Langeforce B. GAT - bu tarkibida xudud haqidagi komponentlar ma'lumotlariga ega bo'lgan, yig’ish, uzatish, saqlash, ishlov berish va axborot berishdan iborat tizimdir [7].
Lillecand P. GAT - bu ma'lumotlar bazasini kengaytirishga, ma'lumotga ishlov berishga, ularni karta va jadval ko'rinishida tasvirlashga, xo'jalik faoliyatining u yoki bu masalasi yechimi to'g’risida qaror qabul qilishga moslashgan ma'lumotlar bazasi, apparatura, ixtisoslashgan matematik ta'minot va dasturlar to'plamidan iborat bo'lgan tizimdir.
Mas.Donald C.L., Grain I.K. GAT - bu geografik aniq ma'lumotlarni yig’ish, saqlash, murakkablashtirish, qidirish va tasvirlash uchun
loyihalashtirilayotgan tizim.
Kartografik asosga nisbatan geografik aniqlangan, mavzuli qatlamlar ko'rinishida saqlanayotgan ma'lumotlar ustida ishlashga va ularni boshqarishga moslashgan tizimdir.
Simonov.A V. GAT - bu geografik koordinatali ma'lumotlarni raqamli tasvirlash, to'ldirish, boshqarish, ko'paytirish, tahlil qilish, matematik-kartografik modellashtirish va obrazli tasvirlash uchun yaratilgan apparat-dasturli vositalar va algoritmik muolajalar tizimdir.
Star J.I., Cosentino M.J., Foresman T.W. GAT - bu ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, izlash va ular ustida ishlash uchun yaratilgan aniq fazoviy tizimdir.
GAT - bu aniq fazoviy ma’lumotlarni boshqarish va taxrir qilish vositasidir.
Tikunov V.S. GAT - bu ma’lumotlarni yig’ish, tizimlash (tartibga solish), saqlash, ishlov berish, baholash, tasvirlash va tarqatishni amalga oshiradigan va ular asosida yangi axborot va bilimlarni olish vositasi sifatida qaraladigan interaktiv tizimlardir.
Trofimov A.M., Panasyuk M.V. GAT - bu avtomatik vositalar yordamida amalga oshirilgan tabiat va jamiyat orasidagi tasvirning territorial sohalari, ularni izlash, ma'lumotlarini kiritish, modellashtirish va boshqa dasturiy ta'minot haqidagi bilimlar tizimlari omboridir.
Vitek J.D., Walsh St. J., Gregory M.S. GAT - bu qaror qabul qilishni quvvatlash uchun geografik jihatdan aniq ma’lumotlarni kiritish, umumlashtirish va taxlilni ta’minlashga qaratilgan axborot tizimidir.
Asosiy iboralarning ma'noli lo'g’ati: Geoinformatika. GAT - bu fazoviy ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, ishlov berish, kiritish, tasvirlash va tarqatishni ta'minlovchi axborot tizimidir.
Raklov V.P. GAT - bu fazoviy obyektlar haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, to'plash, saqlash, ishlov berish, tasvirlash, taxlil qilish va tarqatish uchun mo'ljallangan texnik va dasturiy vositalar, texnologik, tashkiliy-metodik va axborotli ta'minot tizimidir.
Bu ta'riflarning ko'pchiligida o'xshash so'z va gaplar mavjud bo'sada, umuman ishlatilmagan iboralar ham bor. Bu esa GATni kundan-kunga murakkablashayotganini bildiradi, uni cho'qurroq o'zlashtirmasdan tushunish va tassavur qilish qiyinligini anglatadi.
Ma’lumki, karta - Yer yuzasining, boshqa osmon jismlarining yoki kosmik fazoning kichiklashtirilgan, umumlashgan, matematik jihatdan aniqlangan tasviri bo'lib, ma'lum tizimli shartli belgilar asosida ularda joylashgan yoki proektsiyalangan obyektlarini ko'rsatadi. Obyekt sifatida kartada tasvirlangan ixtiyoriy voqea va hodisalar tushuniladi.
Bizning predmetga yaqin bo'lgan quyidagi GATning ta'rifini keltirishimiz mumkin: GAT - bu tabiat va jamiyat to'g’risidagi topogrofo-geodezik, yer resurslari va boshqa kartografik ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash, saqlash, yangilash, tahlil qilish va tasvirlashni ta'minlaydigan apparat-dasturli avtomatlashgan kompleksdir.
Insoniyat hayotida kompyuterlarning o'rni o'sib borib, birinchi darajaga raqamli axborot texnologiyalari chiqdi. Axborot iborasi GATda harf, raqam (son) yoki tasvir shakli tushuniladi. Barcha uslublar, texnikalar, amallar, vositalar, tizimlar, nazariyalar, yo'nalishlar va h.k. axborotni yig’ish, qayta ishlash va foydalanishga qaratilgan bo'lib, ular birgalikda axborot texnologiyalari deyiladi, GAT esa shularning biri bo'lib hisoblanadi.
GATni bilishning eng oddiy usuli - u bilan ishlash, uning imkoniyatlarini ish jarayonida bilib olishdir. Aslida GAT - bu bitta texnik vosita, u yordamida nafaqat chiroyli qilib kartani jihozlash, balki yechimi mavjud bo'lmagan ba'zi masalalarni ham yechish mumkin. shu sababli GATning imkoniyatlari juda katta. Demak GAT - turli usul va uslublar yordamida real borliq to'g’risida to'plangan katta hajmli axborotlarni o'zining ma'lumotlar bazasida jamlab, ishlay oladigan keng rivojlangan tizimdir.
Bugungi kunda foydalanilishi jihatidan GATga teng keladigan tizim yo'q, chunki uni bilimlarning barcha sohasida qo'llash mumkin. GAT fazoviy obyekt haqida raqamli ko'rinishli (rastr, vektor va h.k.) ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, mavjud obyektlarning raqamli tasviri, joyning raqamli modelidir.
Fazoviy obyektlar sifatida biror bir fazoviy nuqtaga bog’langan joy obyektlari va hodisalar tushuniladi, ya'ni bu obyektlarning boshqa obyektlarga nisbatan joylashgan o'rni, shakli, o'lchamlari ahamiyat kasb etadi. Fazoviy ma'lumotlar esa obyektlarning fazoda va boshqa obyektlarga nisbatan joylashishi va geometriyasini ifodalovchi ma'lumotlar hisoblanadi.
GATni ilmiy-texnik adabiyotlarda ko'pchilik mualliflar u yoki bu muhim yo'nalishi, BelGATi yoki boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha tizimlashga harakat qilmoqdalar. eng ko'p tarqalgan tasnif bizningcha qo'yidagi xossalarga asoslangan bo'lishi kerak:
maqsadiga ko'ra - foydalanish sohasi va hal etilayotgan masalalari va vazifalari bo'yicha;
muammoli-mavzuli yo'nalishiga ko'ra - qo'llanish sohasi bo'yicha;
qamrab olgan hududiga ko'ra - mazkur GAT ma’lumotlari bazasini tashkil etadigan raqamli kartografik ma’lumotlar masshtablari qatori bo'yicha;
geografik ma'lumotlarni tashkil etish usuliga ko'ra - kartografik ma'lumotlarni EHM xotirasiga kiritish formati (o'lchami), saqlashi, ishlov berishi va tasvirlashi bo'yicha.
GAT maqsadiga ko'ra - ko'p maqsadli, axborot-ma'lumotnomali, monitoring va inventarizatsionli, tadqiqotli, boshqaruvli, o'quv ishlariga mo'lajallangan, nashrli va boshqa yo'nalishli bo'lishi mumkin.
Muammoli-mavzuli yo'nalishga ko'ra - ekologik va tabiatdan foydalanish maqsadlari uchun, ijtimoiy-iqtisodiy, er kadastriga oid, geologik, muxandislik inshootlari va shahar ho'jaligi, favqulodda vaziyatlar, navigvtsion, transport, savdo-marketing, arxeologik va boshqa yo'nalishlilarga ajratiladi.
Qamrab olgan hududiga qarab - global, umummilliy, regional, lokal, sohalar miqyosidagi GATlarga bo'linadi.
Geografik ma’lumotlarni tashkil etish usuliga qarab - vektorli, rastrli, vektor- rastrli yoki uch o'lchamli GATlar bo'lishi mumkin.
Har bir amaliy sohalarda o'ziga xos maxsus talablar, iboralar mavjud, lekin GAT boshqa axborot tizimlaridan farqli ravishda fazoviy geografik xususiyatli axborotlar bilan ishlaydi.
Bugungi kunda GATni qo'llayotgan soha va tarmoqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Yer resurslarini boshqarish, yer kadastrida.
Ishlab chiqarish infratizimi va ularni boshqarish, ob’ektlar
inventarizatsiyasi.
Shahar qurilishini, arxitektura, sanoat va transport qurilishini
loyihalashda, muxandislik izlanishlarida va rejalashtirishda.
Istalgan soha bo'yicha mavzuli kartalashtirishda, atlaslar va mavzuli kartalarni tuzishda.
Dengiz kartografiyasi va navigatsiyasida.
Aeronavigatsion kartalashtirishda va havo kemalari harakatini boshqarishda.
Navigatsiya va yer transporti harakatini boshqarishda.
Masofadan turib zondlash va kosmik monitoringda.
Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni boshqarishda (suv, o'rmon xo'jaligi va boshqalarda).
Joy rel'efini tasvirlashda va taxlil qilishda.
Tabiiy muhitdagi jarayonlarni modellashtirish, tabiatni muxofaza qilish tadbirlarni olib borishda.
Atrof muhit monitoringida, texnogen oqibotlarni baholashda, favqulodda va krizisli vaziyatlarni hal etishda.
Yuk tashishni rejalashtirish va tadbirkorlikda.
Geologiya, mineral-xom ashyo resurslari va tog’ jinslarini qazib olish sanoatlarida.
Transport va telekomunikatsiya tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishda.
Marketing va bozor iqtisodiyotini taxlil qilishda.
Arxeologiyada.
Xududlar va shaharlarning rivojlanishini kompleks boshqarish va rejalashtirishda.
Havfsizlik, harbiy ish va razvedkada.
O'rta, maxsus va oliy ta’limda.
Qishloq xo'jaligida va boshqa sohalarda.
Ro'yxatda keltirilgan sohalarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratsa bo'ladi: ba'zilari hisob-ro'yxatli turkumda bo'lib, joyda bajarilgan o'lchashlar natijalariga tayanadi (masalan, yer kadastri, katta korxonalarning taqsimlangan ishlab chiqarish infrastrukturasini boshqarish va b.); boshqalari esa boshqarish va qaror qabul qilish ishlarini bajarishga muljallangan; uchunchi guruh modellashtirish va murakkab taxlillarga o'z ishlarini qaratadi. Ro'yhatdagi sohalarning ko'pchiligi, asosan, birinchi guruhga taalluqli. Shu sababli bugungi kunda amalda qo'llanilayotgan va foydalanilayotgan GATlarning ko'pchiligi o'lchash natijalarini ishlab chiqishga va ularni tahlil qilishga mo'ljallangan.
GAT bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta Sizni qiziqtirgan kartani (yoki plan-sxemani) ko'rishingiz mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashaganlik darajasini oson o'zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan shaharda biror bir uyni, uning podezdini, atrofidagi obyektlarni ko'rishimiz mumkin.
Bundan tashqari ma'lumotlarning mavzuli tarkibi bo'yicha boshqarish ishlarini ham olib borish mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish paytida kerakli bo'lmagan ba'zi foydali qazilmalar tasvirlangan xatlarni o'chirib qo'yish; zarur bo'lgan qatlamlarni esa paydo qilish mumkin.
Biror obyektni belgilab u haqida ma'lumot olish mumkin: masalan, binoning narxini, kimga qarashli ekanini, qanday holatda ekanligini, obyektning o'lchamini, shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko'rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o'lchash ham mumkin.
GAT da maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan obyektlar ko'rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va tizimli avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo'lmagan va temir yo'l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalarini, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko'rsatilsin va h.k.
Maxsus vositalar orqali ma'lumotlarni analitik qayta ishlab, qiyin masalalarni ham echish mumkin, ya'ni real borliq modelini hosil qilish. Masalan, truboprovod trassasida ro'y beradigan portlashlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo'lini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash va unga qarab rejalarni belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |