Oddiy tiplar
Oddiy tiplarga quyidagilar kiradi:
Sonlar
Qatorlar
Mantiqiy tiplar
Shuningdek, ikkita maxsus tiplar ham mavjud:
Keling, har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Sonlar
JavaScriptda sonlarning faqat bir turi mavjud, bu ham bo’lsa haqiqiy sonlardir.
Sonli literallar raqam ko’rinishida dasturda yoziladi va qanday yozilishiga qarab butun yoki haqiqiy sondagi literal bo’lishi mumkin.
Butun sonlar:
20
546984621654984
0xCC // 16 lik son
Haqiqiy sonlar:
3.14
.1234
5.2e4
Qatorlar
Qator bu belgilar ketma-ketligidir. Dastur kodida qator literali orqali ifodalanadi va qo’shtirnoq — “” yoki tirnoq ‘’ belgilari bilan yopiladi.
‘qator’
“matn”
JavaScriptda qatorlarni bir necha qatorda ifodalash uchun \ belgidan foydalaniladi.
“Hammasi bir \
qator”
Shuningdek, \ belgidan qator orasida ‘’ yoki “” dan foydalanish uchun qo’llash mumkin. Bu yuqoridagi belgilarni qatorni ochib-yopuvchi begilardan ajratib turadi.
‘O\’zbekiston’
Qatorlar + operatori orqali birikishi mumkin.
Qator shabloni
ES2015 da qo’shilgan bo’lib, qatorlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlar taqdim etadi.
Qatorda ${ } orasiga ifoda berib, shablon yaratib ketish mumkin. Masalan, shablonlarsiz:
var a = 5
var b = 10
console.log(‘Ko\’paytma ‘ + (a * b) + ‘ ga teng.’)
// Ko’paytma 50 ga teng
Xuddi shuni shablondan foydalanib yozamiz:
var a = 5
var b = 10
console.log(‘Ko\’paytma ${a * b} ga teng.’
// Ko’paytma 50 ga teng
Mantiqiy tip
JavaScript mantiqiy tiplarni ifodalash uchun true yoki false kalit so’zlaridan foydalanadi. Taqqoslash operatorlari (===, ==, <, >) yuqoridagi ikkisidan birini natija sifatida qaytaradi.
if, while kabi tekshiruvchi operatorlar dastur jarayonida mantiqiy tiplardan foydalanadi.
Mantiqiy qiymat ifodani faqat aniq rost yoki yolg’onligida emas, balki rostr yoki yolg’onga yaqin ekanligiga qarab ham aniqlab oladi. Masalan, quyidagi qiymatlarning barchasi yolg’onga yaqin bo’lgani uchun false qiymati olinadi:
0
-0
NaN
undefined
null
‘’ // bo’sh qator
Qolgan barcha holatlarda true olinadi.
null
null hech qanday qiymat yo’qligini bildiruvchi maxsus qiymat.
Bu qiymat deyarli barcha dasturlash tillarida uchraydi. Masalan Pythonda None shaklida uchraydi.
undefined
undefined o’zgaruvchini initsializatsiya qilinmaganligi va qiymat noaniq ekanligini bildiradi.
Funksiyaning qaytaruvchi qiymati bo’lmaganda undefined qaytaradi. Shuningdek, funksiya parametri mavjud bo’lsa, lekin funksiya chaqirilganda unga qiymat yuborilmasa, funksiya parametrlarni undefined holatiga o’tkizadi.
Qiymatni undefined ekanligi quyidagicha tekshiriladi:
typeof var === ‘undefined’
Murakkab tiplar
Yuqorida sanab o’tilgan tiplardan boshqa hammasi murakkab tiplar hisoblanadi. Bular funksiyalar, massivlar va obyektlar. Har birining o’ziga xos jihatlari bor, shuningdek ular obyektni xususiyatlariga ham egalik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |