O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti Filololgiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi 201-20 guruh talabalari Begimqulova Xonzoda, Safarova Dildora, Ahmadova Maknuna, Isroilova Odina, Farxodova Shahnozalarning pedagogika amaliyoti uchun tayyorlagan ochiq dars
Hisoboti Malakaviy pedagogik amaliyot 05.05.2022 da boshlangan edi. Dast avval institutda O‘quv amaliyot oldidan 2-kurs talabalari uchun yig’ilish o’tkazildi. Unda 2-kurs barcha guruhlar ishtirok etishdi . Barcha guruhlar Jizzax shahar hududida institutdan uzoq bo’lmagan joylarda joylashgan maktablarga amaliyot o’tash uchun ruxsat berildi . Biz guruhimiz bilan Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi internat maktabiga amaliyot o’tash uchun biriktirildik. 5-may kuni erta tongda amaliyot joyimga guruh bilan yetib bordik. Biz ochiq darsni Elmurodova Guljahon ismli o'qituvchi kuzatuvi ostida 5 kishi darsni boshladik. O'quvchilar bilan odatdagidek salomlashildi. Darsni Farxodova Shahnoza o'quvchilarga dars mazmunini tushuntirish bilan boshladi. Ulardan birinchi ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlari va bilim darajasi o'rganildi. So'ng darsni Begimqulova Xonzoda uyga berilgan " Essential" lug'atidagi so'zlarni ikki guruhga bo'lib musobaqa ko'rinishida savol-javob qilib so'radi. Darsni Ahmadova Maknuna o'quvchilardan speaking darajasini tekshirish uchun listdagi rasmni 2 daqiqa ichida chiroyli qilib tasvirlashlarini so'rash bilan davom ettirdi. Bizda Safarova Dildora o'tkazadigan yana bitta speaking taski bor edi bunda o'quvchilar doskaga yopishtirilgan so'zlardan tanlab, o'quvchilar tahliliy tafakkuri asosida javob berishlari kerak edi. Navbatdagi topshiriq Isroilova Odina o'tkazadigan listening taski asosida o'quvchilarga tarqatmalar tarqatildi.Ularning o'z bilim darajasidagi savollarga ko'pchilik o'quvchilar to'g'ri javob berishdi va so'ngida Isroilova Odina yangi mavzu uchun o'quvchilarga IELTS darslardan ko'p ma'lumotlarni tushuntirdi. Xususan speaking darajasini oshirish uchun bir nechta sirlarni bayon qildi va o'rgatdi. Dars qiziqarli o'tdi. Darsdan hamma mamnun bo'ldi. Amaliyot davomida bir qancha mavzularda yuqori sinf o’quvchilarga ko’rgazmali darslar o’tkazildi. Amaliyot hujjatlarini to’liqligicha tayyorladik. Amaliyot davomida maktab ishlarida muntazam faol qatnashib bordik va o’zimni yaxshi tomondan ko’rsata oldik. Pedagogika amaliyotini yaxshi o’tadim va muvvafaqiyatli yakunladik.