Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa. : kitobdan 3-4 betlerni mavzuni o’qib kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ____________
Sana: _______________ Sinf : ____________________________
Mavzu: Xaritalardan foydalanish Nazorat ishi (NI) -I
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Xaritalardan foydalanish haqida ma’limotlar berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob
Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsning bayoni.
Hozirgi paytda xaritalar, atlaslar va globuslar xalq xo‘jaligining turli sohalarida, tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. Ular orqali turli xil jahon, davlat va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar yechiladi. Hozirgi vaqtda ulardan joylarning aniq o‘rnini belgilashda, ilmiy-tekshirish ishlarida, xalq xo‘jaligida (dasturlar tuzish, loyihalashtirishda, qurilishda, yerlarni o‘zlashtirishda, foydali qazilma konlarini qidirishda, ob-havoni bashorat qilishda va h.k.), harbiy ishlarda, o‘quv ishlarida, targ‘ibot va madaniy ishalrda foydalaniladi. Ilmiy - tadqiqot ishlarida xaritalardan foydalanish. Hozirgi paytda xaritashunoslikda xaritalarni geografik voqelikni tahlil qilish, bilish va bashorat qilishda qo‘llashning yangi usuli ishlab chiqilgan. Bunday usul xaritaviy tadqiqot usuli deb ataladi. Bu usul yordamida geografik voqea va hodisalarning joylanishi, o‘zaro aloqalari va rivojlanish qonuniyatlari xaritalarni tahlil qilish orqali ochib beriladi. Masalan, xaritalarda relyefning tasvirini va joylanishini tahlil qilish asosida eng yangi tektonik harakatlarni aniqlash, xaritalar yordamida Yerning, materiklarning, alohida o‘lkalarning va joylarning geologik tuzilishi qonuniyatlarini ochib berish, iqlim hamda sinoptik xaritalar orqali atmosfera hodisalarini o‘rganish va ularni bashorat qilish mumkin.Xaritalar bilan o‘quv maqsadlarida geografik bayon yozish va kesmalar tuzish, maydon, uzunlik va burchaklarni aniqlash, joyning kengligi va uzunligini topish kabi amaliy ishlarni bajarsa bo‘ladi. Xaritalar yordamida geografik kesmalar tuzish. Geografik kesmalar umumiy va maxsus turlarga bolinadi. Maxsus kesmalar tabiiy sharoitning alohida qismlarini tasvirlaydi. Masalan, relyef, tuproq, o‘simlik, yogin-sochin kesmalari. Umumiy kesmalar esa tabiat majmuyini tasvirlaydi. Bunday kesmalar tabiiy sharoit komponentlarining bir - biri bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga imkon beradi.Xaritalar yordamida masofalar, maydonlar, burchaklar ham olchanadi.Xaritalarda masofalar ikki xil usulda aniqlanadi: masshtab yordamida metr yoki kiometrda va darajalarda. Xaritada masofa masshtab yordamida quyidagi tartibda aniqlanadi:Xarita masshtabidan xaritadagi 1 sm masofa joyda necha km ga teng ekani topiladi. 1.Berilgan ikki nuqta orasi xaritada necha sm ekani aniqlanadi. 2.Bu ikki son (km va sm) ko‘paytirilsa, berilgan nuqtalar oraligi necha km ga teng ekani, ya’ni haqiqiy masofa chiqadi. Masalan, xaritaning masshtabi 1:1000,000, ya’ni 1 sm 10 km ga teng. Xaritada ikki nuqta oraligi 4,5 sm ga teng . Binobarin, 4,5x 10=45 km yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |