Atomni kelib chiqishi.Modda juda mayda zarrachalardan tuzilganligi haqidagi fikr qadimgi yunon olimlari tomonidanoq aytilgan edi. Ular ana shu zarrachalarni atomlar deb atashdi. Qadimgi yunonlar atomlar muntazam ko’pyoqliklar shakliga ega, deb faraz qilganlar: Kub (“Yer atomlari”), Tetraedr (“Olov atomlari”), Oktaedr (Havo atomlari), Ikosaedr (“suv atomlari”). Moddaning atomlardan tuzilganligi g’oyasining eksperimental isboti olingunga qadar yigirma asrdan ortiq vaqt o’tdi. Bu g’oya fanda kimyo va kinetik nazariyaning yutuqlari tufayli XIX asrning ikkinchi yarmida qat’iy qaror topdi. XX asr boshiga kelib, fiziklar atomlarning o’lchamlari 10 m va massasi 10 kg atrofida bo’lishini bilar edilar. Bu vaqtga kelib atomlar umuman “bo’linmas” emas, ular ma’lum ichki tuzilishiga ega, buni bilish esa D. I. Mendeleyev aniqlagan kimyoviy elementlar hossalarining davriyligini tushuntirishga imkon berishi aniq bo’lib qoldi.
Assosiy Qism.
Qadimgi grek faylasuflari Levkipp va Demokritlarning ta’limotiga asosan, atom – moddaning bo‘linmas zarrasi bo‘lib, sezgi organlar seza olmaydigan darajada kichik o‘lchamga ega degan tasavvurlar fanda uzoq vaqtgacha hukm surdi. “Atom” so‘zi grekcha “atomos” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘linmas” degan ma’noni bildiradi.XIX asrning oxirlarida o‘tkazilgan bir qator olamshumul tajribalar natijalari atomning murakkab tuzilishga ega ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarni oydinlashtirdi.XX asr boshlarida atomlarning mavjudligi, ularning o‘lchami 10–8sm tartibda bo‘lgan murakkab elektr tizimidan iboratligi, atomda musbat va manfiy zaryadlar mavjudligi, manfiy zaryadlarni tashuvchilar elektronlar ekanligi aniqlangan edi.
5
Lekin musbat zaryadlarni tashuvchilar (protonlar) hali noaniq, musbat ionlar mavjudligi esa ma’lum edi. Kun tartibida atom tuzilishini aniqlash vazifasi turar edi. Atom tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlar o‘zaro kompensasiyalanishi sababli atom bir butun holda neytraldir. Atom tuzilishining ikkita nazariy modeli mavjud edi. Birinchisi 1901-yilda J.Tomson tomonidan taklif qilingan. Bu modelga asosan atom musbat zaryadlangan sfera bo‘lib, manfiy zaryadli elektronlar sfera sirti bo‘ylab taqsimlangan. Elektronlar musbat zaryadlangan sfera elementi bilan Kulon qonuni bo‘yicha o‘zaro ta’sirlashadi. Elektronlar o‘z muvozanati atrofida tebranishida atom energiya nurlaydi. Ikkinchi modelga asosan atom Quyosh tizimi tuzilishi singari tuzilgan. Bu atom tuzilishining planetar modeli edi. Planetar model to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar 1903-yilda Kelvin va X.Nagaoka tomonidan aytilgan. Bu modelga asosan atomning markazida musbat zaryadlangan yadro joylashgan bo‘lib, uning atrofida elektronlar planetalar singari harakatlanadi. Elektronlar yadroning Kulon tortishish kuchlari orqali ushlab turiladi. Atomning turg‘unligini tushuntirishda bu har ikki nazariy model ham ma’lum qiyinchiliklarga uchradi. Atom tuzilishi haqiqatan ham qanday ekanligini bilish uchun tajribalar o‘tkazish talab qilindi. Bunday tajribalar 1911 yilda ingliz fiziki E.Rezerford tomonidan o‘tkazildi. Atom tuzilishi to‘g‘risidagi tajribalarga batafsilroq to‘xtaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |