Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish talablari



Download 13,99 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi13,99 Kb.
#407465
Bog'liq
Malakaviy


  Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish talablari 
Amaliyotlar  bakalavriat  asosiy  ta’lim  dasturining  majburiy  bo‘lagi  hisoblanadi.  Amaliyotlar  o‘quv  yoki  o‘quv-
ishlab  chiqarish  mashg‘ulotlari  ko‘rinishida  bo‘lib,  talabalarning  kasbiy-amaliy  tayyorgarlanganligiga  bevosita 
yo‘nalgan bo‘ladi. Bakalavrlarni tayyorlashning ta’lim dasturi o‘qiyotganlar to‘rtta amaliyotni – folklor, dialektologik, 
malakaviy va pedagogik amaliyotlarini o‘tishni o‘z ichiga oladi. 
O‘qishning  birinchi  yilida  folklor  amaliyoti  o‘tkaziladi,  maqsad  –  og‘zaki  ijod  namunalarini  to‘plash,  ularni 
tahrir  qilish,  nashrga  tayyorlash  va  o‘quv  jarayoniga  tatbiq  etish  bo‘yicha  zaruriy  talablar  bilan  tanishtiriladi.  Bu 
vazifalarni amalga oshirgan talabalar amaliyot natijasi va hisoboti baholash mezonlari asosida baholanadi. 
Dialektologik  amaliyotda  o‘rganiladigan  hudud  shevasi  vakillari  bilan  mo‘ljallangan  ilmiy  va  amaliy 
mazmundagi  reja  asosida    guruh  talabalarining    muloqatlari  uyushtiriladi.  Muloqotlarni  yozib  olinadi  va  ular 
dialoktologik  materiallar  sifatida  transkripsiya  qilinadi.  Yozib  olingan  sheva  matnlari  guruhlanib,  alohida  daftarlarga 
yoziladi va amaliyot rahbarlariga topshiriladi. Amaliyot oxirida talablarbaholanadi.
 
Malakaviy amaliyot o‘tkazishdan maqsad- talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasb ko‘nikmalarini 
hosil qilish  va takomillashtirish,  mutaxassislik  mahoratini  oshirish, ularni  mehnat  va ijtimoiy  faoliyatga jalb qilishdan 
iborat. 
Amaliyot  nashriyotlar  va  ommaviy  axborot  vositalari  tahririyatlarida  o‘tkaziladi.  Talabalarda  kasbiy-amaliy 
malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga diqqat qaratiladi. 
Pedagogik  amaliyotda  talabalar  ta’lim  tizimi  bilan  tanishadi.  Dars  kuzatish  va  tahlil  qilish  yo‘llarini  o‘rganadi. 
O‘quvchi va talabalarning jismoniy, ruhiy hamda aqliy taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni to‘playdi, tizimga soladi, tahlil 
qiladi. Belgilangan sinf va kurslarda tegishli fanlardan dars o‘tadi va uning tahlilida ishtirok etadi. Yakuniy anjumanni 
tayyorlash va o‘tkazishda qatnashadi. 
Talabaning  ilmiy-tadqiqot  ishi  amaliyotning  bir  bo‘lagini  tashkil  qilishi  mumkin.  Ilmiy-tadqiqot  ishi 
bitiruvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va mustahkamlashga ko‘maklashadi. U bitiruvchini 8 semestrda 
kafedraning  ilmiy  ishida  albatta  ishtirok  etishini,  kurs  ishlarini  kasbiy  (maxsus)  siklning  bazaviy  fanlari  mavzusi 
bo‘yicha bajarilishi va himoya qilinishini, talabalarning talabalar ilmiy jamiyati yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ishda ishtirok 
etishini va bitiruv malakaviy ishni kafedraning ilmiy mavzusi bo‘yicha bajarilishini nazarda tutadi. 
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishining tashkil qilinishi quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak: 

 
130 


- kurs ishlarining har yili yangilanadigan mavzulari haqida o‘qiyotganlarni o‘z vaqtida xabardor qilish; 
- chiqaruvchi fakultet (kafedra)ning ilmiy mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi uchun 
laboratoriyalarda o‘qiyotganlarni ish joyi bilan ta’minlash; 
- oliy ta’lim muassasasining axborot resurs markazida mustaqil ilmiy-tadqiqot ishni olib borish imkoniyatini 
taqdim etish; 
- talabalar ilmiy jamiyatining konferensiyalarini tashkil qilish; 
- talabalar ilmiy konferensiyasi g‘oliblariga mamlakatning boshqa oliy o‘quv yurtlariga ma’ruzalar bilan chiqish 
imkoniyatlarini taqdim etish.

+33
Download 13,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish