II.Asosiy qism:
Rasmlar asosida suhbat uyushtirish.
Vaqtning o`tganin bildirmagay hech,
Yoz – saxiy, qo`lida sovg`a-salomi.
Vujudni to`ldirib tindirmagay hech,
Uch oy eslamagay hech zot zavolin.
Usmon Azim
O`qituvchi:
O`quv yili ham tugab bormoqda. O`quv yilini har o`quvchi o`ziga xos bo`lgan holatda tugatadi. Bu davrda juda ko`p ilmlarga ega bo`ldingiz. Juda ko`p fan sirlaridan ogoh bo`ldingiz. Bir qancha tadbirlarda qatnashib, boy inteluktual bilimga ega bo`ldingiz. Hash-pash deguncha yozgi ta`tilga yetib keldingiz.
Yoz juda yaxshi. Yozgi oromgohlarda avvalo, odob-axloq fasl.Bu avvalo, bolalarga zavq bag`ishlaydi. Ko`pchilik o`quvchilarimiz oromgohlarga, ba`zilari tabiat quchog`iga, ba`zilari boshqa viloyatlarga dam olishga ketadilar. Dam olishga borganda albatta, kattalar hamrohligida amalga oshiriladi.Tartib-qoida me`yorlariga e`tibor berishingiz talab etiladi.
Yozgi ta`tilda faqat dam olish emas, balki bolalar yozuvchilarining asarlarini mutoala qilishingiz, suv havzalariga borganda juda ehtiyot bo`lishingiz kerak.
Har bir o`quvchining yozda nima ish bilan mashg`ul bo`lishi haqida o`quvchilardan sinf rahbari ma`lumot oladi va daftariga qayd etib qo`yadi.
Yozda yaxshi va mazmunli dam olib kelinglar.Ta`tilingiz maroqli va mazmunli o`tsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |