Вставить” – xotiradagi ob’ektlar yoki ma’lumotlarni ish maydoniga qo‘yish; [ ] - Вставить” – xotiradagi ob’ektlar yoki ma’lumotlarni ish maydoniga qo‘yish; [ ]
- “Отметить” – so‘nggi bajarilgan amallarni ketma – ket bekor qilish; [ ]
- “Связ с Office” – ma’lumotlarni Microsoft Office paketi tarkibidagi boshqa dasturlariga o‘tkazish;
- “Анализ” –kelishini tahlil qilish; [ ]
- “Программа” – Visual Basic dasturini ishga tushirish; [ ]
- “Редактор сценариев” – foydalanuvchi tomonidan yaratilgan amallar ketma - ketligini taxrirlash;
- “Свойства” – ob’ektlar parametrlarini va xususiyatlarini aks ettirish; [ ]
- “Схема данных” – ma’lumotlar bazasi jadvallari va ular orasidagi bog‘lanishlarni grafik ko‘rinishda tasvirlash;
- “Новый объект” – yangi ob’ekt yaratish; [ ]
- “Справка” – Microsoft Access ma’lumotnomasini chaqirish; [ ]
Oynalarning turlari - Access dasturida oynalar turlari juda ko‘p bo‘lib, ushbu darsimizda ularning o‘zimiz foydalanadigan turlari bilan tanishib chiqamiz:
- - Ma’lumotlar bazasi oynasi. Bu oyna uchta maydondan iborat bo‘lib, uning chap qismida Объектыpaneli mavjud, unda ma’lumotlar bazasining jadvallar, so‘rovlar, formalar, hisobotlar, Veb sahifalar, makroslar va modullar kabi ob’ektlar tugmalari joylashgan.
- - Ob’ektlar ro‘yhati maydoni, bu maydonda muayyan ob’ektlarning ro‘yhati aks ettiriladi; - Uskunalar paneli maydoni, bu maydon quyidagi tugmalarni o‘z ichiga oladi:
- Открыть - tanlangan ob’ektni ochish yoki ishga tushirish uchun xizmat qiladi;
- Конструктор - tanlangan ob’ektni konstruktor rejimida o‘zgartirish imkonini beradi;
- Создать - tanlangan turdagi yangi ob’ektni yaratish uchun xizmat qiladi;
- Удалить - tanlangan ob’ektni o‘chirishni amalga oshiradi;
- - Jadvallar oynasi. Ushbu oynada jadvallarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish bilan bog‘liq barcha amallarni bajarish mumkin, bundan tashqari mavjud jadvallar ro‘yhati keltiriladi. - So‘rovlar oynasi. Bunda har xil turdagi, ya’ni jadvallarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish, hamda ma’lumotlarni kiritish va saralash kabi amallarni bajaruvchi so‘rovlar bilan ishlash mumkin. - Formalar oynasi. Ushbu oyna yangi formalarni yaratish, mavjud formalarni o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi. Formalarning asosiy vazifasi, jadvalga ma’lumotlarni kiritish yoki jadval ma’lumotlarini aks ettirishdan iboratdir. - Hisobotlar oynasi. Ushbu oynada jadval ma’lumotlarini ma’lum ko‘rinishida ekranga yoki bosmaga chiqarish uchun xizmat qiluvchi hisobotlarni yaratish va boshqarish mumkin. - Veb sahifalar oynasi. Bunda jadval ma’lumotlarini veb sahifa ko‘rinishida taqdim etuvchi ob’ektlarni yaratish va boshqarish mumkin. - Makroslar oynasi. Jadvallarni, so‘rovlarni, formalarni va hisobotlarni boshqarish bilan bog‘liq barcha amallarni o‘z ichiga olgan ob’ektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan. - Modullar oynasi. Dastur kodi va dasturlash modullarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |