ma’lumotlar bazasi nima?

  2. Ma’lumotlar bazasi qanday xossalarga ega bo‘lishi kårak?

  3. Axbortli jarayonlarga misollar toping va ularni tushuntirib båring.

  4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining vazifalari nimalar- dan iborat?

  5. Ma’lumotlar bazasi fani nimani o‘rganadi?

  6. Strukturalashtirilgan axborotlarga misollar keltiring.

  7. MBBT funksiyalari tarkibiga tushuntirish bering.

  8. MB ni tranzaksiya bilan boshqarish nima?

  9. Ma’lumotlarning infologik modåli dåb nimaga aytiladi?

  10. Ma’lumotlarning fizik modåli dåb nimaga aytiladi?

  11. Ma’lumotlarning datalogik modåli dåb nimaga aytiladi?

  12. Iyerarxik tizimlar qanday tizimlar?

  13. Tarmoqli tizimlar qanday tizimlar?

2. RÅLYATSION MBBT

    1. ASOSIY TUSHUNCHALAR

Infologik modållashtirishning maqsadi — tuziladigan ma’lu- motlar bazasida shakllanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tasvirlash va yig‘ish usullarini odamlar uchun tabiiy ta’min- lashdir. Shuning uchun ma’lumotlarning infologik modålini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi.


Infologik modålni qurishning asosiy konstruktiv elåmåntlari:
�mohiyat;
�mohiyatlar orasidagi bog‘lanish;
�xossalar (atributlar).
Mohiyat — har xil obyåkt (obyåkt — bu biz ularni bir-biri- dan farqlaymiz), uning ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samolyot, råyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir-biridan farqlash kårak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasiga aniq narsalar to‘plami sifatida qa- raladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR, uning nusxasi esa — TOSHKÅNT, MOSKVA bo‘lishi mumkin.
Atribut — mohiyatni xaraktårlovchi nomlar. U o‘zida yago-
na murakkab bo‘lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xaraktårlaydi. Masalan, “O‘quvchi” mohiyati atributi — kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalar.
Mohiyat atributlari to‘plami chåksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan foydalanuvchi talabiga va yåchiladigan masala- ga bog‘liqdir.
Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu — tur, marka, nomår bålgisi, rangi va boshqalar. Bu yårda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi ko‘p qiymatli yoki nusxali: qizil, ko‘k, oq va boshqalar.
Mohiyat va atribut turlari orasida absolyut farq yo‘q. Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha kontåkstda atribut o‘zi mustaqil mohiyat bo‘lib qatnashishi ham mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun rang — bu faqat ish- lab chiqarish mahsuloti atributi, lok-bo‘yoq fabrikasi uchun esa rang — mohiyat turidir.
Kalit— atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yor- damida kårakli mohiyat nusxasini topish mumkin. Masalan, samolyotlar uchishi uchun “Reys jadvali” mohiyati kalitlari “Reys nomåri” yoki “Jo‘nash joyi”, “Uchish vaqti” va “Qo‘nish joyi” to‘plami bo‘lisi mumkin.
Aloqa— ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishidir. Agar ma’lumotlar bazasini faqat bir-biri bilan bog‘lanmagan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga yo‘naltirilsa, u holda uning strukturasi juda oddiy bo‘ladi. Låkin, MBni tuzishning asosiy talablaridan biri — bu boshqa mohiyat qiymati bo‘yicha bitta mohiyatni izlab topish imkoniyatini ta’minlashdir. Buning uchun ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish zarur. Råal ma’lumotlar bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar bir- biri bilan millionlab bog‘lanish o‘rnatishi kamdan kam. Bunday bog‘lanishlar to‘plami infologik modålning murakkabligini bildiradi.



    1. ENTITY-RELYATSION MODELI

Ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil såmantik modål- lar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga — ER modåli dåyiladi. Bu modål ingilizcha “Entity-relatsion” dåyilib, ma’nosi “Mohiyat-bog‘lanish” dåmakdir.


Bu modål 1976-yil Pitår Chån tomonidan kiritilgan bo‘lib, u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarni oluvchi bir nåcha har xil turdagi komponåntlarni birlashtirgan. Pitår Chån mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida rålyatsion ma’lumot- lar strukturasini intårpretatsiya qilishni taklif qiladi. ER mo- dålining asosiy komponåntlari mohiyat, bog‘lanish va atribut bo‘lib hisoblanadi.
Infologik modelni qurishda ER diagramma tilini ishlatish mumkin.
Belgilar:



  • mohiyat;




  • yoki — assotsiatsiya (birlashma);




    • bog‘lanish, (uning ustida darajasi ko‘rsatiladi).

Ikki mohiyat, masalan, A va B o‘rtasida to‘rtta bog‘lanish turi bo‘lishi mumkin:



    1. Birga-bir bog‘lanish (1:1):

Har bir vaqt momentida A mohiyatning har bir vakiliga (nusxasiga) B mohiyatning vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.



B

À
1 AB 1

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish