Malakaviy amaliyot hisoboti



Download 44,97 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi44,97 Kb.
#269693
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ELYOR

.Muddatli va muddati o’tgan ssudalar bo’yicha foizlar hisoblash va undirish tartibi.Har bir kredit bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kelishilgan miqdordagi foiz stavkalari asosida bank foydasiga foizli daromadlar undiriladi. Foizlar bo‘yicha summalar quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi.Kredit uchun foiz summasi kredit miqdori foiz stavkasi kunlar soni 360 kunga bo‘lishimizga sabab foiz stavkalari yillik qilib belgilanadi. Lekin barcha bank operasiyalari kompyuterlashtirilganligi sababli dasturiy yo‘l bilan to‘lanadigan foizlar va asosiy qarz summalari butun kreditlash davri uchun grafik ko‘rinishida chiqarib beriladi. Bunday grafikning bir nusxasi mijozga beriladi, mijozlar ushbu grafik asosida kredit summasini va foizlarni belgilangan tartibda to‘lab boradilar. Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblab boriladi va 16309-“Ssudalar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Foizlar hisoblangan, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 16309 “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”Kredit 42601 “Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar”Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”Kredit 16309 “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga: lizing faktoring.Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risi”da 620-sonli Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:lizing buyurtmasi;

lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznesreja; oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari.Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi.O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo’lib o’tsa; b) lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa;v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi;g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa. Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:

Debet 19909–“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”

Kredit –“Bankning vakillik hisobvarag’i” Lizing ob’ekti to’g’ridan-to’g’ri lizing oluvchiga yetkazib berilsa, lizing beruvchi bank foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to’ldirib, quyidagi buxgalteriya amalini bajaradi: Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”

Kredit 19909–“Tovar moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar”

Lizing obyekti avval lizing beruvchi bank balansiga kirim qilinib, so’ngra lizing oluvchiga lizinga berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi.

a). Lizing ob’ekti bank balansiga kirim qilinganda:Debet16500 –“Asosiy vositalar (tegishli mos hisobvarag’i)”Kredit19909 –“Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to’langan mablag’lar”b). Lizing ob’ekti lizing oluvchiga berilganda:

Debet 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”

Kredit 16500-“Asosiy vositalar (mos hisobvaraq)”Lizing beruvchi bank tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing ob’ektining qiymatiga qo’shiladi. Lizing beruvchi bank tomonidan lizing bo’yicha foizli daromadlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi: Debet 16323 – “Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar”Kredit 45100 – “Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha foizli daromadlar (tegishli mos hisobvaraq)”Lizing ob’ektining asosiy summasini jadval asosida qaytarilganda va ularga hisoblangan foizlar undirilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:Debet – Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari yoki mijozning depozit yoki bankning vakillik hisobvarag’i (umumiy summaga) Kredit 15600–Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq) (asosiy qarz summasining qaytarilgan summasiga);

Kredit 16323 – Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar (foizli daromad summasiga).

Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng lizing to’lovlarini to’lash shartlari to’liq bajarilgan taqdirda 15600 Lizing (moliyaviy ijara) va 16323 Lizing bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar hisobvaraqlari qoldig’i nolga teng bo’ladi. Lizing ob’ekti lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o’z balansiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali qabul qiladi: Debet 16705–“Bankning boshqa ko’chmas mulklariKredit 15600–“Lizing (moliyaviy ijara) (tegishli mos hisobvaraq)”

Lizing oluvchi tomonidan lizing to’lovlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda aktivga “Foizlarni o’stirmaslik to’g’risida”gi Nizomga (ro’yxat raqami 1304, 2004 yil 24 yanvar) asosan o’stirmaslik maqomi beriladi va aktivning kelgusi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish to’g’risida”gi Nizom (ro’yxat raqami 632, 1999 yil 11 fevral) talablaridan kelib chiqqan holda tasniflanadi. Amaliyotda tijorat banklari ham ayrim asosiy vositalarni lizingga olishi mumkin. Lizing lizing oluvchi bankning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv ham majburiyat sifatida tan olinadi. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi:

Debet16515–“Ob’ektlarni lizingga olish va uni takomillashtirish huquqi”

Kredit 22100–“Lizing (moliyaviy ijara) bo’yicha majburiyatlarning tegishli mos hisobvarag’i” Lizing oluvchi bank tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so’ng keying hisob majburiyat bo’yicha asosiy qarz summasini va lizing bo’yicha foizlar to’lash hisobini yuritishdan iborat.



Xulosa

Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqdaInstitut tomonidan tayinlangan tanishuv-malakaviy amaliyot sababli AT Xalq banki Samarqand viloyati Oqdaryo tuman fillialida o’tkazgan 1oyim mobaynida bank xodimlari va ayniqsa bank tomonidan menga tayinlangan amaliyot raxbarim ko’maklari bilan bank faoliyati to’g’risida atroflicha ma’lumot oldim. Bankning hozirgi darajasi va mijozlarga nisbattan bajariyotga mukammal amali to’g’risidagi fikrlar meni kelajakda ham shu bank xodimi bo’lib qolishga undamoqda. Oliy ta’limni na’munali bitirib, albatta Xalq bankiga qaytish niyatidaman…




Download 44,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish