Malakaviy amaliyot hisoboti



Download 44,97 Kb.
bet2/8
Sana31.12.2021
Hajmi44,97 Kb.
#269693
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ELYOR

A)Umumiy bo`lim

Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda. Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi.O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi.Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan.Xalq banki Oʻzbekiston moliya bozorida oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2019-yilda koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʻtarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. Yaʼni bank oʻz-oʻzini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etyapti.Bu kabi oʻzgarishlar samarasi Xalq banki ustav kapitali oʻsishida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali qoʻshimcha 227,9 mln. AQSH dollariga ortdi. Yaʼni bugungi kunda bu koʻrsatkich s. Oʻtgan yilning shu davrida bu raqam 1 540,3 mlrd. soʻmni tashkil qilgandi.Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Xalq bankining nominal qiymati 1 000,0 soʻm boʻlgan 2 164 172 ming dona oddiy aksiyalari sotib olindi va buning natijasida jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushi 38,8 foizdan 70,1 foizga koʻtarildi.Bankning qolgan aksiyalariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi hamda uning ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Farhod Salamov Xalq banki Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlanganiga hali koʻp boʻlmadi. Shu paytga qadar F. Salamov bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi. 2018-yilgacha esa AQSHning eng yirik banklaridan biri — “U.S. Bancorp” korporatsiyasi bosh ofisining ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi.Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini olib borish bankning hisob-operatsion bo‘limiga yuklatilgan. Hisob-operatsion bo‘limi bank faoliyatining ko‘lami va yo‘nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko‘rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo‘ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilarni mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo‘lib berilib, ular o‘z mijozlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob, kassa, valuta va kredit va boshqa operatsiyalari bo‘yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko‘rsatadilar. Bu guruhlar hisob guruhi deyiladi. Bundan tashqari, hisob-operatsion bo‘limda banklararo hisob-kitoblar bo‘limi, davlat budjetini kassaviy ijrosi bo‘limi, bank ichki operatsiyalarini tashkil etish bo‘limi ham mavjud bo‘ladi. Bu bo‘limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo‘limda bajariladigan operatsiyalar ko‘lami bilan belgilanadi. Banklararo hisob-kitoblar bo‘limining vazifasi mas’ul ijrochilardan boshqa banklarga tegishli bo‘lib, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni qabul qilish, ularni banklar bo‘yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini filiallararo aylanmalar bo‘yicha nazorat qilish va boshqa bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo‘natishdan iborat. Lekin hozirgi kunda deyarli barcha tijorat banklarida hisob-kitob hujjatlari mas’ul ijrochidan so‘ng bosh buxgalter tekshiruvidan o‘tkaziladi va elektron axborot bankining hisoblash markaziga uzatiladi. Bu yerda elektron to‘lovni boshqa banklarga o‘tkazish ishlari bajariladi. Davlat budjetining kassaviy ijrosi bo‘yicha bo‘lim buxgalterlari davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni tashkil etadi, bu operatsiyalar hisobini olib boradilar, davlat budjeti xarajatlarining to‘g‘ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladilar. Ichki bank operatsiyalari bo‘yicha bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– bank asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyumlarni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanish hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish;

– bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qayta baholash, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;

– bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish;

– bankning barcha daromadlari bo‘yicha hisobni olib borish;

– bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo.

Yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlar majmuasi bankning hisob-operatsion bo‘limini tashkil etadi. Hisob-operatsion bo‘limni bank bosh buxgalteri boshqaradi. Bankdagi mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar ko‘lami va hisob operatsion bo‘limdagi guruhlar soniga qarab bosh buxgalterning bir yoki ikki muovini tayinlanadi. Yordamchi va Bosh kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, dasturli komputer tizimida hisobotlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank bosh buxgalterlariga yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo‘lmasa, ya’ni mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki kasal bo‘lsa, bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish bilan bankning bosh buxgalter shug‘ullanadi. “Front ofis” va “Bek ofis”ga bo’lingan buxgalteriya tuzilmasining xususiyatlari. Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini yechish imkoniyatini yaratadi. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi. Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi. Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;

2. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga, “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;

3. Mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;

4. Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.


Download 44,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish