1-§. Neft burgquduqlarini burgulash
1. Burgquduqlarni burgulashdagi ishlarning xavfsiz bajarilishini maxsus burgulash brigadalari amalga oshirishi kerak.
2. Mahsuldor qatlamni ochishdan oldin (kamida 50 m qolganda) korxonadagi maxsus komissiya neft favvoralarining roy berishini va bartaraf etishning oldini oluvchi harbiylashgan otryad xodimlari ishtirokida burgquduq holatini organib chiqishi hamda uning tayyorligi haqida dalolatnoma tuzishlari lozim.
3. Ochiq favvoraga sabab boladigan xatolik (kamchilik)lar aniqlanganda ular bartaraf etilmaguncha ish bajarishni toxtatib turish zarur.
4. Eritma (gil) qorgichda eritma tayyorlashda kopik hosil bolishiga yol qoymaslik kerak.
5. Burgulash jarayonida burgquduqdan chiqayotgan eritmaning harorati va boshqa parametrlarni muntazam ravishda olchab turish lozim.
6. Burgulash olib borilayotgan hudud doimiy ravishda uglevodorodli eritma mahsulotlaridan tozalanib turilishi kerak.
7. Gazsimon agentlarni qollab burgulaganda, burgquduq ogzini germetiklovchi zichlagich qurilma elementlari ishga yaroqli bolishi hamda suyuqlik, shlam, chang va gazni ish maydonchasiga tushishiga yol qoymaslik lozim.
8. Burgquduq ogziga ulangan tashlama quvurotkazgich shamol esayotgan tomonga teskari qaratilgan bolishi zarur.
9. Mazkur quvurotkazgichning uzunligi kamida 100 m bolishi kerak.
10. Qatlamdagi gaz burgulash quvurlariga kirib qolishining oldini olish uchun burgulash quvurlari kolonnasiga teskari klapan ornatish zarur.
11. Ushbu klapanning holatini har safar burgulash quvurlarini burgquduqqa tushirishdan oldin tekshirish kerak.
12. Teskari klapan nosozligi tufayli qatlam gazi burgulash quvurlari orqali ishchi maydonga tushganda (quvurlarni tushirish yoki kotarish paytida) hodisa holatiga kora, eritmani burgulash quvurlariga qayta haydash kerak.
13. Gazsimon agentlarni qollab ishlaganda preventorlarning germetikligi va ishonchliligini, har safar quvurlarni tushirish yoki kotarish davomida (har smenada kamida bir marta) tekshirib, natijalarini vaxta jurnaliga qayd qilib borish lozim.
14. Burgulashni boshlashdan oldin, burgquduq ogzini germetiklovchi qurilmani gazsimon agentni burgquduqqa salt holatda puflash yoli bilan mustahkamligini tekshirish zarur. Bunda nosozliklar aniqlanganda mazkur zichlagich elementni almashtirish kerak.
15. Gazsimon agentlarni qollab burgulaganda, gaz namoyon bolishi holatlarida ish maydonida va gaz paydo bolgan joylardagi havoni gaz tahlillagich yordamida tekshirib turish zarur. Burgquduqdan chiqayotgan eritma tarkibida gaz borligini ham uzluksiz ravishda tahlil qilib borish kerak.
16. Ornatilgan gaztahlillagich apparat burgulovchiga yaxshi korinib turishi lozim.
17. Ish maydonchasida tabiiy gaz miqdori alangalanish chegarasining 20 foizini tashkil etuvchi darajada bolganda burgulash ishlarini toxtatib, gaz sizib chiqishi bartaraf etilishi zarur.
18. Gaz sizib chiqqanda uning ovozi (pishillashi) va hidi, sovun kopigi hamda kochma gaztahlillagichlar yordamida aniqlanishi zarur. Mazkur joylarni ochiq olov (mashala) yordamida aniqlash taqiqlanadi.
19. Ish joyidagi havo tarkibini nazorat qilish uchun burgulash joyiga turgun (statsionar) yoki kochma gaztahlillagichlar ornatilishi kerak.
20. Ish joyidagi havo tarkibidagi gazni muntazam nazorat qilish zarur. Bunda uning davriyligi mahsuldor qatlamni ochish yoki burgulashda har smenada kamida bir marta, burgquduqda gaz namoyon bolganda esa, har ikki soatda kamida bir marta nazorat qilinishi lozim.
21. Burgulash eritmalari sirkulatsiyasining har bir siklidan song tozalash qurilmalarini tekshirish, ularni suv yordamida shlam va boshqa chiqindilardan tozalash zarur.
22. Burgquduq ogzida yoki boshqa toplanishi mumkin bolgan joylarda alangalanish konsentratsiyasining quyi chegarasidan 20 foiz yuqori miqdorda gaz yigilib qolgan bolsa, burgulash ishlarini bajarish taqiqlanishi lozim.
23. Burgulash qurilmasi hududida yongin sodir bolganda uni suv taminoti tizimiga ulangan quvurlar yordamida ochirilishi zarur. Bunda suv taminoti tizimiga ulangan sisternaning sigimi kamida 2 m3 bolishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |