«malika ayyor» dostoni



Download 50,5 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi50,5 Kb.
#746283
1   2
Bog'liq
MALIKA AYYOR

Ahmad Sardor degan tog'asi unga xiyonat qilmoqchiligini Avazjon eshitib qoladi va otasini ogohlantiradi. Avazning o'zi esa Go'ro'glining hasratlarini eshitib, G'irotga minib, Torkistonga Malika parini izlash uchun otlanadi. Go'ro'gli Malika Ayyorning gapini, ya'ni malikaning yurtigacha oltmish yil yo’l yurishini aytib, Avazning qaytib kelish muddatini aytib ketishini so'raganda, Avaz o'n olti oyda qaytib kelishini aytadi va yo’lga jo'nab ketadi.
Ahmad sardor Asad va Shodmon degan merganlani Avazni o'ldirish uchun yuboradi. Asad va Shodmon G'ajdim va Majdim degan otlarini minib, Palapon tog'iga yetadilar va Avazni kutib yotadilar. Avaz kelganda ular o'q uzishadi, ikki o'qdan Avaz omon qoladi. Merganlar Avazni aldab, uni sinab ko'rganliklarini aytib, unga yo'ldosh bo'ladilar. Qirq kecha-kunduz yol yurishib, Badbaxt degan cho'lga, Ochgaza Darband degan toqqa yetib keladilar. Shunda Avaz bir qora narsaning kelayotganini ko'rib qoladi. Kelayotgan dushman fil mingan ekan. Avaz undan kimligini so'raydi. U odam Arbotin degan joydan kelayotganini, ismi Maqotil ekanligini, Go'ro'glini o’ldirishga, uning G'irot otini, Avaz o'g'lini olib kelishga ketayotganligini aytadi. Buni eshitgan Avaz o'zini tanishtiradi. Ular orasida jang bo'lib, Avaz Maqotilni o’ldiradi. Avaz yo'lda davom etganda oldidan Maqotilning lashkari chiqadi, Avaz ular bilan to'qnashadi va yarador bo'ladi. Asad va Shodmon merganlar «Go'ro'g'li keldi» deb dushrnanlarni aldaydi, dushmanlarning ustiga bostirib boradi, dushmanlarning o’lgani o'ladi, qochganlari qochadi. Merganlar Avazga yetib olishadi. Avazning yarasiga ayiqning o'tidan, kiyikning kindigidan, toshbaqaning tuxumidan dori tayyorlab qo'yishadi. Uchovi yana qirq kecha-yu, qirq kunduz yo'l yurishadi. Beldoz degan bir qirga yetib, o'sha yerda to'xtashadi. Avaz tepani aylanib yurganda bir g'orni ko'radi va g'orga kirib qirq devning mast bo'lib yotganligini ko'radi. Bu devlarning kattasini Yaproq­dev deyishar ekan. Avaz Go'ro'g'li degan so'zni aytgandan so'ng, devlar­ning aqli shoshib, hol-ahvol so'rab ketishadi Devlar Avazdan «yolg'iz keldingmi?» deb so'raganlarida yo’ldoshlari borligini aytadi. Devlardan biri ularni chaqirish uchun borayotganida Asad va Shodmon qo'rqqanlaridan qocha boshlashadi. Shunda dev qaytib kelib; ularning qo'rqib qochayotganlarini aytganda, Avaz yolg'ondan ular qo'rqmasliklarini, har biri 90 dev yeyishini aytadi, yolg'ondan ularning oti hurkib qochayotganini bahona qiladi va o'zi borib ularni olib keladi. Yaproqdev Avazdan qayoqqa va nima uchun ketayotganini bilgach, ularga yordam beradi. Avaz, Asad va Shodmonni uchta olmaga, otlarini uch to'rg'ayga aylantirib, 10 kecha-yu, 10 kunduz uchishadi. Devlar ularni yigirma yillik yo'lga olib borib qo'yadilar. Bir tilsimot bilan Avaz, merganlar va otlari o'z asliga qaytariladi. Yaproqdev o'z yurtining chegarasida ular bilan xayrlashib orqaga qaytadi.
Avaz va merganlar yo'l yurishib, Gulshan chorvog'iga yetadilar. Avaz ichkariga kirganda olma va anjir yemoqchi bolganda ular osmonga chiqib ketadi. U hayron bo'lib yo'lda davom etadi va uch ko'shkka yetadi. Pastki ko'shkda osh damlanib turgan ekan, Avaz qozonning ustiga o'zini tashlaganda kapgir uning qo’ltig'idan chiqib, yuqoridan kelib, Avazning manglayini yoradi. Avaz hayron bo'lib, bu yerning egasini ko'rib ketish uchun qozon boshida yonboshlab, yotaveradi. Bu joy Gulqiz degan panning makoni edi. Uning Gulzamon degan oshpazi bor ekan. U Gulqiz bilan tanishganda Gulqiz «Chambil elidan bo’lsangiz Yunus Misqolning joni -dili, Go'ro'g'lining o'gli bolsangiz mening ammamning o'gli bo'lasiz ekan» - deb, Avazning hurmatini joyiga qo'yadi. Bu makon bilan qo'shni uchta dev bolib, kattasining oti Qizildev ekan. Bu yerdagi devlar ham Avazga qarindosh chiqadi, rosa ziyofat qilishadi va Avazdan maqsadini so'raydi. Qizildev: «Torkiston degan shahar bu yerdan yetmish yillik yo'l keladi, uni faqat Bayrnoqdev degan tog'angiz biladi», - deydi. Qizildev ularga yordam qiladi, bir tilsimot bilan uchovini olma, otlarini to'rg'ay qilib, o'n to'rt kunlik yolga uchib boradi. Otda yurilsa, u yergacha o'n to'rt yillik yo'l bo'ladi.
Avaz, Shodmon va Asad yo'l yurib, Qizilqum degan joyga yetib keladi.
Ular bir qalandarga duch kelishadi. U o'zini Chin -Mochin xoni, ismini
Shoqalandar deb tanishtiradi. U ham Malika Ayyorni izlab yurgan ekan.
Ikkinchi qalandarni Shozargar (asl ismi Hasan) deyishar ekan. U o'zini
Rum elidan deb tanishtiradi. Shozargar Tillaqizni izlab yurgan ekan Sho-qalandarning qo'lida bir so'ta bo'lib, u sehrli kuchga ega boladi. Ikki qalandar ham Asad va merganlarga qo'shiladi.
Ular yol yurishib, Ko'klamtog’ degan joyga yetib borishadi. Yana yo'l yurishadi, Avaz, Shoqalandar va Shozargar yer tagiga tushishadi. Malika Ayyorning Torkiston shahriga yetib borishadi. Malikaning bir sheri bola­di. Ular sherni o’ldirib qo'yishadi. Shoqalandar Qosimshohga o'zining nomini "Yo'lchi" deb aytadi. Shozargar qirq kun muddatda sher yasab berishlarini aytadi va kerakli narsalarni olib, ziyofatga berilishadi. Muddatning oxirgi kuni kelganda Shozargar bir tilla sher yasaydi. Sherning murvati boladi, uning ichiga Avaz joylashib oladi. Malikaga kanizaklar “Buvishim" deb murojaat qilishadi. Malika Xadicha degan kanizini dugo-nasi Tilliqizning oldiga jo'natadi va uning ham sher yasatib olishini aytadi. Lekin Tillaqiz rad etadi. Shozargar uzukka aylanadi uni Oqdevshoh top’b oladi. Otasi uzukni Tillaqizga olib kelib beradi. Malika uzukni taqqanda loyiq boladi, uzuk gapira boshlaydi. Tillaqiz uzukni to'qsonta ichkima -ichki qutiga solib qo'yadi. Shunda Shozargar bir tilsimot bilan sichqon bolib, to'qson qutini teshib chiqadi. Shozargar boshqa balolardan ham qutilib chiqadi. Tillaqiz taqdirga tan berib u bilan birga ketadi.
Avaz merganlarni topadi va Malikani olib ketadi. Shoqalandar esa Zebit shahrining shahzodasi Mahmudjon (Baymoqdev qo'lidagi bola) ni devlar qo'lidan qutqaradi, unga Gulqiz parini olib berishadi va hammalari o'z uylariga qaytib ketishadi. Go'ro'glining roziligi bilan Malika Ayyorni Avazga turmushga berishadi».
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish