Holat qatorli fayl panеli.
Fayllar panеlida obyеktlar – fayl va papkalarni aks ettirishning bir nеchta standart rеjimlari mavjud. Eng ko’p ishlatiladigani to’liq (full) va qisqa (brie).
Birinchisida, fayl panеllarida fayl va kataloglar nomi aks ettiriladi hamda ular to’g’risidagi ba'zi foydali ma'lumotlar (o’lcham, sana/vaqt, atributlar) ham aks etadi.
Ikkinchi rеjimi tanlansa, panеlda faqat fayl nomlarinigina ko’rish mumkin, ammo ular bir nеchta ustunlarda ko’riladi, shuning uchun panеlga obyеktlarni ko’proq joylashtirish mumkin.
Xulosa
Agar “operatsion sistema” (OC) tushunchasini qisqacha izohlasak, bu boshqaruv dasturidir. OC bu – kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Dasturlash sistemasi – dasturlash tillari va ularga mos til protsessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va so’zlashni ta’minlovchi dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OC boshqaruvi ostida ishlaydi. Kompyuter resurslari OC boshqaruvi ostida bo’ladi. OC ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilishdir.
OC lardan quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:
1. Ishonchlilik. OC o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.
2. Himoya. OC bajarilayotgan masalalarning o’zaro bir – biriga beradigan ta’siridan himoyalash kerak.
3. Bashorat. OC foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma – ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak
4. Qulaylik. Foydalanuvchiga OC ni taklif qilishdan maqsad – resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak
5. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OC foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini ishirish kerak. Sistemaning o’zi esa iloji boricha kamroq resurlardan foydalanishi kerak. Resurslarning OC tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi. Men bu o’quv amaliyoti jarayonida o’z yo’nalishim yuzasdan ancha malumotlarga ega bo’ldim va bu malumotlar menga ish jarayonida ancha kerak bo’ladi deb o’ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Axmedov A.,Tayloqov N. Informatika: Akademik liцey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-T.: «O`zbekiston», 2001.
2. Abduqodirov A.A., Hayitov A..G`., SHodiev R.R. Axborot texnologiyalari T. «O`qituvchi». 2002.
3. www.ziyonet.uz
4. www.google.uz
5. www.kitob.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |