Malakaviy o’quv tanishuv amaliyoti hisoboti “NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” AKSIYADORLIK JAMIYATI 4-SONLI GIDROMETALLURGIYA ZAVODI Men “NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” AKSIYADORLIK JAMIYATI JANUBIY KON BOSHQARMASI 4-SONLI GIDROMETALLURGIYA ZAVODIga Malakaviy o’quv tanishuv amaliyotiga keldim, etib kelishim bilan menga zavodda barcha shart-sharoitlar bilan tanishtirishdi. Men zavodda Sorbsiya bo’limiga amaliyot o’tash uchun yuborildim. Bo’limda meni iliq kutib olishdi, birinchi kuni meni texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirishdi.
Oltin tarkibli rudalarni metallurgik usulda qayta ishlashning asosiy usullaridan biri bo’lib, Sorbsiyon tanlab eritish usuli xisoblanadi.Kichik o’lchamli oltin zarrachalarini ajratib olishninig asosiy usullaridan biri bu sianlash jarayonidir.
Boshlab Sorbsiyon tanlab eritish uchun kerak bo’ladigan bo’tanani etqazib beradigan Quyiltirish uskunasi bilan tanishdim. Bu erda quyiltirishdan oltin zarrachalarini bir-biriga yaqinligini, zichligini taminlash va suvni tejash, Sorbsiyada sianlash muhitini taminlashdan iborat ekan.
Quyiltirgich markasi S-28 ekan. Diametri 28 metr bo’lgan silindrsimon dastgox ekan.
Yanchish bo’limidan kelayotgan suyuq bo’tananing zichligini 1050-1090gramm/litrdan 1430-1500gramm/litrgacha quyiltirishdan iborat. Quyltirish jarayonida xosil bo’lgan suvni yana jarayonga qaytarilar ekan.
Quyiltirish dastgohida quyiltirish uchun oxak suti va flokulyant (Praestol) qo’shilar ekan.Oxak suti Ca(OH)2 bo’lib siyanlash jarayoni uchun muxit vazifasini bajaradi. Sianlash jarayonidagi (Na CN) natriu siyanid parchalanib ketmasligi uchun oxak suti Ca(OH)2 ishqoriy muxitni >7 ph ushlab turadi.
Sorbsiya bo’limida oltinni siyanlash orqali eritmaga o’tqazib, oltinni siyanlash orqali eritmaga o’tqazib, oltinni tanlab qatron(smola) orqali shimdirib olish jarayoni tushinchasiga ega bo’ldim. Oltinni siyanlash dastgoxlari (pachuklar) ishlatiladigan reagentlar va boradigan jarayonlar tushinchasiga ega bo’ldim.
Siyanlash jarayoninig asosiy moxiyati nodir metallar ishqoriy va ishqoriy er metallari bilan xosil qilgan tuzlar va kislorod yordamida eritishdan iborat.
Siyanlash jarayonida oltin va kumush kislorod yordamida Me+1 xoligacha oksidlanadi va eritmaga kompleks anion ko’rinishida o’tadi. Jarayonning umumiy kimyoviy ko’rinishi quyidagi ketma-ket reaksiya orqali boradi:
2Au+4NaCN+O2 +2H2O=2Na[Au(CN)2]+2NaOH+H2O2 2Au+4NaCN+ H2O2=2Na[Au(CN)2]+2NaOH
Oltin bilan ko’pincha birinchi reaksiya amalga oshadi. Siyanlash jarayoni bu elektrokimyoviy jarayondir. Oltinning erishiga asosiy sabab uning kompleks ion xosil qilishidir Au(CN)2 Sanoat sharoitida oltinni sinil tuzlarida erishi o’ta murakkab xolatda kechadi.Tajribada qo’llanilgan oltin metali shakli faqat tajriba sharoitidagina bo’ladi. Real sharoitda ishlatiladigan sinil eritmalari toza bo’lmaydi,unda turli tuman qo’shimchalar bo’lib, u reaksiyalarga katta ta’sir o’tqazadi. Chunki real sharoitda eritmada juda ko’p minerallar qatnashib, jarayonlarga o’z ta’sirini o’tqazadi.
GMZ-4 sharoitida Sorbsion tanlab eritish vaqti:
Tt.e. =427.5x20:400=21.4 soat bo’lar ekan. Bunda 427.5m3 dastgoxning (pachuk)ning ichidagi mahsulot yani bo’tana xajmi xisoblanadi. Pachchukning o’zining xajmi 450m3 ni tashkil qilar ekan.20- bu qatron(smola)nib or pachchuklar soni. 400m3 – 1 soat davomida pachchuklarga kelayotgan bo’tananing xajmi xisoblanadi.
Bir vaqtninig o’zida yuklangan qatron(smola)ning xajmi esa quyidagicha toiladi:
%yuklash = 89.77:8550x100=1.05%
Bu erda 92.43 soni 20 ta pachchukdagi qatronning xajmi yani Ꞓ 210ml bo’lsa 210ml x 427.5m3 = 89775ml = 89.775m3 qatron(smola)
8550:20ta pachchukdagi bo’tana xajmi 20 x 427.5 = =8550
Qatronning Sorbsiyon aylanib chiqish sikli
Ts.v. = 89.77:1000 = =89.7 soat
Masalan bir dona smola oxirgi 10-pachchukdan tushsa 89.7 soat vaqt ketadi, 1- pachchukdan chiqarib olgunga qadar.
Bu jarayonlar pachchuklarda olib boriladi, pachchuklar soni 22 ta bo’lib, 2 ta sepochkaga bo’linadi, xar bir sepochkada 11 tadan pachchuk bo’ladi. 10 pachchukda qatron(smola) xarakatlanadi, 11- pachchukda esa nazorat pachchugi bo’lib, pachchuk setkalaridan o’tgan qatronlarni(smola) chiqindiga chiqib ketishini oldini oluvchi nazorat pachchugi xisoblanadi. Pachchuklarning xajmi 450 m3 dan.
GMZ -4 sharoitida dastlabki sianlashdan o’tgan bo’tana birinchi sorbsiyalash pachchugiga sian(Na CN) bilan bo’tana bir vaqtning o’zida keladi va barcha pachchuklardan qatron(smola) bilan qarama-qarshi xarakatga o’tadi. Shu bilan birga siyanlash jarayonida erimay qolgan oltin va kumush erishi va oltinnig sorbsion pachchuklarda 150-300 mg/l oraligida ushlanadi.
Siyanlash miqdori oxirgi 11-pachchukda sian miqdoriga qarab ushlanadi, oxirgi 11- pachchukda 80-120 mg/litr oraligida bo’lishi kerak.
11- pachchukdan chiqindi xo’jaligiga chiqib ketayotgan bo’tana zararsizlantiruvchi pachchukga tushib zararsizlantirilib chiqindi xo’jaligiga chiqarib yuboriladi. Zararsizlantirish jarayon reaksiyasi quyidagicha boradi:
Na CN + Fe SO4 7H2O = Na2 SO4 +Fe(OH)2↓ + 2CO2 + N2 + H2O
Sorbsiyani tanlab eritish jarayoni juda murakkab jarayon bo’lganligi uchun jarayonga tashqi va ichki omillar bog’liq bo’lib, tanlab eritishni bir meyorda olib borish ishchi xodimlarning malakaviy bilim qobiliyatiga bog’liq ekanligini tushinib etdim.