Ma`lumotlar bazasi jadvallarini yaratish. Jadvallarni o’zgartirish. Jadvallarni o’chirish



Download 18,13 Kb.
Sana31.08.2021
Hajmi18,13 Kb.
#160517
Bog'liq
3-mavzu. SQL Server ma’lumotlar bazalarida jadvallar yaratish


3-mavzu: SQL Server ma’lumotlar bazalarida jadvallar yaratish

Reja:

  1. Ma`lumotlar bazasi jadvallarini yaratish.

  2. Jadvallarni o’zgartirish.

  3. Jadvallarni o’chirish.



Ma`lumotlar bazasi jadvallarini yaratish

Jadvallarni yaratish uchun CREATE TABLE buyrug'i ishlatiladi. Ushbu buyruq bilan jadval ustunlari va ularning atributlarini aniqlaydigan bir qator operatorlardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, jadvalning xususiyatlarini ifodalaydigan bir qator operatorlardan foydalanish mumkin. Bitta ma`lumotlar bazasida 2 milliardgacha jadval bo'lishi mumkin.

Jadval yaratish uchun umumiy sintaksis quyidagicha:

CREATE TABLE jadval_nomi

(1_ustun_nomi 1_ustun_tipi 1_ustun_atributlari,

2_ustun_nomi 2_ustun_tipi 2_ustun_atributlari,

................................................

N_ustun_nomi N_ustun_tipi N_ustun_atributlari,

jadval atributi

)

CREATE TABLE buyrug'idan keyin yaratilayotgan jadval nomi ko`rsatiladi. Jadvalning nomi ma`lumotlar bazasida uning identifikatori vazifasini bajaradi, shuning uchun u unikal bo'lishi kerak. Nomi128 belgidan oshmasligi kerak. Nom harflar va raqamlardan, shuningdek $ va pastki chiziq belgilaridan iborat bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, birinchi belgi harf yoki pastki chiziq bo'lishi kerak.

Ob`yekt nomi(identifikator)da bo'sh joy(probel)lar bo’lmaydi va Transact-SQL kalit so`zlari ham ob’yekt nomi sifatida ishlatilmaydi. Agar identifikatorda bo'sh joy belgilari mavjud bo'lsa, unda u bittalik qo’shtirnoq ichida olinishi kerak. Agar kalit so`zlarni nom sifatida ishlatish zarur bo'lsa, unda bu so`zlar to'rtburchak qavslarga joylashtiriladi.

Misollar:

Users

tags$345


users_accounts

"users accounts"

[Table]
Jadval nomidan so'ng, qavsda barcha ustunlarning parametrlari va oxirida jadvalga tegishli atributlar ko`rsatiladi. Ustun va jadval atributlari ixtiyoriy, ularni yozmasa ham bo’ladi.

CREATE TABLE buyrug'i eng sodda shaklda kamida jadval nomi, ustun nomlari va ma`lumot tiplarini o`z ichiga olishi kerak.

Jadval 1 dan 1024 gacha ustunlarni o`z ichiga olishi mumkin. Har bir ustun joriy jadval bo’yicha unikal nomga ega bo'lishi va unga ma`lumotlar tipi ko`rsatilishi kerak.


Masalan, eng oddiy jadvalning scripti. Customers:

CREATE TABLE Customers

(

Id INT,


Age INT,

FirstName NVARCHAR(20),

LastName NVARCHAR(20),

Email VARCHAR(30),

Phone VARCHAR(20)

)
Misolda, Customers jadvalida oltita ustun aniqlangan: Id, FirstName, LastName, Age, Email, Phone. Birinchi ikkita ustun mijoz identifikatori va yoshini bildiradi va INT tipiga ega, ya'ni ular raqamli qiymatlarni saqlaydi. Keyingi ikkita ustun mijozning familiyasini va ismini anglatadi, hamda NVARCHAR (20) tupiga ega, ya'ni 20 belgidan ko'p bo'lmagan UNICODE satrni aks ettiradi. So'nggi ikkita ustun mijozning elektron pochta manzili va telefon raqamini bildiradi, hamda VARCHAR(30) , VARCHAR (20) tiplariga ega, 20/30 simvolgacha bo’lgan satrni saqlaydi, UNICODE kodlash emas.


Jadvalni o’chirish

Jadvallarni o’chirish uchun quyidagi sintaksisga ega bo'lgan DROP TABLE buyrug'idan foydalaniladi:

DROP TABLE table1 [, table2, ...]

Masalan: Customers jadvalini o’chirish:

DROP TABLE Customers;
Jadval nomini o`zgartirish

"sp_rename" tizim protsedurasi jadvallarning nomini o`zgartirish uchun ishlatiladi. Masalan, userdb ma`lumotlar bazasida "Users" jadvalini "UserAccounts" deb o`zgartirish:

USE usersdb;

EXEC sp_rename 'Users', 'UserAccounts';


Jadval strukturasini va parametrlarini o`zgartirish

Mavjud jadval strukturasini va parametrlarini o`zgartirish uchun ALTER TABLE komandasi ishlatiladi. Masalan jadvalga ustunlar qo’shish ALTER TABLE komandasi quyidagicha bo’ladi:



ALTER TABLE < jadval nomi >

ADD(<ustun nomi > );

Misol: ATLER TABLE Artists ADD Producer varchar(20)

Ustunni o’chirish:

ALTER TABLE table_name DROP COLUMN column_name;



Misol:

Bu komanda natijasida mavjud jadvalga yangi ustun qo’shiladi va unga NULL qiymati yoziladi. Jadvalga bir nechta ustun ham qo’shsa bo’ladi. Ular bir biridan vergul bilan ajratiladi.



Nazorat savollari

  1. Yangi bazani yaratish operatori.

  2. Bazani o’chirish operatori.

  3. Ma`lumot tiplari.

  4. Yangi jadvalni yaratish operatori.

  5. Jadvalni o’chirish operatori.

Download 18,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish