O‘quv stol-stul (parta)larini sinf xonasida joylashtirish. Stol va stul (parta)lar sinf xonasida 3 qator qilib joylashtiriladi. Partalar bilan derazalar o‘rtasidagi masofa 80-100 sm, sinfning ichki devori bilan partalar o‘rtasidagi masofa 50-60 sm, parta qatorlari o‘rtasidagi masofa 50-70 sm bo‘ladi.
Doska bilan birinchi qator partalari o‘rtasidagi masofa 2,5-3 metr bo‘ladi. Doska va partalar sinfda joylashtirilganda o‘quvchilarning derazaga nisbatan chap tomonlari bilan o‘tirishlari ta`minlanmog‘i lozim.
Har bir sinfda bo‘y usunligi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishi mumkinligini hisobga olgan holda, sinfda 3 xil o‘lchamdagi stol va stul (parta)lar joylashtiriladi.Kichik o‘lchamdagilar oldingi, o‘rtachalari sinf o‘rtasiga va katta o`lchamdagi partalar, oxirgi qatorlarga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |