3.4. Holat bildiruvchi sifat leksemalarning ma’no tarkibi masalalari
Har qanday tilda bo’lganidek o’zbek tilida ham har bir so’z boshqa so’zlarga
nisbatan alohida, mustaqil birlik sifatida namoyon bo’ladi. Tilning lug’at boyligini
sistema, tizim sifatida o’rganish esa so’zni alohida birlik sifatida emas, balki
butunning o’zaro bog’liq, ajralmas qismi sifatida o’rganishni talab qiladi.
Semasiologik izlanishlarda so’zlar muayyan leksik-semantik guruh
(LSG)larga ajratiladi. Bunda so’zlarning ma’nosi bilan bir qatorda ularning
struktural-etimologik
xususiyatlari,
boshqa
so’zlar bilan birikuvchanlik
imkoniyatlari ham inobatga olinadi.
Har bir LSG tarkibiga kiruvchi so’zlar bir markaziy so’z atrofiga birlashadi.
Boshqa so’zlarda esa ana shu markaziy (dominant) so’z ma’nosi yanada
konkretlashadi, uning differentsial va integral semalariga aniqliklar kiritiladi.
O’zbek tilshunosligida so’zlarni ana shunday usulda komponent (uzviy) tahlil
qilishga SH. Rahmatullaev, I.Qo’chqortoev, R.Rasulov, I.Abdurahmonov,
R.Yunusov, M.Narzieva, M.Nishonova kabi qator olimlar munosib hissa
qo’shganlar.
Maьlumki, tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan har xil o’zgarishlar,
hayotdagi turli xil insoniy munosabatlar kishi xarakteriga, uning ruhiyatiga ta’sir
etmay qolmaydi. Ana shu tashqi ta’sir
kishi ruhiyatida har xil holatning vujudga
kelishi uchun zamin hozirlaydi. Inson ruhiyati juda serqirra bo’lib, u shodlik
g’azab, xafalik loqaydlik kabi turli holatlar majmui sanaladi. SHundan kelib
chiqib, tilimizdagi ruhiy holat ifodalovchi sifat leksemalarni (SL) bir qator
turlarga ajratish mumkin. Mualliflar hamkorligida yaratilgan «O’zbek tilining
nazariy grammatikasi» (morfologiya) nomli asarida holat bildiruvchi sifat
leksemalarda inson, hayvon va jonsiz predmetlarga xos quyidagi belgilar, holatlar
mavjudligini taьkidlaydi: a) tabiiy holat belgisi: chaqqon, mo’min, go’zal dadil ;
62
b) jismoniy holat belgisi: ko’chli, paxlavon, chapdast, alpqomat, nimjon; v) ruhiy
holat belgisi: xursand, tajang g’amgin, alamdiyda, qo’rqmas; g) iqtisodiy holat
belgisi: badavlat, boy, qashshoq, gado, kambag’al; d) tozalik belgisi: ozoda sof
,
isqirt, musaffo; ye) harorat belgisi: issiq, sovuq, salqin, iliq, qaynoq yo) tinch-
notinchlik belgisi: sokin, tinch osuda, osoyishta, bezovta; j) pishiqlik belgisi:
xom, go’l, pishiq, puxta, omonat; 3) sirtqi qism belgisi: silliq, g’adir-budir, g’ijim,
tekis, tep-tekis.
O’zbek tilidagi holat bildiruvchi SLlarning ma’no tarkibini quyidagicha 9
LSGga ajratish mumkin:
1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifat leksemalar. Bunday sifatlar kishi
ruhiyatidagi davriy yoki oniy lahzalarni, muayyan bir harakat yoki holatdan
mamnunlikni turli shakllarda aks ettiradi. Bunday sifatlarning barchasi semantik
jihatdan bir nuqtaga LSG ga birlashadi: xursand, mamnun, xushxol, xushnud,
xurram quvnoq, shodmon, shod, xushchaqchaq, masrur kabi SLlar shular
jumlasidandir. Xursandlik ifodalovchi bunday SLlar orasida «xursand» leksemasi
uslubiy jihatdan betaraf bo’lib, dominant leksema sanaladi, uning dominantlik
xususiyati «O’zbek tilida sinonimlarining izohli lug’ati»da ham ta’kidlab
ko’rsatilgan. Bu leksema og’zaki va yozma nutqda, adabiy tilning turli vazifaviy
uslublarida keng qo’llanadi: Mendan xursand hamma ko’ngildan,/ Agronom qiz,-
Do'stlaringiz bilan baham: |