Malaka ishining obyekti. Malakai ishining obyekti- ahmad Yassaviy ijodi,xususan, uning “Devoni hikmat” asaridagi hikmatlar bo’lib hisoblanadi. Malaka ishining predmeti


II BOB. Ahmad Yassaviy hikmatlari ilohiy ishq va oshiqlik tarannumi eng go’zal namunalari



Download 189,5 Kb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi189,5 Kb.
#255555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5213249574675680121

II BOB. Ahmad Yassaviy hikmatlari ilohiy ishq va oshiqlik tarannumi eng go’zal namunalari

2.1.Yassaviy hikmatlarida ishq tavsifi

Ahmad Yassaviy inson va ruh, lohut olami va nosut olami (ya'ni, jismoniy olam), ruhning jism ichra iztiroblari, jismoniy talablar bilan ruhoniy-ma'naviy talablar orasidagi ziddiyatlar xususida fikr yuritadi. Inson fojiasini tub-tubidan


idrok etishga jazm etadi. Insonni qanchalik chuqur anglaganing sari undan hafsalang pir bo`ladi, ko`ngling qoladi, uning ojizligi, noqobil va noqisligini ko`rib ham rahming keladi, ham g`azabing qo`zg`aydi. Bu — nochor maxluqning ayblarini o`ziga ko`rsatib, ilohiy martabaga hidoyat etmoqchi bo`ladi valiyulloh. Voqean, insonparvarlik nima? Insondagi nuqsonlarni ochiq-ravshan aytib, shu nuqsonlardan qutulish yo`lini ko`rsatishmi yoxud uni «buyuksan», «ulug`san» deb maqtashmi? Menimcha, birinchi yo`l afzal va foydali. Insonning ojizliklarini ko`rsatish, uni mazammat etish badbinlik emas. Aksincha, chin gumanizm inson uchun qayg`urishdir. Inson uchun qayg`urish esa, uning nuqson va gunohlarini ko`rsatish, to`g`ri yo`lga boshlash hisoblanmog`i kerak. Qur'oni karimda ham Parvardigori olam insonning mukarramligi, shamoyili go`zalligi, Yerdagi «xalifa» ekani, farishtalar unga sajda etgani haqida oyatlar yuborish barobarida, insonning norasoligi, gumrohligi, manmanligi va hokazolarni ham ko`rsatib, buni nuqson sifatida ko`rsatgan. Hatto, barcha illatlar odamdan, barcha yaxshilik Allohdan,
degan qarama-qarshi mazmunli oyat ham keltiriladi Qur'oni karimda. Vodarigo, odamning shayton gapiga kirib, aql daraxti mevasini tatigani (yoki bug`doyni yegani) va oqibatda jannatdan quvilishi ham uning kamchiligi, nuqsi, gunohi, axir. Shundan beri inson savobu gunoh, xayru sharr, jannatu do`zax, Hurmuzd va Ahriman, nuqsu kamol, rahmon va shayton orasida sargardondir, goh u tomonga, goh bu tomonga yon bosib, goh g`ofil va gohi hushyor bo`lib, umr o`tkazib kelmoqda...Ahmad Yassaviy tariqat iztiroblari, ajzu aziyat chekish yo`li bilan insonni poklab, nuqsonlardan, noxush fe'l-atvordanxalos etish mumkin, deb o`ylaydi. Tarki dunyo ana shu tadbirning boshidir. Zero, ilohiy ma'naviyatga talpinuvchi, poklik va pokizalikni, haqni sevuvchi har bir orif, mutafakkirshaxsda uzlat va xilvatga ehtiyoj, sog`inch bor. Shunday qilib, tarkidunyochilik oshiq ruhning talabidir: Dunyo qo`ymay, hol ilmini bilsa bo`lmas.
So`fiy — Iloh oshig`i, uning ko`nglida Allohdan o`zga narsa bo`lmasligi kerak. Bunday odam qanday qilib dunyoga bog`lansin? Tarkidunyoning yorqin namunasi — Ibrohim
Adham sarguzashti. Ko`p shayxlar qatori Yassaviy ham Ibrohim Adhamni ibrat qilib ko`rsatadi. Ibrohim Adham qalbida ilohiy ishq jo`sh urgandan keyin Balx shahrida taxttoji, bola-chaqasini ham tashlab, xirqa kiyib darvesh bo`lgan edi. U Xudo muhabbatini farzand muhabbatidan ham baland qo`ydi. Ahmad Yassaviy o`zi ham Ibrohimga ergashmoqchi bo`ladi, ammo tarki dunyo haqida qizg`in da'vatlar qilgan
shoir shu yerga kelganda yuragi larzaga tushib, mana bunday satrlarni bitadi: Alloh uchun farzandlarim yetim qilsam,
Jondan kechib, moldan kechib g`arib bo`lsam,
Biyobonda yalg`uz qozdek nola qilsam,
Nechuk iloj etarimni bilmam, do`stlar!
Bir tomondan, ilohiy ishq tug`yoni, ikkinchi yoqdan, axli ayol, farzand muhabbati shiddati baqamti kelgan. Orif inson qalbidagi dardli fojia, nozik ruhiy mushkulot tasvirlanadi. Yassaviyning mazkur g`oyalari Farididdin Attor va Jaloliddin
Rumiy asarlari bilan hamohangdir. Chunki Attor «Ilohiynoma», «Javhar uz-zot» nomli dostonlarida farzand muhabbati bilan Xudo muhabbatini ko`p marta qiyoslagan.

O‘zbek mumtoz adabiyotida ishq talqinlari ko‘p uchraydi. Jumladan, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ishq va oshiq mavzusi boshqa mumtoz adabiyot namoyandalaridan farqli – o‘ziga xos tarzda tasvir etiladi. Ahmad Yassaviy Allohga bo‘lgan ishqni haqiqiy sanaydi. Chin oshiqning sifatlariga diqqat qaratadi. Xo‘sh, chin oshiq kim? Shoir nazdida chin oshiq bo‘lish uchun «Alloh debon ichga nur»ni to‘ldirish, butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda «Haq zikri»ni qilish, rohat farog‘atdan kechish lozim bo‘ladi. Shoir ishqni bebaho dur-gavharga o‘xshatadi. Biroq bunday gavharni ishqsiz, nafs qutqusiga uchragan «har nomardga sotib» bo‘lmaydi. Shu o‘rinda Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Bu – nafsga qarshi kurash masalasi. Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi. Nafsini jilovlagan odam sabr-qanoatga erishadi. Agar oshiq bo‘lsa, bunday sabrli ishq egasining «mahshar kunida armoni» bo‘lmaydi. Ishq muhokamasiga doir ushbu hikmatning boshqa bir bandida «Nafsni tepib dargohiga loyiq bo‘lg‘il» deb ta’kidlanadi. Bu ham nafsini yenggan va uning istaklarini


bartaraf etgan odamgina chin oshiqlik martabasiga ko‘tarila olishiga doir mulohazadir.
Ishqqa tushding, o‘tga tushding, kuyib o‘lding,

Parvonadek jondin kechib axgar bo‘lding,



Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding,
Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q.
Ushbu bandda chin oshiqning holi yana ham kuchaytirib ko‘rsatiladi. Ishq dardiga uchragan odamda juda katta ruhiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Ahmad Yassaviy uni bamisoli o‘tga tushgan odam holiga qiyoslaydi. Ikkinchidan, sham tegrasida aylanib kuygan, axgar (laxcha cho‘g‘) bo‘lgan kapalakka o‘xshatadi. Eng muhimi, ishq o‘tida dard, g‘am hamda telbalik bor. Ammo bu dardning darmoni topilgan emas. Boshqa bir mumtoz va oshiq shoir ta’biri balan aytganda «bu dardni bedavo derlar» (Mashrab). Ishqning bunday xususiyatlarini ta’riflb Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida yozadi:
«buni ko‘rmagan kishi bilmas va bunga yetmagan kishi bovar (ishonch) qilmaskim, hijron-u fioq mundin iboratdur...» Shu ishq tavsifia bag‘ishlab Navoiy «Layli va Majun» dostonini yozgani sizga ma’lum. Ahmad Yassaviy ta’kidlaydiki, ishq odamning «Majnun sifat aqlin olib Laylo qilur», yana davomidan ta’kidlaydi – «Olloh haqqi bu so‘zlarni yolg‘oni yo‘q». Demak, Yassaviy hikmatlaridagi ishq mavzusini, oshiq holini
bilish uchun nisbatan kengroq tushunchalar, sharq mumtoz adabiyotidagi o‘ziga xos tasavvuf falsafasini ham anglash kerak bo‘ladi. Ahmad Yassaviy hikmatlari firni kengaytirish uchun vosita, uni o‘qib, anglash orqali hikmatgo‘y shoir ruhini, dardini, qalbini, so‘zini anglash mumkin, albatta. Ahmad Yassaviyning «Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam» deb boshlanadigan hikmati unchalik murakkab emas.
Birinchi misradayoq she’r mavzu yo‘nalishini anglab olish mumkin. Zotan, Yaratguvchini yodlash odamni xotirjam qiladi, achchiq tili shirin tilga aylanadi.
Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam,
Asal yanglig‘ suchuk bo‘lur tilim mening.
O‘zim faqir, qildim muqir, bo‘ldim haqir,
Qanot qoqar uchar qushdek ko‘nglim mening.
Shoir o‘zini juda kamtar tutadi va shu kamtarligi ortidan ko‘ngli yuksaklikka parvoz qiladi. «Muqir» arabcha so‘z bo‘lib «iqror bo‘lmoq, bo‘yniga olmoq» ma’nolarini anglatadi. Shoir faqatgina faqir-u haqirligini emas, balki Yaratguvchiga banda ekaniga iqror bo‘ladi. Adib hikmatning har bandida ichki qofialarni qo‘llab, o‘z ichki kayfiati, holini o‘ynoqi bir uslubda bayon qilar ekan, shu mamuniyat sabablarini ham «nafsim qochdi» deb o‘z nafsini yengganiga olib borib bog‘laydi; o‘zini tuproqqa tenglashtiradi.
Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga «shum» sifati beriladi. Shuningdek, shoir «nafsi bad», «nafs yo‘li», «nafs ilgi» singari istioralarni ham qo‘llaydi. Adib to‘g‘ridan to‘g‘ri nafsga qarshi kurashni, uning yo‘rig‘iga yurmaslikni targ‘ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko‘rsatib beradi.
Boshqa bir she’rida shunga urg‘u berib yozadi:
Nafs yo‘lig‘a kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.
Yotsa, qo‘psa shayton bilan hamroh bo‘lur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
Ahmad Yassaviy she’riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib o‘qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq og‘zaki ijodiga nihoyatda yaqinligidadir. Hikmatlar, asosan, to‘rtlik va murabba’ shaklida bitilgan.
Rohat tashlab, jon mehnatim xushlag‘anlar,
Saharlarda jonin qiynab ishlag‘anlar,
Ho-yu havas, moumonni tashlag‘anlar
Chin oshiqdir, hargiz oni yolg‘oni yo‘q.
Ahmad Yassaviy hikmatlarining tasavvuf falsafasiga tegishli jihatlari ustida mulohaza yuritganda, oshiqning shariat, tariqat, ma’rifat bosqichlaridan o‘tib haqiqat martabasiga
yetishini eslash o‘rinli bo‘ladi. Shoir bu bosqichlarda islom dini hukmlarini o‘zida mujassam etgan shariatni yaxshi bilish zarurligini o‘qtiradi. Shuning uchun ham «Shariatsiz tariqatga kirib bo‘lmas», «Tariqatga shariatsiz kirganlarni, Shayton kelib imonini olur ermish» yoki «So‘fiaqsh bo‘lding valek hargiz musulmon bo‘lmading» kabi misralarni yozadi. Insonning so‘zi amaliga, tashqi ko‘rinishi ichki olamiga mos
kelishi lozim. Tashqaridan qaraganda odam taqvodor so‘fia o‘xshash – so‘fiaqsh bo‘lishi, lekin u amalsiz bo‘lishi mumkin, bundaylarga Yassaviy tanbeh berib «hargiz musulmon» bo‘lmading deydi.
Ahmad Yassaviy tasavvufga inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida qaraydi. Tasavvuf negizida ruhiy tarbiya turadi. Ruhiy tarbiya bashariyatning to‘g‘ri yo‘ldan yurishiga yordam beradi. To‘g‘ri yo‘l esa haqiqatni anglashga olib kelishi lozim. Haqiqatni anglash o‘zlikni anglashdir. Bunga erishish uchun odam shariat hukmlarini to‘la bajarishi va qalbida Yaratguvchiga muhabbat bo‘lishi kerak.
Ahmad Yassaviy she’riyatidagi obrazlar tizimi ham tasavvuf ta’limoti hamda xalq og‘zaki ijod an’analari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Pir, darvish, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita sharq diniy-islomiy falsafasi, yo‘l, rabot, karvon, o‘q kabilar esa og‘zaki ijod an’analari bilan aloqadordir.

Zohid bo‘lma, obid bo‘lma, oshiq bo‘lg‘il,


Mehnat tortib ishq yo‘lida sodiq bo‘lg‘il,
Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo‘lg‘il,
Ishqsizlarni imoni yo‘q ham joni yo‘q.
Ahmad Yassaviy bunday she’rlarida so‘zlar takrori ohangdoshlikni nihoyatda kuchaytiradi va o‘quvchiga estetik zavq beradi. Adib hikmatlarining barmoq vaznida yozilgani ham ularni og‘zaki ijodga yaqinlashtiradi.


Pokiza iloxiy muhabbat shavqu zavqini kuylash Xoja Ahmad Yassaviy ijodida alohida o`rin egallaydi. Ishq — ruhni dunyoviy g`uborlardan tozalaydigan, qalbga bir olov — nur bo`lib kirib, uni Parvardigor vasliga hidoyat etadigan qudrat,
ma'rifat va haqiqatga oshno etuvchi, kishiga o`zligini anglash, insoniylik mohiyatini kashf etishga yordam beruvchi kuch, mis vujudni oltinga aylantiruvchi kimyo. Ishq ham dard va ham darmon, ham azob va ham rohat. Tariqatning barcha
masalalari — hol va fano, botin va zohir, hayrat va tavhid,bexudlik va devonalik va hokazolar ishq tushunchasi orqali anglashiladi va tushuntiriladi. Chunki ilohiy muhabbat mohiyatini anglamagan odam tasavvufni ham tushunmaydi, tasavvuf talablari, tariqat yo`liga kirgan kishining aqida va g`oyalari, holatini idrok etolmaydi. Yassaviy ijodidagi tarkidunyochilik, uzlat, sadoqat va shafqat g`oyalari ayni shu muhabbat g`oyasi bilan uzviy vobasta bo`lib, ularni bir-biridan ayri tasavvur qilish mumkin emas. Zero, ko`nglida ishqi bor odamgina tunu kun poklik va haqiqatning oliy timsoli bo`lgan Allohga intiladi, nafsga qarshi yurish boshlaydi, bu yo`ldagi ne-ne azoblar, xorligu xo`rliklarga chidaydi.
Keyin esa... Keyin ruhiy holat lazzatini topadi. Ahmad Yassaviy o`zini «Haq taolo partavidan» bahramand bo`lgan, go`dakligida ilohiy ishq «jazbasi» tekkan
kishi ekanini faxr bilan tilga oladi. Ma'lum bo`ladiki, valiylik, kashfu karomat iste'dodining nishona berishi ham ishqdandir. Ya'ni chin oshiq — chin so`fiydir, boshqacha qilib aytganda, ishq Ilohni sevish, Unga sig`inib, nola-munojotlar qilishgina bo`lmasdan, balki Allohni tanish va, demak, o`z aslini tanish, kamolotga yetishish yo`lidir. Ishq bog`ini mehnat tortib ko`kartmasang, Xorlik tortib, shum nafsingni o`ldirmasang, Alloh deyub ichga nurni to`ldirmasang, Valloh-billoh, senda ishqning nishoni yo`q. Ha, oshiqlikning belgisi — xokisorlik, kamtarishshk,
sidqu sadoqat. Oshiq bo`lgan odam o`zini barchadan kam deb hisoblashi, boshiga kelgan balolarga mardonavor chidashi, manmanlik, g`urur va takabburni, hasad-hirs kabi salbiy xislatlarni tark etishi kerak. Bugina emas, tama va manfaat timsoli bo`lmish dunyoni ham tark etishi kerak. Chunki to dunyoning o`zini tark etmasa, nafs tamasidan xalos bo`lolmaydi kishi. Iloh oshig`i tariqat talablarini so`zsiz
bajarib, faqr martabasidan fano sari intiladi. Ilohiyot olamining cheksiz go`zalliklari, abadiyat qudratidan hayratga tushadi, ruhi tiniqib, musaffo holga kiradi. Ammo bu yo`l g`oyat og`ir va mashaqqatli: «Oshiq kuyar, jondan to`yar,
Haqni suyar». Chin oshiqlarning ko`zi giryon, dili biryondir, deb yozadi Yassaviy. Haq zikrini mag`zi jondan qila olgan, muhabbat shavqidan «uch yuz oltmish tomirlari» tebrangan kishigina chin oshiqsir. Dunyo rohatini afzal bilgan, molu
mulkka, dunyoga berilgan kishi oshiqman desa, unga ishonmaslik kerak, u riyokor, «yolg`on oshiq»dir, deb yozadi Ahmad Yassaviy:
Ishq da'vosin menga qilma, yolg`on oshiq,
Oshiq bo`lsang, bag`ring ichra ko`z qoni yo`q.
Muhabbatni shavqi birlan jon bermasa,
Zoye' kechar umri ani — yolg`oni yo`q!
Yassaviy oshiqlarni zohid va obidga qarama-qarshi qo`yib tasvirlaydi. (Umuman, tasavvuf shoirlarida bu an'anaga aylangan edi). Nega shunday? Axir zohidlar tasavvuf axliga butkul begona emaslar-ku? Tasavvufning talablaridan biri ham
zuhd va vara' (parhez)dir. Ammo shunga qaramay, zohidlar bilan oshiqlar bir-biriga zid tabiatli kishilardir. Chunki zohidlar taqvo va ibodat bilan shug`ullansalar-da, biroq tamadan xoli emas edilar, buning ustiga Xudoni yoniq ishq bilan sevish, ilmu irfon asroridan boxabarlik ular aqidasiga sig`mas edi. Shuning uchun tasavvuf ahli zohidlar, inchunin obid va mullalarni ham zohirbin kishilar, ya'ni zohiriy dunyo bilan, rasmu rusumlar bilan o`ralashib qolgan kaltafahm kishilar, deb hisoblaganlar. Oshiq so`fiylar esa, tamadan mutlaq xoli edilar, ular uchun Alloh diydori hamma narsadan afzal hisoblangan va shuning uchun botiniy olamni rivojlantirish, ko`ngil oynasini poklash bilan ma'shuq —
Ilohga musharraf bo`lish ishtiyoqida yonganlar. Xoja Ahmad Yassaviy hazrati Muhammad alayhissalomni, Boyazid Bistomiy va Mansur Hallojni chin
oshiq namunasi qilib tasvirlagan. Muhammad payg`ambar butun vujudlari bilan Alloh oshig`i edilar, ul zotning ko`kka ko`tarilishlari, Me'roj tuni Parvardigor bilan muloqotlari, faqrning nurli haykalini ko`rishlari, yerga tushib, faqir, g`ariblarning boshini silashlari hammasi oshiqpikning boisidir, deydi Yassaviy.
Ul Buroqqa boqub anda hayron qolur, Oshiq bo`lmay ul Buroqqa minib bo`lmas.
Hazrat Muhammad alayhissalom Xoja Yassaviy uchun buyuk ideal, kamolot, ezgulik va xayr-u ehson, imonu e'tiqod, sadoqat va muhabbatni jamuljam etolgan mukarram zot. Umuman, Ahmad Yassaviy tariqati — bu shariat va tasavvufni
ajabtovur omixta etolgan, islomiy g`oyalarni so`fiyona ta'limotlar qatiga singdirib, turkona ruh bilan quvvatlantirgan tariqatdir. Yassaviy ko`p marta tilga olgan va hayajon bilan kuylagan sifat-lardan biri hazrati Payg`ambarning mehribonligi, shafqat koni ekanligidir. Payg`ambar «g`arib, faqir, yetimlarning ko`nglin ovlashni» hayotining mazmuni deb bilgan, «ko`ngli qattiq xaloyiqdan qochgan» Yassaviy bu ishda ham payg`ambarga ergashganini bayon etadi:
G`arib, faqir, yetimlarni Rasul so`rdi,
O`shal tuni me'roj chiqib Haqni ko`rdi,
Qaytib tushib, g`arib, faqir holin so`rdi,
G`ariblarni izini izlab tushdum mano!
Hazrat Muhammad butun umri davomida ummatim deb yondilar, ummatning g`amini yedilar, bag`ri-dili qon bo`lib,ummatlari gunohini kechirishni Xudodan nola qilib so`radilar,kechalari toat-tilovat qilib chiqsilar. Ummatlariga qiyomat
kuni shafe' bo`laman, shafoat keltiraman, deb va'da berdilar: Yalang`ochlik, ochlikka qanoatlik Muhammad,

Osiy, jofiy ummatga shafoatlik Muhammad,


Tunlar yotib uyumas, tilovatlik Muhammad,
Yo`ldin ozgon gumrohga hidoyatlik Muhammad.
Ahmad Yassaviy Alloh oshig`i, ammo uning Allohga muhabbati Payg`ambarga bo`lgan muhabbat orqali o`tadi. Allohning habibi Rasuli akramni shoir qaynoq qalb bilan sevib madh etar ekan, Muhammad alayhissalom nurida barcha
haqiqatlarni mushohada etadi. Yassaviy aqvdasiga ko`ra, olam boshida Muhammad alayhissalom nuri yotadi. Tangri taolo avval shu Nurni ato etib, keyin o`zga olamlarni yaratgan. Bu Nur olam jamoli va kamolida mujassam. Yassaviy o`z ruhini ham ana shu Nur bilan payvasta deb biladi. «Me'roj uzra Haq
Mustafo ruhim ko`rdi», — deb yozadi u. Bu Me'roj kechasi Payg`ambar ko`kda ko`rgan faqr nuriga ishoradir. Shoir aytmoqchiki, men ham o`sha nurday pokman, o`sha nurdanman — faqirman, Payg`ambarning davomiman, mening
ishqim o`sha Rasululloh ishqining davomidir. Axir Yassaviyning iiri buzurg-vori Arslonbob to`rt yuz yildan keyin tilining ostida asrab Ahmadga yetkazgan xurmo hazrat Payg`ambarning ulushlari edi, ya'ni Yassaviy Muhammad alayhissalom faqrining, Muhammad alayhissalom sunnatining va Muhammad alayhissalom tariqatining merosxo`ri. Shu bois Ahmad Yassaviy garchi Arslonbobdan, Xoja
Yusuf Damadoniydan ta'lim olgan bo`lsa-da, lekin haqiqiy piri murshid deb Muhammad Mustafoni tilga oladi. Shoir Payg`ambar g`oyalari, haqiqatini bir mast etuvchi sharob deb va ramziy ma'noda Payg`ambarning o`zlarini Piri mug`on deb
ataydi:
Bihamdulloh piri mug`on may ichurdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Piri mug`on Haq Mustafo beshak biling,
Qayga borsang vasfin aytib ta'zim qiling.
«Devoni hikmat»da hazrati Payg`ambarga bag`ishlangan bir turkum hikmatlardan tashqari qariyb barcha she'rlarida Payg`ambar nomi tilga olinadi. Birinchi hikmatdayoq ulug` shoir va sulton ul-orifin Rasulullohni poklik timsoli, ibrat va
namuna qilib ko`rsatadi. Payg`ambarning shaxsi, doim hazrati Payg`ambarimizni «Haq Mustafo» unvoni bilan tilga oladi. Bu bilan, birinchidan, Muhammad sallallohu alayhi vasallam payg`ambari barhaq ekanini ta'kiddash bo`lsa, ikkinchidan Haq vasliga yetish, Alloh amrini ado etish, payg`ambar yo`lini tutish, payg`ambar sunnatiga sadoqat ko`rsatish orqali borishini aytishdir. Xuddi shu asnoda Ahmad Yassaviy Mansur Hallojni ham Iloh oshig`i, Haqqa yetgan ulug` inson sifatida kuylagan. «Devoni hikmat»da Mansur madhiga bag`ishlangan alohida she'r bor. Ma'lumki, Mansur Halloj ilohiy ishq avjida bexud bo`lib, «Anal-Haqq» degani uchun shariat axli tomonidan qatl etilgan edi. Lekin qizig`i shundaki, tariqatni shariatsiz tasavvur etolmagan, Muhammad Mustafoning muhibi Ahmad Yassaviy Mansurni kofir deb bilmaydi, mullalarga qo`shilib uni yomonotliq qilmaydi. Aksincha, Mansur g`oyalari chin ilohsevarlik g`oyasi sifatida talqin etiladi. Yassaviyning fikricha, mullalar Mansurni tushunmadilar, uni nohaq qatl etdilar. Ahmad Yassaviyning yozishicha, Mansur «Haqni topgan devonalardan» biridir, undaylar «behush so`zlaydi». Aslida Mansur Halloj arshni ko`zlagan maqomlari baland zotlardan bo`lib, malomat yuzasidan «xalqqa o`zin» ataylab rasvo qilib yurar edi. Yassaviy bir qiziq xalqona rivoyatni keltirgan: Mansurni qatl etganlaridan so`ng, uning jasadini kuydiradilar. Olov ko`kka chiqqanda, maloikalar bo`zlab Haqqa nola qiladilar, jannat hurlari yo Mansur, deb aza tutadilar. Podshoh Mansurning kulini yig`ib daryoga otishni buyuradi. Qishda daryo toshib, xalq chora istab shoh oldiga keladilar. Podshoh nima qilishini bilmay, Zunnun Misriyga odam yuboradi. Zunnun Misriy Mansurning qatl oldidan qilgan bashoratiga binoan, uning kulidan bir hovuch olib qolgan edi. Zunnun «YO Mansur» deb shu kulni daryoga tashlaganda, daryo orqasiga qaytib, xalq omon qoladi. Podshoh Zunnunga katta boylik tuhfa bermoqchi bo`ladi, ammo u «zohir gado, botin ichra man shahanshoh», deb mukofotni rad etadi. Ahmad Yassaviy bo`lsa, xulosada yozadi: Botil ko`zlar xos valini tanimaslar, Kim yaxshidur, kim yomondur, tanimaslar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, “Devoni hikmat” ham axloqiy, ham ma’naviy, ham badiiy jihatdan biz yoshlar uchun mezon vazifasini o’taydi. Uning hayoti va ijodini o’rganish milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz oldidagi qarzimiz


va farzimizdir




Download 189,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish