ikki yasama ma’no (butun a’zoyi badani, jamiyat, uyushma a’zosi kabilar)
leksemaning "O’TIL”da yetti ma’nosi qayd etilgan: 1. Ko’ngil ochish, dam olish
36
balchiq bo’lganidan bolalarning uyini tugul, yurishiga ham imkon yo’q edi [Oybek. Kutlug’ qon]. 2.
Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun ma’lum qoidalar asosida o’tkaziladigan
mashg’ulot: Futbol uyini. SHaxmat uyini. Estafeta uyini 3. O’rtaga pul yoki narsa tikib
o’tkaziladigan mashg’ulot; qimor: Otam o’yin qizig’ida yutqazishga yutqazib qo’yib, keyin o’zini
urdi, peshonasini yordi, yiqildi [M.Ismoiliy. Farg’ona tong otguncha]. 4.Ritmik harakatlar
va mimikalar uyg’unligidan iborat san’at; raqs: Oyoq o’yini. SHo’x o’yin. Kavkazcha o’yin.
O’yin ham turli nazokat kasb etib, Gulsinbibi yurg’alay ketdi [A.Qodiriy. O’tgan kunlar]
Spektaklь, kontsert, tsirk tomoshasi va shu kabilar haqida: Bular teatrniig oldiga
kelganlarida o’yin boshlanishiga uchinchi signal, qo’ng’iroq ham berilgan edi
[O’.Xoshimov. Dunyoning ishlari] kabilar. 6. Betartib, biroz o’ziga xos jozibali
harakat, (hayvon va narsalar harakati haqida): Qo’zilarning kichikroqlari jilg’a bo’yida u
yoqdan bu yoqqa yugurib o’yin tushishadi [P.Qodirov. Qora ko’zlar]. 7. Qaltis hazil, g’alati
qiliq injiqlik va shu kabilar haqida: Achchiq o’yin shirin turmush buzar (maqol);
Har holda taqdirning bunchalik o’yinlari
turgan zamonda biz nima ham qila olur
edik [A.Qodiriy. O’tkan kunlar] kabilar.
Yuqorida keltirilgan "o’yin" NBing 2-, 3- va 5- maьnolari 1-ma’nosi asosida
yuzaga kelgan, 4-, 6- va 7-ma’nolari shakllanishi uchun esa 3-ma’no asos bo’lib
xizmat qilgan.
Demak, NBlar tarkibida yasama ma’noning o’zi ham boshqa ma’no (yoki
ma’nolar)ning yuzaga kelishi, yangi NBlarning shakllanishi uchun asos ma’no
hisoblanishi mumkin. Leksik ma’no ob’ektni, voqea-hodisani qay tarzda
ifodalashiga ko’ra ikki turga bo’linadi: nominativ ma’no va figural ma’no.
Nominativ ma’no narsa, belgi, harakat haqidagi bevosita ma’lumot, ular bilan
bevosita bog’lanadigan ma’nodir. Figural ma’no esa predmet, belgi, yoki
harakat bilan bevosita bog’lanmaydi, ya’ni so’z figural ma’nosi bilan predmet,
belgi va yoki harakatning nomiga aylangan bo’lmaydi, figural ma’no nominativ
ma’no orqali predmet, belgi yoki harakat bilan bog’lanadi. Jumladan, shira, urug’,
sho’ng’imoq til kabi NBlarning ma’no komponentlarini tahlil qilib ko’raylik.
SHIRA. Forscha-tojikcha bu so’zning "O’TIL"da beshta ma’nosi
ta’kidlangan. 1. Xo’l meva va poliz ekinlari pishib yetilishi bilan ular tarkibida
37
hosil bo’ladigan shirin suyuqroq, sharbat. Uzumning shirasi. Qovunning shirasi.
Do'stlaringiz bilan baham: