67
Xulosa
Ushbu dissertasiya ishi bajarilishi jarayonida astroiqlimning eng asosiy
parametri bo’lmish tungi ochiq vaqt miqdori haqida to’liq tushunchaga ega
bo’lindi. Bu parametrning Samarqand shahridagi mavsumiy o`zgarishlari tatqiq
qilindi.
O’zgidromet tashkilotidan meteo-ma`lumotlarni olish ancha qiyin, chunki
ma`lumotlar tijorat mahsuloti hisoblanadi. Bu tashkilotning bir yillik
ma`lumotining narxi o`rtacha bir millioni tashkil qiladi. Shu sababli biz bu
jarayonni engilashtirish maqsadida Gismeteo ma`lumotlarining qachalik yaroqli
ekanligini ko`rib chiqdik va bu ma`lumotlar yoroqli ekan.
Shunday qilib, nazorat etilmaydigan texnogen omillarning kuchayishi
natijasida astronomik kuzatishlarning aniqlik darajasi pasayib ketadi. Juda uzoq
davom etadigan ba’zi-bir kuzatuvlar uzilib qoladi. Ko’p yillik mehnatlar zoya
ketadi. 150 yildan Quyosh observatoriyasi hududida olim va injinerlar tomonidan
o’ta muhim biodinamik, geofizik, geodezik kuzatishlar olib borilmoqda. Buning
natijasida katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar majmui to’plandiki,
ulardan insonlar juda uzoq vaqt foydalanishadi. Biz esa albatta vatanimiz
hududidagi observatoriyalarni imkon darajasida himoyalashimiz, undan keng
maqsadlarda foydalanishimiz va yoshlarimizga uni asrab avaylash haqaida
ma’lumotlar berishimiz kerak bo’ladi. Chunki observatoriyalar natijasida olingan
natijalar ertamizni belgilab beradi, uni yoritishga zamin yaratadi. Shuning uchun
ham bu masala hozirgi kun dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmog’i kerak deb
o’ylayman.
Dissertatsya ishini o’rganish natijasida Samarqand observatoriyasidagi
kuzatish ishlari bilan tanishib quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin.
- Kuzatishdagi astroiqlimni o’rganish va natijalarini yozib borish
- SamDU qoshidagi “Grubb Parsons ” teleskopi miqyosida olingan olingan
kuzatuv ishlarini boshqa observatoriyalardagi olingan natijalar bilan taqqoslash
68
- Samarqand observatoriyasini qo’shni observatoriya bo’lgan Maydanak
balandtog’ observatoriyasi astroiqlimi bilan taqqoslab turli parametrlarini
o’rganish
- SamDU observatoriyasi qilingan ishlar bilan tanishib borish bilan birgalikda
uning bugungi kundagi qanaqa osmon jismlar kuzatish kerakligini o`rgandim.
- Observatoriya hududida qilingan ishlar va undagi astroiqlimni har yilgi olingan
ma’lumotlar asosida nazorat qilish bilan birgalikda kuzatishlarda yo’l qo’yilgan
kamchiliklarni bartaraf qilish va tasvir sifatini yoki kuzatilayotgan osmon
jismlarini o’rganishda ularni yaxshiroq kuzatish imkoniyatlarini yaratish
- Observatoriyada ochiq tunlar va bulutli tunlarni hisobga olib har yillik jadvallar
tuzish bilan xulosalash mumkin.
Ushbu ishda olingan k-koeffisientlar endilikda ixtiyoriy yil yoki vaqt oralig`i
uchun Gismeteodan olingan ma’lumotlarni haqiqatga yaqin qiymatlarga o’tkazish
imkonini beradi va ular Samarqand va boshqa astronomik punktlar astroiqlimining
asosiy parametri – ochiq vaqt miqdorini katta statistik vazn bilan o’lchash
imkonini yaratadi.
69
Adabiyotlar
1.
I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari” Toshkent O’zbekiston 2009yil
2.
I.A.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish
va bu fuqorolik jamiyatining rivojlantirish kontsepsiyasi” 12 noyabr 2010yil.
3.
Sattarov, Astrofizika 1-qisim –T; “Ta’lim nashiryoti ” 2009 -284 bet
Do'stlaringiz bilan baham: