Malakaviy bitiruv ishi


Uslubiyatdagi badiiy tasvir vositalarining nutq madaniyatida tutgan o’rni



Download 68,79 Kb.
bet4/8
Sana13.07.2022
Hajmi68,79 Kb.
#791026
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o\'xshatish

Uslubiyatdagi badiiy tasvir vositalarining nutq madaniyatida tutgan o’rni


Badiiy matnda ko’chimlar turli ko’rinishlarga ega bo’lib ularni ko’pchilik adabiyotlarda “troplar’ deb yuritiladi. “Ko’chimlar deyilganda adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishi”6 nazarda tutiladi.
So’z ma’nosining ko’chish jarayonlari turli ko’rinishlarda voqe bo’ladi, bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ancha batafsil o’rganilgan. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” qo’llanmasida ko’chimlar quyidagicha tasnif qilingan.

  1. So’z ma’nosining miqdoriy ko’chishiga asoslangan ko’chimlar:

a) giperbola b) meyozis.

  1. So’z ma’nosining sifatiy ko’chishga asoslangan ko’chimlar a) metafora b) metonimiya v) ironiya.

Boshqa tasvir vositalari mazkur ko’chimlarning ko’rinishi sifatida beriladi. “Simvol, jonlantirish, epitit, apastfora-metaforaning, perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet-metonimiyaning; antifraza, sarkazm-ironiyaning; litota-meyozisning ko’rinishlaridir.
Tasviriy vositalarning deyarli barchasida o’xshatish, chog’ishtirishdan iborat tushuncha yotadi.





6 Шомақсудов А.,Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. –Тошкент: 1974, 236-
бет.
Maxsus ifoda tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo’linadi. Maxsus ifoda-tasviriy vositalari tilda obrazlilik, hissiylik keltirib chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari bayonda qisqalikka, aniqlikka erishiladi. Buning uchun esa ma’lum shart-sharoitlar kerak bo’ladi: birinchidan, notiq ifoda tasviriy vositalarning tabiatini, xususiyatini yaxshi tushungan bo’lishi kerak; ikkinchidan , ifoda tasvir vositalariga, nutqni bo’yash, haddan tashqari ko’p o’rinli-o’rinsiz murojaat qilmasligi kerak. Ularning ishlatish o’rni, payti vazifasini yaxshi tushunish kerak. Aks holda nutq madaniyati buziladi, tinglovchi yoki o’quvchida o’sha nutqga u orqali muallifga nisbatan salbiy munosabat uyg’onishi mumkin.
Ifodalilik ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash niyatida, biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish, o’xshatish yoki so’zlarni shu maqsadda ko’chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi.7
Metafora, o’xshatish, sifatlash, metonimiya, sinekdoxa, mubolag’a, allegoriya, jonlantirish, prafraza kabi usullar ko’chimlarning turlaridir.8
Metafora – narsa-buyum, voqea – hodisalar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslangan ma’no ko’chishiga metafora deyiladi.9 Mumtoz adabiyotshunoslikda metafora “isteora” deb yuritiladi. Metaforaning ikki turini farqlash lozim. Lingvistik metafora, xususiy muallif metaforalari mavjuddir.
Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog’liq hodisa. Bunday metaforalar asosan nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda ekspressivlik, binobarin ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi. Faqatgina ma’lum bir so’zning ma’no doirasi kengayadi. Masalan: odamning oyog’i – stolning oyog’i.





7 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари.- Тошкент: Фан, 1992, 97-
бет.
8 Шомақсудов А. ва бошқалар. Ўзбек тили стилистикаси.- Тошкент: Фан, 1983.
9 Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. -Тошкент: Фан; 1977.
Xususiy – muallif metaforalari yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv munosabatini ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi.
Metafora va o’xshatish konstruksiyasining o’zoro farqi haqida tilshunoslar o’zlarining fikrlarini aytib o’tishgan.

  1. O’xshatishda so’zlar o’z ma’nosi bilan ishtirok etadi. Metaforada so’zlar ko’chma ma’noda bo’ladi.

  2. O’xshatishda ikki komponent o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi obraz qiyoslanadi. Metafora esa bir komponentli bo’ladi.

  3. O’xshatishda maxsus ko’rsatkichlar bo’ladi; -dek, - day, - simon, kabi, singari va boshqalar. Metaforalarda bunday ko’rsatkichlar bo’lmaydi.

Tilshunoslikda mazmuniy jihatdan metaforalarning uch turi ya’ni odatiy metaforalar, jonlantirish va uslubiy metaforalar farqlanadi.
Jonlantirish – badiiy nutqda obrazlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan biridir. Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan xislatlarini jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot, parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali paydo bo’ladigan tasvir usulidir.
Tashxis – shaxslantirish. Jonsiz narsalarning insonlarday qilib tasvirlash. Jonsiz narsalarga insonlarga murojaat qilgandek munosabatda bo’lish ham jonlantirishning bir ko’rinishi hisoblanadi. Bu hodisa apastrofa deb yuritiladi. Masalan, “Bebosh yaproqlarning shivir – shiviri, mungli yomg’irkuyi, mayin- harir maysalar, injiq shamol, siz soddagina daraxtlarim va men egilishni eplolmagan asov g’alayon – hammamiz yolg’iz sog’inch bilan bog’langanmiz.
Intoq – nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish demakdir. Insonlarga xos ba’zi qusurlar, kamchiliklar, narsa-buyumlar misolida obrazli qilib ko’rsatib beriladi. Yevropa adabiyotshunoslik ilmida allegoriya deb atalgan bu ko’chim ham “gapirtirish” usuliga asoslanadi. Intoq jonlantirishda, narsa va buyumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi.
Uslubiy metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa- tushuncha boshqa sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa tushunchaga o’xshatiladi.
Masalan: shirin tabassum, shirin gap ,yengil tabassum, yengil nigoh.
Metonimiya – voqea – hodisa, narsa buyumlar o’rtasidagi o’zaro yaqinlik va bog’liqlik asosida ma’no ko’chishiga aytiladi. Masalan: Saroy tinch uyquda tun yarim. Bu misolda saroy so’zi orqali. “Saroydagi odamlar” ma’nosi ifodalangan.
Sinekdoxa – butun bo’lak munosabatiga asoslanuvchi ma’no ko’chishiga aytiladi. Adabiyotlarda “ko’plik o’rnida birlik yoxud birlik o’rnida ko’plik shakllarini qo’llash yo’li bilan ham sinekdoxalar yaratilishi mumkin. Masalan, qo’limni kesib oldim, daraxtlar sarg’aydi birikmalarida butunning nomi bilan bo’lak; tirnoqqa zor, jamoaning qo’li baland keldi kabi birikmalarda qismning nomi butun bilan ifodalanayapti.
Kinoya deb, til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko’chimga aytiladi. Yevropa adabiyotshunosligida bu hodisa “ironiya” atamasi ostida umumlashtiriladi. Uning antifraza (mas’hara, u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgu, kalaka yo’li bilan inkor qilish) hamda sarkazm (zaharxanda ta’na, istehzoli piching, sha’ma) deb ataluvchi ko’rinishlari farqlanadi. Mohir so’z ustasi Abdulla Qahhor asarlarida kinoyaning nodir namunalarini uchratish mumkin.
Parafraza deb ataluvchi tasviriy ifodalar ham badiiy nutqning emotsional
– ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri. Parafraza deb narsa va hodisani o’z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi- xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalashga aytiladi. Masalan: yoshlik sevgi fasli…
Mubolag’a va kichraytirish- narsa, voqea va hodisalarni, his tuyg’ularni o’ta bo’rttirib tasvirlash mubolog’a (giperbola) deyiladi. Mubolag’aga asoslangan ko’chim, badiiy matnga, nutq predmetiga nisbatan tinglovchi
e’tiborini tortish va nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlash maqsadi bilan kiritiladi. Hayot haqiqatga mos kelmaydi.
Kichraytirish (litota) – mubolag’aning aksi tushuniladi. Lekin mohiyati, e’tibori bilan ular qarama-qarshi hodisalar emas, har ikkisi ham voqelikni haddan tashqari kuchaytirib tasvirlashga xizmat qiladi. Litota biror bir voqelikni kichraytirish vositasida beriladi.10
Masalan: Tilimni qichitma, jo’jaxo’roz! Bunda qarshisidagi insonni “jojaxo’roz” deb kichraytirish orqali uning kuchli ekanligi ta’kidlanayapti. Badiiy tasvir vositalarining barchasi nutqni ta’sirchan qilishga, obrazli ifodalashga xizmat qiladi.
O’zbek tilining ichki tuzilish xususiyatini o’rganish bilan birga 50- yillardan boshlab uning uslubiyatini o’rganishga ham e’tibor qaratila boshlandi.
Bunday harakatning boshlanishida ham A.G’ulom va SH.Shoabdurahmonovlar turadi. A.G’ulom 1941-yilda nashr etgan “O’zbek tilida kelishiklar” asarida xalq dostonlarida kelishiklarning ishlatilishidagi o’ziga xos xususiyatlarga keng to’xtalgan bo’lsa, Sh.Shoabdurahmonovning “Ravshan dostonining tili va uslubi” (1949) mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasi ayni shu muammoga bag’ishlangan dastlabki monografiya sanaladi. Shundan buyon o’zbek tilining turli funksional uslublarining monografik tadqiqiga bag’ishlangan o’nlab asarlar maydonga keldi. Ular ichida I.Qo’chqortoyevning “Badiiy nutq stilistikasi” (1975), A.Shomaqsudov,

  1. Rasulov, R.Qo’ng’urov, H.Rustamovlarning “Ozbek tili stilistikasi”, R.Qo’ng’urovning “O’zbek tili stilistikasidan ocherklar” (1982), A. Shomaqsudovning “O’zbek adabiy tili stillari haqida” (1970), “O’zbek tili stilistikasi” (1974), B. O’rinboyevning “O’zbek tili so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari” (1974), “So’zlashuv nutqi” (1982), A. Mamajonovning qo’shma




10 Қўнғурoв Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. - Тошкент: Фан. 1977.
gap stilistikasiga bag’ishlangan bir qancha asarlari, M. Rahmonovning “Turkiston viloyati gazetasi tili sintaktik xususiyati”(1971), Turdialiyevning gazeta tili morfologik xususiyatlariga” (1969), B. Yo’ldoshev, S. Karimovning badiiy uslub,B.Umrqulovning publisistik uslubga, Yo. Tojiyevning affikslar uslubiyatiga bag’ishlangan tadqiqotlari o’zbek tili stilistikasining takomillashuviga olib keldi. Toshaliyevning “O’zbek tili uslubiyati” (T, “Universitet”, 1996), “Adabiy tahrirlar mantiqiy asoslari” (T, Universitet”, 1999). E. Qilichevning “O’zbek tilining amaliy stilistikasi” (T, “O’qituvchi”, 1992), A. Shoabdurahmonov, I.Rasulov, R. Qo’ng’urov, H. Rustamovlarning “O’zbek tili stilistikasi” (1984)o’quv qo’llanmasining nashr etilishi oliy o’quv yurtlari filologiya fakultetlarida uslubiyat fanining o’qitilishini yaxshilashga imkoniyat yaratdi.
O’zbek badiiy nutqida qofiyaning o’rni, uning lingvistik tadqiq yuzasidan I.Mirzayevning xizmati katta bo’ldi. O’zbek tili uslubiyati bag’rida nutq madaniyati shakllana boshladi.
O’zbek nutq madaniyatining shakllanishida prof.E.Begmatovning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Uning rahbarligida yozilgan “O’zbek nutq madaniyati ocherklari”(1988) kitobida nutq madaniyati kursining o’rganish obyekti, mundarijasi, maqsad va vazifalari nazariy jihatdan asoslab berildi.11
O’zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika- uslubshunoslik til birligining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qo’llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini aniqlash bilan shug’ullanadi. “Stilistika tilda mavjud bo’lgan barcha vositalar, leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma’lum bir tipdagi shakl, so’z va konstruksiyalardan qaysi birini qo’llash



11 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. -Тошкент: Ўзбекистон , 2002, 214 –бет.
muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi. Me’yor qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo’llanadigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko’ra stilistika so’z sa’nati ifoda vositalar haqidagi bir fandir”. Tildagi ana shunday muammolar bilan shug’ullanadigan uslubshunoslikning quyidagi yo’nalishlari mavjud:

    1. Tilning leksik resurslarini o’rganuvchi yo’nalish.

    2. Funksional stilistika-vazifaviy uslubshunoslik.

    3. Badiiy adabiyot uslublari.

    4. Amaliy uslubshunoslik.

Mavzu nuqtai nazaridan bu o’rinda bizni vazifaviy uslubshunoslik qiziqtiradi. Kishilar o’z ijtimoiy faoliyatlarida, avvalo ularni o’z ihtiyojlaridan kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va qo’llaydilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko’rinishlarga ega bo’lishi sinonimik rang-baranglik shunday yo’l tutishga imkon beradi. Mana shu qatlam nutq jarayonida til birliklarining o’ziga xos uslubiy chegaralanishni taqazo qiladi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani- vazifaviy uslubshunoslikni vujudga keltirdi.
O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish amalda til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning Baskakov N.A., Sulaymonov A., Shomaqsudov A., Abdurahmonov G’., O’rinboyev B, Muhamedov S. tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo’lib, ularda asosan beshta uslub-so’zlashuv, ommobop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar etirof etiladi.
Ular haqida bilimga ega bo’lish talabalarga ona tilimizning nutq jarayonlaridagi imkoniyatlarini o’rganishga ko’maklashadi.
O’zining boy tarixi va lug’at boyligiga ega bo’lgan o’zbek tili, o’z navbatida nutqiy jarayonda qo’llanishning ham bitmas-tuganmas imkoniyatlarga ega. O’zbek tilining hozirgi taraqqiyot bosqichi uning barcha
yaruslarida stilistik va tasviriylik imkoniyatlarining kengligidan dalolat beradi. Ta’lim jarayonida uning ana shu stilistik resurslar bilan tanishtirib borish, ulardan nutqiy jarayonda foydalanish singari o’rgatish fanni o’qitish oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Uslubiy resurslar o’zbek tilining barcha qatlamlarida bir xil emas. Tasviriylik oz yoki ko’p bo’lishidan qat’iy nazar, ularning barchasi muhim bir vazifaga-nutqning to’g’ri, aniq, mantiqiy ta’sirchan xullas, mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shu yo’l orqali funksional jihatdan farq qiladigan har bir nutq uslubi o’zaro bog’liqlikda aniq ifoda bilan hamda tarixiy shakllangan va an’anaviy muomala muhiti bilan doimo aloqada bo’lgan tilning barcha sathlarida so’zlashishning alohida aktlari shaklida amalga oshiriladigan vositalar bilan yaratiladi. Nutq ta’sirchan, aniq, maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi uchun undan foydalanuvchi tilning stilistik resurslari va me’yorlarini yaxshi bilishi lozim”12.
Tilshunosligimizning madaniy tarixi ulug’ mutafakkirimiz Alisher Navoiyga borib taqaladi. Ul zot tilshunoslik munosabatlarini belgilashda til va nutq munosabatini ochish, til va nutq birliklarini ma’lum darajada farqlash imkoniyatini berdi.
Hozirgi tilshunoslikda til va nutq bir-biridan izchil ravishda farqlanadi. Til va nutq munosabatini ochish lingvistik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Shu kunga qadar bu ikki hodisani bir-biridan farqlash dastlab mashhur nemis olimi Vilgelm Gumboldtdan boshlangan va u Shveysariyalik olim Ferdinand De Sossyur lingvistik ta’limotining asosini tashkil qiladi, deb hisoblab kelindi.
Lekin Alisher Navoiy asarlariga e’tibor berilsa, bu olim Vilgelm Gumboldt va F. De Sossyurlardan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir- biridan farqlaganini guvohi bo’lamiz, Alisher Navoiy imkoniyat tarzdagi so’z



12 Каримов С.А. Ўзбек тили услубшунослигининг ҳозирги босқичидаги муaммолари. // Маьрузалар матни. –
Самарқанд, 2004, 68- бет.
(til birligi) sohibi ixtisos (so’zlovchi) tomonidan turli xil jilvalantirilishi (nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkinligini bayon qilgan. “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida ta’kidlashicha, so’z go’yo durdir. Durning joylashish o’rni dengiz tubi bo’lsa, so’zning joylashish o’rni ko’ngildir(xotiradir).
“Dur g’ovvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, jilvalantirilsa va g’avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga qarab belgilansa, so’z sohibi ixtisos tomonidan ko’ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so’z qo’llash mahoratiga qarab belgilanadi. Dengiz qarida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan durlar g’avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko’ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi so’zlar ham so’zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o’z jilvasini topadi.13
Badiiy asar matnini tahlil qilishning tilshunoslik fani manfaatdor bo’ladigan boshqa bir jihati bor va uni ikki yo’nalishga ajratib o’rganishga to’g’ri keladi. Birinchidan, badiiy asar matnidan tilni sinxronik va diaxronik yo’nalishda o’rganishda, tilshunoslikning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishda uning ma’lum darajadagi yoki hozirgi paytdagi ahvolini, taraqqiyot qonunlarini o’rganishda, turli kategoriyalarni ilmiy tahlil qilishda material sifatida foydalaniladi ikkinchidan, badiiy asar materialidan tilda yuz berayotgan sifat o’zgarishlari, ya’ni ma’no taraqqiyotini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Bunda tadqiqotchining o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqib, tildagi barcha birliklar qamrab olindi va ular alohida bir prizmadan- stilistik prizmadan o’tkaziladi. M.H.Kojina tabiri bilan aytganda bu tekshirish til birliklari ichiga vertikal kirib boradi. Bu tadqiqotlarda til vositalarining o’z birlamchi ma’nolari emas, balki matniy, nutqdagi qo’shimcha ma’nolari ularning bajargan vazifalari va bu bajargan vazifalarga qarab uslubiy chegaralanishlari o’rganiladi. Milliy til boyligini, uning bugungi ahvolini



13 Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. -Тошкент: Ўзбекистон, 2004, 80- бет.
belgilashda katta rol o’ynaydigan bu yo’nalishni lingvistik stilistika deb ataydilar.14
Globallashuv jarayoni va til munosabatlari, davlat tilining mavqei, uning e’tiborini oshirishga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarning xususiyatlari, yoshlar til ma’naviyati va nutq madaniyatiga “ommaviy madaniyat” ning ta’sirini o’rganish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Yoshlarni “Ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash milliy madaniyatimizning sofligi, qadriyatlar, an’analar, urf-odatlarimizning davomiyligi, umrboqiyligi uchun kurash hamdir.
Globallashuv jarayonida milliy tillarning istiqboli, jamiyatdagi mavqei, obro’-e’tibori to’g’risida tashvishli fikr-mulohazalar bildirilayotganligi bejiz emas. Chunki til ijtimoiy hodisa sifatida insonlarning turli sohalardagi faoliyatida muhim o’rin tutadi. Globallashuv, “ommaviy madaniyat” ijtimoiy hodisa bo’lgan til, xususan, davlat tilining mavqeiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalari, internetning roli nihoyatda oshib boraveradi. Chunki globallashuv axborot maydonining kengayishi va undan cheksiz foydalanish imkoniyatlarini beradi. Radio telivideniya boshlovchilari, jurnalistlar nutqining o’zbek adabiiy tili me’yorlariga mos bo’lishi yoshlarning savodxonligi, nutq madaniyatiga ijobiy ta’sir qiladi.15





14 Каримов С.А. Ўзбек тили функционал стилистикаси. –Самарқанд: СамДУ, 2010, 96-98- бетлар.
15 Абдусаидов А.,Абдусаидов А.Тил маънавияти ва нутқ маданиятига «оммавий маданият»нинг таъсири
«Стилистика ва прaгматика». Проф. С.Каримов таваллудининг 60 йиллигига бағишланган илмий-назарий конференция материаллари. -Самарқанд , 2010.

    1. Download 68,79 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish