O’zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi vazirligi
Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi
Paxtaobod tuman xalq ta’limi bo’limi
14-UMUMIY O’RTA TALIM MAKTABI
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
SHERMATOVA GULNOZAXONNING
“Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali qurollar”
mavzusida
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali qurollar
Muallif:Andijon viloyat, Paxtaobod tuman, 14-uumumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shermatova Gulnozaxon
Ma’lumki quyi sinflarda grammatikaning morfologiya qismini o’quvchilarga puxta o’rgatmay turib, yuqori sinflarda “ Sintaktsis”dan ularga chuqur bilim beraolmaymiz.Shuni hisobga olib, men ”So’z turkumlari” bo’yicha ”Ot” haqida o’quvchilarga ma’lumot beishda ishni quyidagicha boshlayman.
Ko’rgazmali qurollar tayyorlash.
Kartochkalar tayyorlash.
Men o’ darsl;arimni rasmlar (ko’rsatmali qurollar)siz tasavvur qilaolmayman. Ko’rgazmali qurollar tayyorlashda estetik jihatdan kishi diqqatini o’ziga jalb etadigan rangli rasmlarga a’ohida axamiyat beraman. Chunki didsiz, kunda uchrab turadigan narsalarga e’tiborsizlik bilan qaralishini unutmasligimiz kerak. Shunga ko’ra tayyorlanadigan ko’rgazmali qurollar aniq, chiroyli, rangli rasmlardan tuzilgan bo’lishi kerak.
” Morfologiya”dan o’quvchilarga elementar bilim berishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak. Dars ”Ot” so’z turkumiini o’rgatishga doir bo’lganligi uchun ham unda namoyish etiladigan rasmlar predmetlarni ifodalagan bo’lishi kerak. Bu haqdagi ko’rgazmali qurllar quyidagicha tayyorlanadi.
KIM? KIMLAR”
NIMA” NIMALAR?
Chimachilik uchun mo’ljallangan qog’zlardan olinib, unung tepa qismiga darsning (Ot) mavzusi yoziladi. qolgan qismi esa to'rtta bo’lakka bo’linadi. Qog’oz chetiga esa flomaster bilan ramka chiziladi.
Qog’ozning chap tomonidagi bo’lakning yuqori qismiga kim? o’ng tomonidagi bo’lakning yuqori qismiga kimlar? So’rog’i yoziladi. Qog’ozning pastki chap tomonidagi bo’lakning yuqori qismiga nima? o’ng tomonidagi bo’lakning yuqori qismiga nimalar? So’rog’i o’z ifodasini topadi. Har bir so’roq ostidagi ramka (bo’lak)cha-larga esa shu so’ro’qlarga mos ravishdagi rasmlar yopishtiriladi.
KIM? KIMLAR”
NIMA” NIMALAR?
Ko’rinib turibdiki, barcha ishlar osonlikcha bajarilyapdi. Lekin bu spdda usulda tayyorlangan ko’rgazmali qurollarning quyidagicha afzaliklari bor:
Ko’rgazmali qurol sodda, ixcham.
Oquvchi diqqatini o’ziga tortadi.
Darsda foydalanish qulay.
Saqlash oson va chang bo’lmaydi.
Ko’p yillarga mo’ljallangan bo’lmaydi.
Har bir darsning qiziqarli chiqishi, ko’p jihatdan, o’quvchilarning didi va istaklariga mos keluvchi usullarni qo’llashga bog’liqdir. Shunday bo’lsinki, o’qituvchi dars o’tganda o’zi undan zavqlansin, bo’lajak mashg’ulotlarga bolalarning intilishi va qiziqishi ortib borsin.
Ana shunday ijodiy dars o’tish vositalaridan biri, bu- aniq predmetlarni ifodalagan rangli rasmlardir. “Ot” so’z turkumini o’quvchilarga qo’llaniladigan vositalardan biri darsning temasiga xos rangli rasmlardan kartochkalar tayyorlashdir.
Bu ishni mn quyidagicha bajaraman. Avvalo, kartochkaga yopishtiriladigan rasmlarga karton qog’ozlarni tayorlayman. So’ngra shu kartonlarga birlik va ko’plikni ifodalaydigan, jonli va jonsiz predmetlarni bildiruvchi kichik, chiroyli rangli rasmlarni yopishtiraman. Buni ham yuqoridagi ko’rfatmali qurollar singari chetlarini rangli qalamlar bilan ramka ichiga olaman. Chunki, bu kartochkalardan ham ko’p yillar davomida foydalanish mumkin.
Sifatli ko’rgazmali qurol va kartochkalar tayyorlab, ulardan har bir darsda samarali foydalanish ham bir san’atdir. Shuning uchun men yuqorida tayyorlagan vositalar yordamida o’z darsimni shunday uyushtiraman. Ot mavzusiga doir tayyorlagan ko’rsatmali qurolni doskaga ilib, o’quvchilar diqqatini undagi rasmlar va shu rasmlarga mos ravishda yozilgan so’roqlarga qarataman. O’quvchilarga shunday savollar bilan murijat qilaman. Natijada o’qituvchi (so’zlovchi) bilan o’quvchilar (tinglovchilar) ’rtasida quyidagicha savol-javoblardan iborat diolog hosil bo’ladi.
Bu yerda nimalarni ko’rayapsiz?
Rasmlarni ko’rayapmiz.
Birinchi rasmdagi predmet qanday sp’roqqa javob bo’ladi?
Kim, Kimlar so’rog’iga javob bo’ladi.
Nima uchun?
Jonli (shaxs) predmetni bildiryapdi.
Pastdagi rasmlardagi predmetlarchi?
Ular Nima? Nimalar ? so’roqlariga javob bo’layapdi.
Har bir predmetni nimasi bo’ladi?
Har bir predmetning nomi bo’ladi.
Biz yuqoridagi savol-javoblar asosida predmet, ularning nomi va shu predmetlarning qanday so’roqlarga javob bo’lishi haqidagi tushunchalarni o’quvchilar ongiga yetkazdik. Endi o’quchilarning ”Ot” so’z turkumi bo’yicha olgan elementar tushunchalarini xulosalab, ularning quyidagi qoidani ya’ni ( ”Narsa va shaxaning nomini bildirib kim? nima?, Kimlar?, nimalar? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi”) eslatamiz. Bu bajarilayotgan operativ jarayonda o’quvchilarda zerikishdan asar ham bo’lmaydi. Aksincha, o’quvchilarning aktivligi ortib, o’qituvchi o’z mehnati hosilotidan zavqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |