Jonli tabiat.
O’simliklar dunyosi.
Bolani sabzavotlar va mevalarning o’ziga
xos belgilari bilan tanishtirish. Sabzavotlar polizda, mevalar esa bog’da, daraxtda
o’sishi; sabzavotlar har yili ekilishi, mevali daraxtlar esa ko’p yillik o’simlik
hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish. Mevali bog’lar va poliz xo’jaliklari
bilan tanishtirish.
Sabzavotlar: sabzi, kartoshka, sholg’om, piyoz, pomidor, bodring va mevalar:
olma, gilos, o’rik, olcha, anor, nok haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.
Sabzavotlar: lavlagi, rediska, turp, sarimsoq va mevalar: shaftoli, olxo’ri, xurmo
bilan tanishtirish. Bolaga sabzavot va mevalarning nomini, rangi, shakli, o’lchami,
ta’mi, tanovul qilinishi (
pishiriladi, tuzlanadi, quritiladi yoki xomligicha yeyiladi
)
haqida amaliy mashg’ulotlar orqali tushuncha berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |