1.
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa
fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga
kelish mumkin. 2.3. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari Har bir predmet
uning metodlari bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika o’z mazmunini
boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning
maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Shu ma‘noda
pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash,
bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va
munosabatlarni tekshirish, blish yo’llari, uslublari va vositalari majmuini
tushunamiz. Boshqa fanlar qatorida pedagogika fani ham o’z tadqiqot ob‘ektiga va
ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik
to’g’ri tanlansa ta‘lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu
darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik
ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas. Ikkinchi tomondan,
ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, hal etilgan emas.
Ilmiy tadqiqot pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik
hodisalarni tekshirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam
beradi.
2.
Muloqotning ijtimoiy axamiyati.
Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va
mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini
o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga
ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi
mumkin. Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish bo‘yicha va shaxsiy,
instrumental va maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin. Ish bo‘yicha muloqot,
odatda, xususiy qism sifatida insonlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatiga
kiritilgan va bu faoliyatning sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning
mazmuniga odamlar ichki dunyosining muammolari emas, balki ularning nima
bilan mashg‘ulliklari kiradi. Ish bo‘yicha muloqotda suhbatdoshning shaxs,
xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari hisobga olinadi, lekin ishdan ko‘riladigan
manfaat shaxsiy ixtiloflardanda ustun va muhimdir. Ish bo‘yicha muloqotdan farqli
ravishda shaxsiy muloqot, aksincha, asosan, ichki
xarakterning psixologik muammolariga, inson shaxsini chuqur va yaqinlik bilan
ochib beradigan: hayot mazmunini izlash, muhim insonga, atrofdagi voqealarga,
qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan.
3.
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan oʼzaro bogʼlikligi.
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni Pedagogika
fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari
ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda
umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot
beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi.
Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat
Do'stlaringiz bilan baham: |