Malakaviy bitiruv


-bob. Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslari



Download 0,56 Mb.
bet3/6
Sana10.04.2017
Hajmi0,56 Mb.
#6408
1   2   3   4   5   6

2-bob. Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslari

2.1 Jinoyatda ishtirok yetganlik uchun javobgarlik doirasi
Ma’lumki, jinoiy javobgarlik yuridik javobgarlikning bir ko’rinishidir. Ishtirokchilikda sodir yetiladigan qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik yesa umuman jinoiy javobgarlikning instituti sifatida qaraladi.

Fuqaro qonun bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosobatlarga tajovuz qilsa, tegishli ravishda javobgarlik vujudga keladi. Bunday javobgarlikning yeng og’iri jinoiy javobgarlikdir.1

Yuridik javobgarlik masalasi, mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan keng ishlangan bo’lsa-da, ammo, uni yagona talqini hozirga qadar ishlab chiqilmagan va bu to’g’rida yagona bir fikrga kelinmagan.

Ko’pchilik olimlar yuridik javobgarlikni davlat majburlovining bir ko’rinishi sifatida qarashadi.2

Shaxsning xulq-atvori ikkita xilma-xil jihatni qamrab oladi:


  1. ijtimoiy foydali;

  2. ijtimoiy zararli

Shu sababli javobgarlik ham pozitiv (prospektiv) va va negativ (retrospektiv) yo’nalishlarda qarab chiqiladi.

Prospektiv (pozitiv) jihatdagi javobgarlik shaxsni o’z qilmishlariga ijobiy munosobatini ko’rsatadi. Bu o’z harakatlarini jamiyat uchun muhimligini tushunish, ularni samarali, tez va yaxshiroq bajarish hohishi, istagidir.

Jinoiy-huquqiy nuqtai-nazardan pozitiv javobgarlik shaxsni qonun bilan taqiqlanadigan harakatlardan tiyilib turishida namoyon bo’ladi. Bu to’g’rida kengroq ta’rif A.S.Yakubov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, unga ko’ra, javobgarlikning pozitiv jinoiy jihati shaxsning haqqoniy xulq-atvorida ifodalanib, u ijtimoiy xavfli, qonunga xilof, aybli va jinoiy jazoga loyiq qilmishlar (harakat yoki harakasizlik)dan tiyilish bo’yicha jinoyat qonunida nazarda tutilgan majburiyatlarni shaxs tomonidan bajarilishida namoyon bo’ladi.3

Javobgarlikning aynan ana shu ko’rinishi to’g’risida so’z borganida ma’suliyat hissi yoki shaxsni javobgarlikni o’z zimmasiga olishi to’g’risida gapiriladi.

Pozitiv javobgarlik kelgusidagi xulq-atvor uchun javobgarlikdir.

Jamiyat o’z subektlarining faoliyati va uni oqibatlariga befarq qarab tura olmaydi. Shu sababdan ularning xulq-atvorini doimiy ravishda nazorat qila borib, ba’zida rag’batlantirish, ba’zida jazolash yo’li bilan tartibga soladi.

Ikkinchi holdagi javobgarlik, odatda ilmiy adabiyotlarda retrospektiv javobgarlik deb yuritiladi, hamda u sodir yetilgan qilmish uchun qo’llaniladi. Bu shaxs o’z qilmishini anglab yetishi bilan cheklanmasdan, shaxsning xulq-atvoriga tashqi ta’sir, ya’ni jamiyat, davlat, boshqa shaxslar tomonidan o’tkaziladigan ta’sir bilan bog’liq. A.S.Yakubov so’zlari bilan aytganda, uning mohiyati huquqiy normalarni buzgan shaxsga javoban ko’riladigan chora, ya’ni qilmishi uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.1

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 30 – moddasi 1-qismiga ko’ra, “Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu kodeks “Maxsus qism”ining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo’yicha javobgarlikka tortiladilar. Tergov va sud organlari amaliyotiga ko’ra, bunda ishtirokchilarning harakatlari Jinoyat kodeksi 28-moddasi orqali kvalifikasiya qilinadi. Bunday kvalifikasiya uchun jinoyatni sodir yetgan shaxsning harakatlari va uning oqibatlari ham ushbu jinoyatning tashkilotchisi (rahbari), dalolatchi, yordamchilarning umumiy maqsadlari bilan qamrab olingan bo’lishi kerak.

Ishtirokchilar yakka o’zi harakat qilib, jinoyat sodir yetgan shaxslar singari tegishli hajmdagi jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bunda har bir ishtirokchi o’zi sodir yetgan qilmishi uchun mustaqil javob beradi va individual ravishda javobgarlikka tortiladilar.2

Ishtirokchilikda sodir yetiladigan jinoyatlarda tashkilotchilar, dalolatchilar va yordamchilar jinoyatni sodir yetishda bevosita ishtirok yetmaydilar, shu sababli ularning har biri o’zining ishtirok qilish darajasiga ko’ra javobgarlikka tortiladi va ularga jazo belgilashda aynan ishtirokchilik darajasiga alohida ye’tibor qaratiladi.

Ishtirokchilikda tashkilotchi shaxsi nisbatan ajratib ko’rsatiladi va uni javobgarlikka tortish hamda jazo tayinlashda bajaruvchiga tayinlangan jazo bilan bir xil yoki undan og’irroq jazo tayinlash tajribasi amal qiladi.

Dalolatchiga tayinlanadigan jazo bajaruvchiga tayinlanadigan jazo bilan bir xilda bo’lishi, ba’zi hollarda yengil yoki og’irroq bo’lishi mumkin. Bu holda dalolatchi jinoyatni bajarishga kimni dalolat qilgani, ya’ni qiziqtirganligi ham ma’lum ma’noda ahamiyat kasb yetadi. Agar dalolatchi jinoyatni bajarishga voyaga yetmagan shaxsni qiziqtirgan bo’lsa, albatta, uni javobgarligi bajaruvchiga nisbatan og’irroq bo’lishi kerak.

Yordamchiga, qoida tariqasida bajaruvchi yoki dalolatchiga qaraganda yengilroq jazo tayinlanadi.

Dalolatchi jinoyat sodir yetishga biror kishini jalb yesa, ammo, bajaruvchi avvaliga rozilik berib, ammo, jinoyatni sodir yetish paytida uni bajarishdan ixtiyoriy qaysa, dalolatchi ishtirokchilikda yemas, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rishda ayblanishi lozim, chunki bunda bajaruvchi mavjud bo’lmaydi.

M.X. Rustamboyev ishtirokchilikning javobgarlik doirasini belgilash uchun jinoyat tarkibi yelementlaridan tashqari, umumiy va maxsus shartlar bo’lishi kerakligini ko’rsatib o’tib, ularga quyidagicha ta’rif beradi:

Umumiy shartlar o’z ichiga ishtirokchilik turini, shaklini to’g’ri belgilashni, ishtirokchilik shakli jinoyat tarkibining zaruriy belgisi yekanligini yoki uning jazoni og’irlashtiruvchi holat yekanligi kabilarni oladi.

Maxsus shartlar ishtirokchilarning javobgarligiga ta’sir qiluvchi obektiv va subektiv belgilarga (yoki biron-bir belgi), shuningdek, yekssess bajaruvchilik, bajaruvchining va boshqa ishtirokchilarning jinoyat sodir yetishdan ixtiyoriy qaytishini o’zida ifodalaydi.1

Jinoyatda ishtirokchilik, ishtirokchilar uchun yagona maqsadning oqibatlarini keltirib chiqarishga qaratilgan bir necha shaxsning sa’y-harakatlarini ifodalovchi jinoiy faoliyatning alohida shaklidir. Jinoyatchilikning bu shakli, alohida shaxsning harakatlariga nisbatan ancha xavflidir.

Ammo, shuni nazardan qochirmaslik kerakki, ishtirokchilik jinoiy javobgarlikning maxsus yoki alohida asoslarini keltirib chiqarmaydi.

Jinoiy javobgarlik – bu subektning jinoyat huquqi bilan taqiqlangan qilmishni sodir yetishda ifodalangan xulqi uchun qo’llaniladigan davlatning majburlov chorasidir.1 Yuqoridagi fikrdan ko’rinadiki, jinoyat ishtirokchilariga nisbatan jinoyat huquqi bo’yicha jinoiy javobgarlikning umumiy tamoyillari qo’llaniladi. Bu qoida shaxs yakka harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotganida ham, ishtirokchilikda sodir yetgan jinoyati uchun javobgarlikka tortilayotganida ham prinsipial ahamiyatga yega.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi “Jinoyatda ishtirok yetganlik uchun javobgarlik doirasi”ni belgilab beradi, unga ko’ra, “tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu kodeks “Maxsus qism” ning bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo’yicha javobgarlikka tortiladi.” Bunda har bir ishtirokchining javobgarligi mustaqil va qat’iy individual tarzda bo’ladi. Birgalikda harakat qiluvchi har qanday shaxs faqatgina o’z qilmishi va aybi darajasida javobgar bo’ladi.

Qonun chiqaruvchi ishtirokchilik instituti to’g’risida gapirganda, ishtirokchilarning javobgarligi uning jinoiy qasdi doirasida bo’lishligi to’g’risida gapirmaydi.

Jinoyat kodeksining 30- moddasi 4- qismi “boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir yetgan shaxs javobgar bo’ladi,” – deb belgilab, bajaruvchi yekssessi to’g’risida so’z yuritadi, ammo xorijiy mamlakatlarning jinoyat qonunchiligini o’rganish shuni ko’rsatadiki, juda ko’plab mamlakatlarning qonunchiligida jinoyat ishtirokchisining yekssessi alohida ajratib ko’rsatiladi. Masalan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 36- moddasi “Jinoyat bajaruvchisining yekssessi,” – deb nomlanadi va unga ko’ra “Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan jinoyatni bajaruvchi tomonidan sodir yetilishi bajaruvchi yekssessi deb tan olinadi. Bajaruvchi yekssessi uchun jinoyatning boshqa ishtirokchilari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.”

Bajaruvchi yekssessi to’g’risida so’z yuritganda, faqatgina jinoyat bajaruvchisining yekssessi to’g’risida yemas, balki har qanday ishtirokchining yekssessi to’g’risida gapirish maqsadga muvofiq bo’lar yedi. Bu to’g’rida M.X. Rustamboyev juda to’g’ri ta’kidlab o’tadi, - “...agar uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma biron-bir a’zosining (faqatgina bajaruvchining yemas. Izoh bizniki) harakatlari (harakasizligi) sababiy bog’lanmagan va tashkilotchi (rahbar) ning jinoiy qasdi bilan qamrab olinmagan bo’lsa, yekssess bajaruvchi holati yuzaga keladi.”1

Shu sababli jinoyat kodeksida yekssess to’g’risida so’z yuritganda, faqatgina jinoyat bajaruvchisini yemas, balki har qanday ishtirokchi to’g’risida me’yorni kiritish maqsadga muvofiq va bu masala Qozog’iston Respublikasi Jinoyat kodeksida aniq belgilab qo’yilgan. Qozog’iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi “jinoyat ishtirokchisining yekssessi” deb nomlanadi va biz yuqorida aytib o’tgan munosobatlarni tartibga soladi.

Ko’pchilik mamlakatlarning jinoyat qonunchiligi tahlil qilinganida gap ishtirokchi yekssessi to’g’risida yemas, balki bajaruvchi yekssessi to’g’risida boradi. Gruziya jinoyat kodeksining 26 moddasi “Bajaruvchi yekssessi” Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining 35- moddasi “Umumiy qasd bilan qamrab olinmagan jinoyatni sodir yetish (Bajaruvchi yekssessi)”, Tojikiston rEspublikasi Jinoyat kodeksi 38-moddasi “Jinoyat bajaruvchisi yekssessi”, Moldova respublikasi Jinoyat kodeksi 48- moddasi “Bajaruvchi yekssessi”, - deb nomlanib faqatgina bajaruvchining yekssessi to’g’risida so’z boradi, unda jinoyatni boshqa ishtirokchilari – dalolatchi, yordamchi tomonidan sodir yetilgan, ammo boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan jinoyatlar uchun javobgarlik qanday belgilanadi?, - degan savolga javob topish qiyin.

Faqatgina Ukraina Jinoyat kodeksida yekssess masalasi xuddi bizning Jinoyat kodeksimizda bo’lgani kabi alohida ajratib ko’rsatmasdan, ishtirokchilarning jinoiy javobgarligi masalasini umuman qamrab oluvchi 29-moddada belgilangan. Shu moddaning beshinchi qismiga ko’ra, “ishtirokchilar o’zlarining umumif qasdi bilan qamrab olinmagan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar”

Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo’yicha javobgarlikka tortiladilar.

Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari tayyorgarlik ko’rilishi yoki sodir yetilishida o’zlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.

Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil yetgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir yetgan barcha jinoyatlar uchun basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo’lsa,javobgarlikka tortiladilar.

Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir yetgan shaxs javobgar bo’ladi.

Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o’ziga bog’liq bo’lgan barcha choralarni o’z vaqtida ko’rganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.

Jinoyatda ishtirokchi sifatida qatnashgan shaxsning javobgarligining asoslari ham xuddi alohida shaxsning javobgarligining asoslari kabi muayyan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo’lgan qilmishni sodir yetganligidir.

O’zr JK 30-moddasi 1-qismining mazmuniga ko’ra, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham bajaruvchining qilmishi kvalifikasiya qilingan moddasi yoki moddaning tegishli qismining tegishli bandi bilan javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat huquqi nazariyasida ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarni faqat bajaruvchilardan iborat bo’lgan ishtirokchilikka va bajaruvchilaridan tashqari tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilardan iborat bo’lgan ishtirokchilikka bo’lingan. Faqat bajaruvchilardan iborat bo’lgan ishtirokchilikda guruh a’zolarining barchasi ular niyat qilgan jinoyatni bajarishda, ya’ni o’sha jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarning hyech bo’lmaganda bir qismini bajargan bo’ladi. Shunga ko’ra, jinoyatda birgalashib qatnashgan barcha ishtirokchilar (guruh a’zolari) o’zlari sodir yetgan jinoyatda ayblanib to’g’ridan-to’g’ri JK Maxsus qismining tegishli moddasi bilan javobgar qilinadilar.

Bajaruvchilaridan tashqari tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilar ham qatnashgan ishtirokchilikda yesa, ahvol biroz boshqacharoq bo’lib, bajaruvchi o’sha jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarni amalga oshirsa, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi o’sha jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarning hyech bo’lmaganda bir qismini bajarishda ham qatnashmaydi. Bular faqat jinoyatni sodir yetish uchun sharoit yaratib beradi holos. Shuning uchun ham tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi qatnashgan jinoyat ishtirokchilikning alohida shakli hisoblanadi. Shunga ko’ra, ishtirokchilikning bunday shaklini kvalifikasiya qilish, faqat bajaruvchilardan iborat bo’lgan ishtirokchilikni kvalifikasiya qilishdan farq qiladi. Bunday ishtirokchilikni kvalifikasiya qilishning o’ziga xos xususiyati shundaki, jinoyatni bajaruvchisi bevosita o’zi jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarni bajarganligi uchun JK Maxsus qismining muayyan moddasi bilan, boshqa ishtirokchilari yesa (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar) JK 28-moddasi va Maxsus qismining muayyan moddasi bilan javobgar qilinadi. Agar jinoyat ishtirokchilari faqat ikki kishidan iborat bo’lib, ulardan biri bajaruvchi, ikkinchisi yordamchi yoki dalolatchi sifatida javobgarlikka tortilgan bo’lsa, JK Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan bir guruh shaxslarni tashkil qilmaydi. Chunki JK Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan «bir guruh shaxslar» tushunchasi kamida ikki kishining bajaruvchi sifatida qatnashganligini ko’zda tutadi. Jinoyatda ikki kishi ayblanib, biri bajaruvchi, ikkinchisi yordamchi yoki dalolatchi sifatida javobgar qilingan bo’lsa, bular ham bajaruvchi javobgar qilingan norma bilan javobgar qilinadi.

JK 30-moddasi 2-qismining mazmuniga ko’ra, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchilari ham guruh a’zolari tomonidan sodir yetilgan barcha jinoyatlarda bajaruvchi sifatida javobgar qilinib, JK 28-moddasi orqali kvalifikasiya qilinmaydi. Chunki bunday guruhning tashkilotchisi, guruhni tashkil qilishdan tashqari, guruh tomonidan sodir yetiladigan jinoyatga yoki jinoiy faoliyatga rahbarlik qiladilar. Guruh a’zolarining butun jinoiy faoliyati tashkilotning rahbari irodasiga bo’ysundirilganligi tufayli ular guruh rahbari sifatida guruhning asosiy figurasi deb hisoblanadi. Ammo guruh rahbari bilmagan va uning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan jinoyat uchun guruh tashkilotchisi yoki guruhning boshqa a’zolari javobgar qilinmaydi.1 Bunday holda guruhning faqat o’sha jinoyatni sodir qilgan a’zosining o’zi javobgar bo’ladi. Jinoyat huquqi nazariyasida guruhning bunday a’zosini yekssess bajaruvchi deb topiladi.

Bizning Jinoyat kodeksimizda jinoyat ishtirokchilarining ham aksessor, ham mustaqil javobgarligi xususiyatlari ko’zga tashlanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 30-moddasi 2-qismiga ko’ra “Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh, jinoiy uyushmaning tashkilotchilari,hamda a’zolari tayyorgarlik ko’rilishi yoki sodir yetlishida o’zlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.” Bundan xulosa shuki, jinoyat oxiriga yetkazilgan yoki yetkazilmaganligidan qat’iy nazar, guruh a’zolari jinoyatga tayyorgarlik ko’rilganligi yoki unga suiqasd yetganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortiladilar xuddi ana shu joyda aksessorlik belgilari ko’zga tashlanadi.

Ishtirokchilikning aksessorlik nazariyasi ilk bor 1791-yilgi Fransuz JKda, keyinchalik yesa 1810-yilgi JKlarida qonuniy jihatdan rasmiylashtirildi. Ishtirokchilikning bu konsepsiyasi jinoyat huquqining klassik maktabi vakillari tomonidan ishlab chiqilgan yedi. Unga ko’ra jinoyat bajaruvchisi – bu ishtirokchilikning markaziy figurasi. Boshqa ishtirokchilarning faoliyati undan mustaqil yemas.2

Bundan ko’rinadiki, agar gap dalolatchi yoki yordamchi to’g’risida boradigan bo’lsa, ular o’zga shaxsning qilmishida qatnashadi, deb hisoblashadi, kriminalist-klassiklar. Ular jinoyatning bu ishtirokchilarini javobgarligini bajaruvchining javobgarligiga bog’liq qilib qo’yishadi. Ularning fikricha, boshqa barcha ishtirokchilarning javobgarligi bajaruvchi o’zining jinoiy maqsadlariga qay darajada yerishganligi bilan bilan belgilanadi (tayyorgarlik ko’rish, suiqasd, tugallangan jinoyat), bajaruvchi tomonidan sodir yetilgan qilmishning jinoiyligi istisno yetilgan hollarda, boshqa ishtirokchilar ham javobgarlikdan ozod qilinishi tan olingan.1

Bizning jinoyat qonunchiligimizdagi muammoli masalalardan biri – bu jinoyatning har bir ishtirokchisini individual javobgarligi masalasidir. Chunki amaliyotda sudlar har bir ishtirokchining jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va uni sodir yetishdagi ishtiroki masalasini alohida ye’tiborga olishga harakat qilayotgan bo’lishlariga qaramasdan, jinoyat kodeksida bu to’g’ridagi me’yor mavjud yemas. Shu sababli bizning fikrimizcha, Jinoyat kodeksi 30-moddasini “jinoyatni har bir ishtirokchisining javobgarligi sodir yetilgan jinoyatdagi faktik ishtiroki xarakteri va darajasiga muvofiq ravishda aniqlanadi”, - deb belgilovchi me’yor bilan to’ldirish maqsadga muvofiq. Professor M.X. Rustamboyev to’g’ri ko’rsatib o’tganidek, Jinoyat kodeksi 16-moddasining 2 qismida belgilangan “jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo’lgan qilmishni sodir yetish jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi”, - deb belgilanuvchi norma qoidalari yakka subekt tomonidan sodir yetilgan jinoyatlarga ham, ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarga ham tegishlidir. Shu sababdan ham ishtirokchilik jinoiy javobgarlikning qo’shimcha asoslarini yaratmaydi.2 Bundan kelib chiqadiki, birinchidan javobgarlik yagona birgalikdagi jinoyat uchun kelib chiqadi (bu yerda boshqa ishtirokchilarning harakti jinoyat bajaruvchisining harakatlariga bog’liq yekanligi kelib chiqadi); ikkinchidan yesa, har bir ishtirokchining suiqasdni amalga oshirishda ishtiroki xarakteri va darajasini aniqlash majburiy bo’ladi (ishtirokchilar javobgarligini mustaqilligi va individualligini ko’zga tashlanishi).1

Masalan, jinoiy uyushma a’zosi A. ga D. ni uyida o’g’rilik qilish topshiriladi. A. D. ni uyiga o’g’rilik qilish uchun kirganida uy yegasi kelib qoladi va A. D. ni o’ldirib, uyidan umumiy qiymati ko’p miqdorni tashkil qilgan mulkni o’g’rilab chiqib ketadi. Ushbu holatda odam o’ldirish jinoyatini jinoiy uyushmaning boshqa a’zolari bilmaganligi va ularning niyati bilan qamrab olinmaganligi tufayli A. ham odam o’ldirishda, ham o’g’rilik jinoyatida javobgar qilinadi. Guruhning boshqa a’zolari yesa faqat o’g’rilik jinoyatiga tayyorgarlik ko’rishda javobgar qilinadilar.

Xuddi shunday tarzda boshqa ishtirokchilarning haraktlarini ham kvalifikasiya qilish lozim: ular suiqasdni tashkilashtirganliklari yoki jinoyatga tayyorgarlik ko’rganliklari uchun, suiqasdga yoki jinoyatga tayyorgarlikka qiziqtirganliklari uchun, va nihoyat jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi.2

Agar tashkilotchi yoki dalolatchi, yoxud yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun barcha choralarni ko’rgan va jinoyatning oldi olingan bo’lsa, jinoyatda ishtirokchilikni istisno qiladi. Aksincha, bajaruvchi jinoyatdan ixtiyoriy qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o’ziga bog’liq bo’lgan barcha choralarni ko’rgan bo’lsa, uning qilmishi jinoyatda ishtirokchi deb topilmaydi. Bunday holda jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchisi, yoxud yordamchisi bajaruvchi amalga oshirishi kerak bo’lgan jinoyatga tayyorgarlik ko’rishda ayblanib javobgar qilinadi.

Bajaruvchining jinoyatdan ixtiyoriy qaytishidan tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning ixtiyoriy qaytishi ma’lum darajada farq qiladi. Bajaruvchini jinoyatdan ixtiyoriy qaytgan deb hisoblash uchun u tajovuz qilinayotgan obektga zarar yetkazilmasdan oldin o’z ixtiyori (yerki, irodasi) bilan jinoiy harakatini to’xtatganligining o’zi yetarli bo’lsa, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning o’z harakatlarini oddiy to’xtatishning o’zi bilan jinoyatdan ixtiyoriy qaytish deb hisoblashga asos bo’lmaydi. Ularni jinoyatdan ixtiyoriy qaytgan deb hisoblash uchun bajaruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan jinoiy oqibat kelib chiqishining oldini olish uchun o’zlariga bog’liq bo’lgan barcha choralarni ko’rishlari kerak. Bunday choralar bajaruvchini jinoyatdan qaytarishning, jinoiy faoliyatga qarshilik qilish, tayyorlanayotgan jinoyat haqida hokimiyat idoralariga xabar berish, ya’ni ular jinoyatni amalga oshirilishining oldini olishga faol aralashishlari zarur. Jumladan, yordamchi bajaruvchiga oldindan jinoyat haqida xabar bermaslik haqida bergan va’dasidan voz kechishi, bergan jinoyat quroli, jinoyat vositasini tortib olishi yoki boshqacha yo’llar bilan jinoyatning oldini olishga harakat qilishi kerak. Demak, tashkilotchi yoki dalolatchi, yoxud yordamchilarning harakatlari tufayli jinoyatning oldi olingan bo’lsa, ularni jinoyatdan ixtiyoriy qaytish deb javobgarlikdan ozod qilinadi. Ularning barcha qilgan harakatlariga qaramay jinoiy oqibat yuz bergan bo’lsa, ixtiyoriy qaytish deb yemas, balki yengillashtiruvchi holat deb topilishi mumkin. Bunday holda sud O’zR JKning 66-moddasi asosida yoki boshqa asoslarga ko’ra, javobgarlikdan ozod qilishni qo’llashi ham mumkin.

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud jazo tayinlashning umumiy va maxsus qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Har bir ishtirokchiga jazo tayinlashda JK 54-moddasida ko’rsatilgan umumiy qoidalariga rioya qilgan holda ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatning har bir ishtirokchisiga uning qilmishi kvalifikasiya qilingan moddasining sanksiyasi doirasida, JK Umumiy qismining qoidalariga rioya qilgani holda, jinoyatning xususiyati va qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.

Agarda JK Maxsus qismining muayyan moddasidagi jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir yetilganlik uchun javobgarlik belgilangan bo’lsa, qilmishni kvalifikasiya qilishning boshqa og’irroq belgisi bo’lmasa, barcha ishtirokchilar, shu jumladan, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilari ham jinoyatni bir guruh shaxslar tomonidan sodir yetilganligi uchun javobgarlikni belgilovchi normasi bilan javobgar qilinadi. Ishtirokchilarning barchasi muayyan moddaning muayyan qismi bilan kvalifikasiya qilinar yekan, sud jazo tayinlashda har bir ishtirokchining ishtiroki va aybi darajasini, guruhda tutgan o’rnini, jinoyatni amalga oshirishdagi boshqa holatlarini hisobga olgan holda jazo tayinlaydi.

Ishtirokchilikning maxsus qoidalariga rioya qilib jazo tayinlashda yesa ishtirokchilarning qaysi turi sifatida qatnashganligi (bajaruvchi yoki tashkilotchi yoxud dalolatchi, yoki yordamchi sifatida qatnashganligini) ishtirokchilikning qanday shaklda (oddiy ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma) yekanligini hisobga oladi. Agar ishtirokchilikning bu shakllarining har biri Maxsus qismining moddasida qilmishni kvalifikasiya qilishning zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha norma bilan javobgar qilinadi. Masalan, JK 104-moddasining uchinchi qismi «g» bandida, 105-moddasining 2-qismi «i» bandida 164 -moddasining 4-qismi «v» bandida va hokazo moddalarda jinoyatni uyushgan guruh tomonidan qilinganligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Agar o’sha jinoyatlarni jinoiy uyushma tomonidan amalga oshirilganligi belgilanmagan bo’lsa, bu jinoyatni jinoiy uyushma tomonidan qilingan taqdirda ham agar kvalifikasiya qilishning boshqa og’irroq belgisi nazarda tutilmagan bo’lsa, uyushgan guruh tomonidan qilinganlik uchun javobgarlikni belgilovchi normasi bilan javobgar qilinaveradi. Harakatlarni uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan sodir yetilgan deb tanish va bu guruhlarning uyushganlik darajasini aniqlash uchun avvalo bu guruhlarga Oliy sud Plenumi tomonidan berilgan ta’riflarga ye’tibor berish lozim. Masalan, “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Oliy Sudning 1996 yil 20 dekabrdagi (2002 yil 14 iyundagi qaroriga asosan kiritilgan o’zgartirish va to’ldirishlar bilan) Qarorida “jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular o’rtasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini ta’minlanish guruhda o’rnatilgan intizomga va tashkilotchining ko’rsatmalariga bo’ysunishlik jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi.”1

Jinoyatda ishtirok yetganlikning xususiyati deganda shaxsning jinoyatda bajaruvchi yoki tashkilotchi yoxud dalolatchi yoki yordamchi sifatida ishtirok yetganligi nazarda tutilsa, ishtirok yetganlik darajasi deganda jinoyatni amalga oshirishda unga yuklatilgan vazifaning ahamiyati, jinoyatni amalga oshirishdagi faolligi, jinoiy faoliyatda uning o’rni va hokazolar tushuniladi. Masalan, tashkilotchi jinoyatni tashkil qilishdan tashqari yana unga rahbarlik qilsa, u bu guruhning asosiy tashabbuskori va rahbari sifatida yeng og’ir jazo tayinlanishi, har bir a’zosiga jazo tayinlashda ana shu yuqorida aytilgan holatlar hisobga olinadi. Oldindan ishtirokchilarning bajaruvchisiga yeng og’ir jazo beriladi deyish to’g’ri bo’lmaydi. Masalan, jinoyatning bajaruvchisi yendi o’n olti yoshga to’lgan o’smir, dalolatchisi yesa xavfli yoki o’ta xavfli residivist bo’lishi mumkin. Bunday holda yeng og’ir jazo bajaruvchiga nisbatan tayinlanadi deyish to’g’ri bo’lmaydi.

Ishtirokchilikda jinoyat sodir yetgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda, barcha ishtirokchilarning qilmishi JK Maxsus qismining bitta normasi bilan kvalifikasiya qilinsada, jazo tayinlashda shu normaning sanksiyasi doirasida individual ravishda jazo tayinlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismiga ko’ra tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar bajaruvchini javobgarlikka tortish uchun asos bo’lgan Jinoyat kodeksining Maxsus qismi tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladilar. Bunda birgalikda jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi ulardan har birining jinoyatni sodir yetishdagi haqiqiy ishtiroki darajasi va xarakteri bilan belgilanadi. Jinoyatni sodir yetishda shaxs haqiqiy ishtirokining darajasi va xarakteri o’z navbatida bu shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi bilan belgilanadi.2

2.2 Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash



Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash muammosi jinoyat to’g’risidagi ta’limot va javobgarlik nazariyasida yeng murakkab masalalardan biri bo’lib qolmoqda.1

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash masalasiga ye’tibor qaratishdan oldin, avvalo uzoq yillar davomida bahsli masala sifatida qarab kelinayotgan jinoiy javobgarlik asoslarini qarab chiqish o’rinli.



Aslida, jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi nazariyasida o’rganiladigan markaziy masalalardan bo’lib, jinoyat kodeksi maxsus qismi moddalari uning asosini tashkil yetadi.2 Bir qator mutaxassislar jinoiy javobgarlik asosi sifatida jinoyat tarkibini (N.A.Alekseyev., M.D.Щargorodskiy va b), jinoyat sodir yetilishini (A.A.Gersenzen), ayb va sababiy bog’lanishni (A.N. Traynin), jinoyat sodir yetilishida shaxsning aybi (B.S. Utevskiy., B.S. Nikiforov va b.), jinoyat tarkibi va jinoyatchi shaxsini (A.B. Saxarov) ko’rsatib o’tishadi.

Jinoiy javobgarlikning asoslari masalasiga bunday xilma-xil qarashlarning shakllanishiga mutaxassis va olimlarning jinoiy javobgarlikni amalga yuzaga kelishi, tugashi, jinoiy javobgarlikni amalga oshirish bosqichlari kabi omillarga, shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, jazo, jazo tayinlash kabi kategoriyalarni jinoiy javobgarlik bilan munosobatiga turlicha yondoshuvlari sabab bo’ldi, deb aytish mumkin.



R.S. Rыjovning fikricha, jinoyatni har bir ishtirokchisining jinoiy javobgarligi asosi yakka tartibda harakat qiluvchi shaxs javobgarligining asosi bilan bir xil.3

Jinoiy javobgarlik mohiyatiga yondoshuv borasida professor A.S.Yakubovning fikrlari diqqatga sazovor: “jinoiy javobgarlik – sud tomonidan salbiy oqibatga yega bo’lgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir yetgan shaxsga nisbatan jazo tayinlash yoki jazo tayinlamagan holda hukm qilish yoki jazo hisoblanmaydigan boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini qo’llashdan iborat bo’lgan, sudning ayblov hukmida asoslantirilgan majburlov chorasidir.”1

Qilmishni aybsiz holda sodir yetish jinoiy javobgarlik asosi sifatida qaralishi mumkin yemas, chunki unda jinoyat tarkibining yelementlari bo’lmaydi.

Jinoyat tarkibining barcha belgilarini o’zida qamrab olgan holda sodir yetilgan qilmish jinoiy javobgarlikning asosi sifatida qaralishi mumkin, chunki faqat shu holdagina javobgarlik to’g’risidagi masalani qo’yish mumkin.

Jinoyat huquqiga oid adabiyotlarda ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarni oddiy ishtirokchilikka va murakab ishtirokchilikka bo’lish tajribasi qabul qilingan. Faqat oddiy ishtirokchilikda guruh a’zolarining barchasi ular niyat qilgan jinoyatni bajarishda, ya’ni o’sha jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarning hyech bo’lmaganda bir qismini bajargan bo’ladi. Shunga ko’ra, jinoyatda birgalashib qatnashgan barcha ishtirokchilar (guruh a’zolari) o’zlari sodir yetgan jinoyatda ayblanib to’g’ridan-to’g’ri JK Maxsus qismining tegishli moddasi bilan javobgar qilinadi va jazolanadi.

Murakkab ishtirokchilikda yesa, vaziyat boshqacha bo’lib, bajaruvchi o’sha jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarni amalga oshirsa, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi o’sha jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarning hyech bo’lmaganda bir qismini bajarishda ham qatnashmaydi. Bular faqat jinoyatni sodir yetish uchun sharoit yaratib beradi holos. Shuning uchun ham tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi qatnashgan jinoyat ishtirokchilikning alohida shakli hisoblanadi. Shunga ko’ra, ishtirokchilikning bunday shaklini kvalifikasiya qilish, faqat bajaruvchilardan iborat bo’lgan ishtirokchilikni kvalifikasiya qilishdan farq qiladi. Bunday ishtirokchilikni kvalifikasiya qilishning o’ziga xos xususiyati shundaki, jinoyatni bajaruvchisi bevosita o’zi jinoyatning obektiv tomonini ifodalovchi harakatlarni bajarganligi uchun JK Maxsus qismining muayyan moddasi bilan, boshqa ishtirokchilari yesa (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar) JK 28-moddasi va Maxsus qismining muayyan moddasi bilan javobgar qilinadi.1 Agar jinoyat ishtirokchilari faqat ikki kishidan iborat bo’lib, ulardan biri bajaruvchi, ikkinchisi yordamchi yoki dalolatchi sifatida javobgarlikka tortilgan bo’lsa, JK Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan bir guruh shaxslarni tashkil qilmaydi. Chunki JK Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan «bir guruh shaxslar» tushunchasi kamida ikki kishining bajaruvchi sifatida qatnashganligini ko’zda tutadi. Jinoyatda ikki kishi ayblanib, biri bajaruvchi, ikkinchisi yordamchi yoki dalolatchi sifatida javobgar qilingan bo’lsa, bular ham bajaruvchi javobgar qilingan norma bilan javobgar qilinadi.

Jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikning prinsipial masalalaridan biri bu jinoyat bajaruvchisi javobgarligi va jazosidan boshqa ishtirokchilar javobgarligini mustaqilligi yoki bog’liqligi masalasidir.

Guruh tarkibida jinoyat sodir yetgan shaxslarga nisbatan jazo chorasi tayinlanishida ulardan har birining ijtimoiy xavfli qilmishdagi ishtiroki darajasi aniqlanishi, jinoyatning tashkilotchilari va ijro yetuvchilarning aybdorlik darajasidan yordamchilar va jinoyatning boshqa ishtirokchilarining aybdorlik darajasi farqlanishi lozim.2

Jinoyatlarni kvalifikasiya qilishda sudlar “har qaysi ishtirokchining jinoyatda ishtirok yetganlik darajasi va xususiyatini aniqlash, oldindan til biriktiruv bo’lgan-bo’lmaganligini va ular o’rtasida vazifalar o’zaro taqsimlangan-taqsimlanmaganligini sinchiklab tekshirish lozim.”3

Ushbu ishning oldingi boblarida ta’kidlab o’tilganidek, jinoyatda ishtirokchilik jinoiy faoliyatning alohida shakli sanaladi. chunki bunda ikki yoki undan ortiq shaxslarning sa’y-harakatlarinini (albatta, salbiy ma’noda) birlashtirish yuz beradi.

O’zbekiston Respublikasi Jineoyat Kodeksining maxsus qismi moddalari, ko’pchilik hollarda jinoyatni bir kishi tomonidan sodir yetilishi jarayonidagi belgilarni aks yettiradi. Qoida tariqasida, ishtirokchilik Jinoyat Kodeksi Maxsus qismi moddalarida aybni og’irlashtiruvchi holat sifatida qaraladi. Bunda yuqorida ta’kidlanganidek, agar maxsus qism moddalarida “bir guruh shaxslar” tushunchasi ishlatilgan bo’lsa, bu hambajaruvchilikni anglatadi. Bu masala faqatgina jazo tayinlash jarayonidagina ahamiyatga yega. Javobgarlik masalasi yesa biroz boshqacharoq. Bunda ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlik asosida biror-bir prinsipial farq ko’zga tashlanmaydi.

R.S. Rыjov to’g’ri ta’kidlaganidek, jinoyatni bajaruvchisi o’ziga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra jinoyatni oxiriga yetkaza olmadimi, yoki jinoyatdan ixtiyoriy qaytish yo’li bilan jinoyatni oxiriga yetkazmadimi, bundan qat’iy nazar, jinoyatning boshqa ishtirokchilari o’zlari sodir yetgan harakat uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari lozim. Har qanday holda ham ishtirokchilarning javobgarligi birgalikda yerishilgan natija bilan aniqlanadi.1

Ishtirokchilik xarakteri aybdorni birgalikda jinoyat sodir yetishdagi funksional rolini belgilab beradi, - deb yozadi M.X.Rustamboyev. Agarda ishtirokchi to’la yoki qisman jinoiy qilmishning obektiv tomonini bajaradigan bo’lsa, u bajaruvchi yoki hambajaruvchi deb tan olinadi va uning harakatlari Jinoyat kodeksining faqatgina maxsus qismi tegishli moddasi bilan malakalanadi. Agarda ishtirokchi bajaruvchi (hambajaruvchi)ga ko’maklashib tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi vazifalarini bajarsa, uning harakatlari bajaruvchi (hambajaruvchi) qilmishini qamrab oluvchi modda bilan, ammo Jinoyat kodeksining 28-moddasi tegishli qismiga havola qilgan holda malakalanadi.1 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining ko’rsatishicha, jabrlanuvchiga nisbatan zo’rlik ishlatib, uni hayotdan mahrum qilish jarayonida bevosita ishtirok yetgan ikki yoki undan ortiq shaxsning harakatlari JK 97 –moddasi ikkinchi qismining “p” bandi bilan kvalifikasiya qilinadi. Bunda o’limga sabab bo’lgan shikast ishtirokchilarning har biri tomonidan yetkazilgan bo’lishi shart yemas (masalan, ishtirokchilardan biri jabrlanuvchining qarshiligini bartaraf yetib, uni o’zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum yetgan, boshqasi yesa unga halok yetuvchi shikast yetkazgan).2 Chunki bunday holda hambajaruvchilik yuzaga keladi va ishtirokchilik murakkab ishtirokchilik sifatida yemas, hambajaruvchilik sifatida baholanishi zarur. Ishtirokchilar jinoyatni bajaruvchisi yemas, balki dalolatchi, yordamchi bo’lgan hollarda ularning harakatlarini malakalash masalasiga nisbatan Oliy Sud plenumi biroz boshqacha ko’rsatma beradi va bu amaliy nuqtai-nazardan to’g’ri: “Qasddan odam o’ldirishda bevosita ishtirok yetmagan hamda jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy zo’rlik ishlatmagan, biroq o’zgalar tomonidan qotillik sodir yetilishida ko’maklashgan boshqa shaxslarning harakatlari Jinoyat kodeksi 28, 97 –moddasining tegishli qismlari bo’yicha kvalifikasiya qilinadi.”3 Ishtirokchilikni tushunishni murakkabligi, jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyotida qarama-qarshiliklarni mavjudligi ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarni to’g’ri va aniq malakalashga imkoniyat bermayotganligi aytib o’tish lozim. Ko’pchilik hollarda “malakalash” termini o’rniga adabiyotlarda “javobgarlik” termini qo’llaniladi. Ammo biz yaxshi bilamizki, javobgarlik shaxsning qilmishlari, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan malakalanganidan keyingina yuzaga kelishi mumkin, shaxs harakatlari malakalanadigan modda mavjud bo’lganidagina jinoiy javobgarlik to’g’risida gapirish mumkin.

Shu sababdan ham u yoki bu jinoyatni sodir yetishda ayblash masalasi ko’rilayotganida malakalash to’g’risida, bu jinoyatning jinoiy-huquqiy oqibatlarini o’rnatish paytida yesa javobgarlik to’g’risida gapirish to’g’ri bo’lar yedi.1

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning tamoyillari ilmiy-nazariy adabiyotlarda yetarlicha tahlil yetilmagan bo’lsa-da, ammo jazo tayinlashning umumiy tamoyillari masalasi adabiyotlarda anchagina o’rganilgan.2 Jinoyat uchun jazo tayinlashning umumiy asoslari tushunchasiga ham adabiyotlarda juda ko’plab ta’riflar berilgan. R.R.Galiakbarov ularni ham umumiy tamoyil sifatida, ham jazoni adolatliligini ta’minlash va individualllashtirish uchun zarur bo’lgan yeng asosiykriteriylar sifatida qaraydi3. V.I, Zubkova fikricha, qonun “sud konkret ish bo’yicha jazo tayinlashda amal qilishi lozim bo’lgan talablar (kriteriylar) ni o’rnatadi.”4 L.L. Kruglikov jazoni tayinlash asoslariga quyidagilarni kiritadi:



  1. jinoyatni ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri;

  2. aybdor shaxsi;

  3. tayinlangan jazoning: a) mahkumning tuzalishiga, b) uning oilasi hayotiy sharoitlariga ta’siri.5

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalasini tahlil yetar yekan professor M.X.Rustamboyev quyidagilarni ta’kidlab o’tadi:

“... Jinoyat kodeksi 30-moddasi 1-qismiga ko’ra tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar bajaruvchi JK Maxsus qismining qaysi moddasiga ko’ra javobgarlikka tortiladigan bo’lsa, o’sha modda bilan javobgarlikka tortiladi. Bunda jinoyatni birgalikda sodir yetgan shaxslarning javobgarligi, uni sodir yetishda qatnashgan har bir ishtirokchining ishtiroki darajasi va xarakteri bilan belgilanadi. Jinoyatni sodir yetishda qatnashgan shaxsning ishtiroki xarakteri va darajasi aynan shu shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini ko’rsatadi.”1

Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalasini muhokama yetish jarayoni ishtirokchilikning xarakter iva darajasiga, bunda asosiy ye’tibor har bir ishtirokchining xarakteri va ishtiroki darajasi bilan birgalikda, ular tomonidan tashkil yetilgan guruhning uyushganlik darajasi va stabilligi masalasiga ham ye’tibor qaratilishi lozim. Chunki jamiyatni ishtirokchilikda sodir yetilishi aybni og’irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi. M.X.Rustamboyev ta’kidlab o’tganidek, ishtirokchildikda sodir yetilgan. Jinoyatlarning ijtimoiy xavfi yuqoriligini sabablaridan biri,bunda jinoiy-huquqiy muhofaza obektlariga ko’proq zarar yetkaziladi, jinoiy faoliyatni yashirish imkoni yuqori bo’ladi.2

Jinoyatni sodir yetish uchun uyushgan guruhning xarakteri va uyushganlik darajasiga jazo tayinlash jarayonida huquqiy baho berilishi, bu guruh ishtirokchilariga Jinoyat kodeksining Umumiy qismida belgilangan jinoyat qonunchiligi tamoyillari – qonuniylik, adolatparvarlik, gumanizm kabi tamoyillari talablariga to’la mos keladi.

Jinoiy harakatning nisbatan xavfi kam bo’lgan ko’rinishi JKning 29- moddasi 2-qismidv ko’rsatilgan. Unga ko’ra, ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir yetishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topilpdi. Oddiy ishtirokchilikning ishtirokchilikning boshqa shakllaridan farqi shundaki, ishtirokchilikni barcha shaklllarida oldindan til biriktirish, kelshuv mavjud bo’lgani holda, oddiy ishtirokchilikda olddindan til biriktirish, kelishuv mavjud bo’lmaydi.

Jinoyat oldindan til biriktirmay sodir yetilgan, deb topish oddiy ishtirokchilik – ishtirokchilar o’rtasida vazifalarning taqsimlangan bo’lishiga qaramay, har doim birgalikdagi bajaruvchilik (oddiy ishtirokchilik) yekanligiga asoslanishi lozim.3

Oddiy ishtirokchilik ishtirokchilikning boshqa turlariga nisbatan ancha yengil. Sababi, bunda ishtirokchilar jinoyat sodir yetishdan avval, uni sodir yetish usullari va jinoyat izini yo’qotish yo’llarini to’g’risida kelishib olmaydilar. Jinoiy oqibat ham oldindan til biriktirgandagiga nisbatan yengil bo’lishi mumkin. Sudlar tomonidan jazo tayinlashda aynan shu holatlar inobatga olinishi lozim. Qonun chiqaruvchi tomonidan ham bunga alohida ye’tibor qaratilishi lozim bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (k) bandida “bir guruh shaxslar tomonidan”, - deb ko’rsatilishi, odddiy ishtirokchilikni nazarda tutgan bo’lsa, shu modda 3-qismi (g) bandi murakkab ishtirokchilikni, ya’ni ishtirokchilikning nisbatan xavfli ko’rinishi bo’lgan “uyushgan guruh” yoki “uning manfaatlarini ko’zlab sodir yetilgan” jinoyatni nazarda tutadi. Qonunda belgilangan sanksiyalar ham shunga yarasha.

Agar jinoyat ikki va undan ortiq shaxs tomonidan oldindan til biriktirib, rollar taqsimlangan holda sodir yetilsa, bu murakkab ishtirokchilik sifatida qaraladi. Murakkab ishtirokchilik oddiy ishtirokchilikka nisbatan xavfli hisoblanadi, chunki murakkab ishtirokchilikda yuqorida bir necha bor ta’kidlanganidek, guruh oldindan qanday jinoyat sodir yetishi va jinoyat izini qanday yo’qotishi kelishib olinadi. To’g’ri, oldindan til biriktirish uyushgan guruh va jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir yetilgan holda ham yuz beradi.

Ammo, uyushgan guruh va jinoiy tarkibida jinoyat sodir yetilganida ishtirokchilar o’rtasida subektiv aloqalar ancha keng yo’lga qo’yilgan bo’ladi.

Murakkab ishtirokchilik oddiy ishtirokchilikdan vazifalarning ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanganligi bilan farqlanadi: biri jinoyatni tashkil qiladi., boshqasi obektiv tomonini bajaradi yoki jinoyat sodir qilishga dalolat qiladi yoxud jinoyat sodir yetilishiga yordam beradi.1


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish