1.3.Malakaviy amaliyotni ta`lim yo`nalishining umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan bog’liqligi
Malakaviy amaliyotni tashkil etilishi, o`tkazilishi hamda amaliyot natijalarini o`zlashtirilishida talaba "Axborot jarayonlari va tizimlari nazariyasi", "Amaliy mexanika", “Elektrotexnika va elektronika”, “Metrologiya, standartlash va unifikatsiyalash”, "Texnologik jarayonlar va qurilmalar", “Boshqarish tizimlarining elementlari va qurilmalari”, " Boshqarish nazariyasi",”Sohaning texnjljgik o`lchashlari va asboblari” kabi umumkasbiy fanlaridan etarli bilimga ega bo`lishi kerak. Malakaviy amaliyot davrida ta`lim yo`nalishining ixtisoslik fanlari - "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish", "Axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalash va o`rnatish", “Abtomatlashtirish tizimlarini loyihalash, o’rnatish va sozlash”, “Avtomatlashtirishning texnik vositalari”, “Avtomatlashtirish sistemalarining ishonchliligi”, “Avtomatlashtirishning mikroprotsesorli vositalari”, “Mexatronika asoslari” fanlarini o`rganish uchun asos yaratiladi.
1.4.Malakaviy amaliyot bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma
va maxoratlariga talablar
Malakaviy amaliyotni o`zlashtirgan talaba:
-namunaviy texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot- kommunikatsiya tizimlariga asoslangan kompleks loyihalarni ishlab chiqish, va ularni tadbiq qilish;
- ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini hamda intelektual tizimlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish;
- kasbiy etika kodeksiga rioya qilish;
- texnologik jarayonlarda axborot-kommunikatsiya tizimlarini va tarmoqlarini loyixalash, ishlab chiqish, va ularni tadbiq qilish;
- fikrlar har xil bo`lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
- loyihalash ob’yektlarining sifatini ta’minlashda ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni baholash;
- kirish axboroti sifatini nazorat qilishni tashkil etish;
- texnologik jarayonlarni boshqarishda dasturiy ta’minot yaratish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish, dasturiy instrumental vositalar va resurslarni rejalashtirish;
- muhandislik va konstruktorlik yechimlarini amaliyotga tadbiq qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarish;
- zamonaviy texnologik jarayonlarda axborot tizimining tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va texnik asoslarini yaratish, ularni joriy etish monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
- atrof-muhitni mohofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish kerak;
- ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muxofazasi, yong`in, texnik va mehnat xavfsizligini monitoring qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |