Maktablarda tasviriy san’at xonalarini tashkil etishning o‘ziga xos ahamiyati reja



Download 0,5 Mb.
Sana18.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#821972
Bog'liq
YULDUZ METODIKA


Mavzu: Maktablarda tasviriy san’at xonalarini tashkil etishning o‘ziga xos ahamiyati
REJA:
Kirish.
1. Bob. Tasviriy san’at o‘qitishda maxsus xonaning ahamiyati
1.1-§. Tasviriy san`atni o`qitishda maxsus xonani bo`lishligining zaruriyati
1.2 -§. Tasviriy san`at xonasida olib boriladigan ishlar mazmuni
2. Bob. Tasviriy san’at xonasiga qo‘yiladigan talablar va uning badiiy va estetik bezagi
2.1 -§ Tasviriy san`at xonasiga qo‘yiladigan talablar va uning jihozlanishi
2.2-§. Tasviriy san`at xonasining badiiy bezagi va ish rejasi
Xulosa
Adabiyotlar
Hozirda tasviriy san`at darslarini davlat ta`lim standartlari talablari darajasida o`tkazish uchun uning moddiy texnikaviy asoslarini yaratish zarur. CHunki, tasviriy san`at darslarida texnika vositalari, ko`rgazmali va metodik materiallar shunchalik ko`p ishlatiladiki, ularni maxsus xonalarsiz to`plab bo`lmaydi. Tasviriy san`atdan olib boriladigan ishlarning Hajmi va turlari Ham xilma-xildir. Maxsus xonaning zaruriyati quyidagilar bilan izoHlanadi: - tasviriy san`at va chizmachilik darslarini yuksak metodik saviyada olib borish: - tasviriy va amaliy san`atdan to`garak ishlarini o`tkazish; - tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari ishlarni (uchrashuv, tanlov, ko`rgazma, suHbat, munozara, kecha v.b.) tashkil etish; - o`quvchilarning darsdan tashqari mustaqil ishlarini o`tkazish; - jamoa bo`lib televidenie orqali beriladigan maxsus ko`rsatuvlarni tomosha va munozara qilish v.b. Ayniqsa, san`at asarlarini perspektiva, rangshunoslik, yorug`soya qonunlarini, rassomlarning Hayoti va ijodini o`rganishda tasviriy san`at xonasining aHamiyati beqiyosdir.
Xonada ish joyini shunday tashkil etish kerakki, darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda rasm ishlash maqsadida xonaga kirgan Har bir o`quvchi, u erda o`zi uchun tegishli sharoitni His etsin. Yuqorida ta`kidlab aytganimizdek, tasviriy san`at xonasida darsdan tashqari ishlar katta o`rinni egallaydi. Bular tanlov va ko`rgazmalar, ma`ruza va suHbatlar, san`at Haftaliklari va kechalar, uchrashuv va olimpiadalar o`tkazish, devoriy gazetalar chiqarish, albomlar tayyorlash, markalar yig`ish va boshqalardir. Bu ishlar xonada muntazam ravishda o`tkazilib turgan taqdirdagina samarali natijalarni kutish mumkin, xonani maktabda estetik tarbiya markaziga aylantirsa bo`ladi. SHunday ekan, tasviriy san`at xonalariga qanday talablar qo`yiladi, uning faoliyati qanday tashkil etiladi, degan savol tug`iladi. Xonani tashkil etish uchun avvalo, kengroq va oftob nuri tushmaydigan xona tanlanadi. YUqorida qayd qilganimizdek, tasviriy san`at xonasini talablar darajasida jiHozlash uchun kerak bo`ladigan o`quv qurollari va jiHozlar etarli bo`lishiga erishish zarur. Masalan, texnika vositalari, natura uchun taglik, rasm chizish uchun maxsus molbert, loy va bo`yoqlar bilan ishlangan ishlarni quritish uchun etajerkalar, naturani yorug`lantiruvchi asboblar, suvni tez-tez tozalab turish uchun chelaklar shular jumlasidandir. Maxsus xona uchun joy tanlash yoki ajratish Haqida gap borganda, natura va metodik fond uchun uning yonida kichik bir xona bo`lishiga e`tibor bermoq lozim. SHuningdek, xonada suv krani bo`lishi Ham shart, chunki bolalar bo`yoq bilan ishlash darslarida ifloslangan suvni tez-tez tozalab turishlari kerak bo`ladi.
Xonaning jiHozlari Haqida gap borganda shuni Ham qayd qilish lozimki, derazalarga albatta oq pardalar tutilishi va ular derazaning butun yuzasini egallashi lozim. Pardalar sinf derazalaridan to`g`ri tushadigan quyosh yorug`ligini to`sadi. Bu esa chizish uchun qo`yilgan naturada yorug`soyani ish davomida kechgacha bir xil saqlanishiga imkon beradi. Xonada texnika vositalarining bor-yo`qligidan qat`iy nazar, katta to`q rangdagi pardalarning (shtor) bo`lishi Ham shart. U naturaga qarab rasm chizish mashg`ulotlarida juda zarur bo`ladi. CHunki, darsda naturaga yorug`lik faqat birgina manbadan tushishi talab etiladi. Yorug`lik ikki va undan ortiq manbadan tushgan taqdirda soyalar soni Ham shuncha bo`ladi. Natijada birinchi manba yorug`ligiga qarashli soyani ikkinchi manba yorug`ligi yo`qotib, yorug`lantirib yuboradi va soyalar butunlay ko`rinmay qoladi
Quyidagi jiHozlarni tasviriy san`at xonasida bo`lishi maqsadga muvofiq deb Hisoblanadi. 1.Maxsus sinf doskasi (oddiy, magnitli v.b.) 2. Ko`rgazmali qurollar uchun shkaflar. 3.O`qituvchi va o`quvchilar uchun maxsus mebellar. 4.Bolalar ishlangan rasm va Haykallarni quritish uchun stelajlar. 5.Loydan ishlangan Haykallarni pishirish uchun mufel pechi. 6.Dioproektor, filmoskop, epidiaskop, televizor, video, magnitafon, kompyuter, fotoapparat v.b. 7.Diapozitiv, epipproeksiya, diafilmlarni namoyish etish uchun ekran. 8. Texnika vositalarini o`rnatish uchun taglik. 9.Sinf xonasini qorong`ilatish uchun kerak bo`ladigan pardalar. 10.Naturani yorug`lantiruvchi safitlar. 11. Haykal ishlash uchun tagiga linoleum qoplangan planshetlar. 12. Toza suv uchun chelak. 13. Mo`yqalamni bo`yoqdan tozalash uchun ishlatiladigan chelak. 14. Har bir o`quvchi uchun suv idish. 15. Oq va rangli bo`rlar. 16. Haykaltaroshlik ishlari uchun katta Hajmli idishda loy.
Xona uchun natura fondi va san`at asarlari reproduksiyalarini to`plashga o`quvchilarni, molbert natura uchun tagliklar, yorug`lantiruvchi asboblar, shkaf va stend tayyorlashga, texnika vositalarini sotib olishga esa Hayriya tashkilotlar va ota-onalarni jalb qilish yaxshi natijalar beradi. Natura fondida turmushda qo`llaniladigan asbob va uskunalar katta o`rinni egallaydi. Ular lagan, tovoq, qoshiq, choynak, piyola, kosa, kapkir, sabzi taxta, cho`mich, kastryul, guldon, tarelka, patnis, musiqa asboblaridan-doira, childirma, rubob, dutor, g`ijjak, tor, skripka, nay, sport buyumlaridan - futbol to`pi, tennis raketkasi, ko`tariladigan toshlar-gantel, shaxmat doskasi v.b. shular jumlasidandir.
Tasviriy san`at xonasini maqsadga muvofiq tashkil etishda uning badiiy bezagi aloHida aHamiyat kasb etadi. Xonaning badiiy bezagi deganda avvalo, xona jiHozlarini joy-joyiga qo`yish, buyumlarni, xona devorlarini tegishli ranglarga bo`yash Ham nazarda tutiladi. SHuningdek, xonaning badiiy bezagi uning to`g`ri yorug`lantirilishi bilan Ham bog`liqdir. Badiiy jiHatdan to`g`ri bezalgan xona o`quvchilarning ruHiyatiga ta`sir etib, ularda iliq kayfiyat Hosil qiladi, tez toliqtirmaydi, tasviriy faoliyatlarga samarali ta`sir ko`rsatadi. Ba`zi o`qituvchilar tasviriy san`at xonasini jiHozlashda unga ortiqcha e`tibor berib yuboradilar. Hattoki, o`quvchilarning chizmachilikdan chizmalarini, bolalar rasmlarining ko`rgazmalarini, turli ko`rgazmali qurollarni, san`at asarlari reproduksiyalarini devorlarga osib qo`yishadi.
Geometrik va gipsli shakllar, qush tulumlari va meva sabzavotlarning mulyajlarini ochiq saqlashadi, turli lozung va chaqiriqlar Ham bo`ladi. Xonaning yuqori qismini buyuk rassomlarning portretlari bilan to`lg`azib tashlash Hollari Ham tez-tez uchrab turadi. Hattoki shunday Hollar Ham bo`ladiki, xona devorlarida bo`sh joy qolmaydi. Bu yo`sinda bezatishning zarari shundaki, xonada turli-tuman qurollar, ko`rgazmali materiallarning ko`pligi, ularning ranglari xonaga kirgan o`quvchi ruHiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada, o`quvchi o`zini sinfda siqilib qolayotgandek His qiladi va xonadan tezroq chiqib ketishga Harakat qiladi
Ba`zan, xonalar uning jiHozi va badiiy bezagi yillab o`zgarmay turaveradi. Natijada, ular o`quvchilarni me`dasiga tegadi va ularni mutlaqo qiziqtirmay qo`yadi. Natijada bu erdan bolalar yangi ma`lumot va yangi taassurotlar ololmaydilar. Xonaning devorlarini tinch, sokin ranglar bilan bo`yash maqsadga muvofiqdir. CHunki, keskin va yorqin ranglar bolalarni tez toliqtiradi. SHuningdek, xonadagi eshik, deraza, pol, shift, doska kabilarning ranglarini Ham xonaning umumiy rang gammasiga bo`ysundirish lozim. Ular bir-birlaridan och-to`qligi bilan, rang tusi, to`yimliligi bilan keskin farq qilmagani ma`qul. Xona devorlarida turli-tuman, umuman, rang-barang ko`rgazmalarning bo`lishi dars jarayonida ba`zi bolalarning e`tiborini o`ziga tortadi.
Natijada, bola chalg`iydi, unga o`qituvchining nutqi e`tibordan qoladi. Bular Hammasi xonada olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun Ham tasviriy san`at xonasida ortiqcha narsalarning bo`lmasligi, sinfda mashHur rassomlardan birontasining portreti, texnika vositalari (u Ham usti yopiq Holda), tuvakli gullarni sinf burchagining bo`lishligi etarlidir. Ko`rgazmali qurollar esa maxsus shkaflarda (o`quvchilarni ko`zi tushmaydigan joyda) saqlanishi lozim. Turli xil ko`rgazma, fotostend va e`lonlar, diplom va yorliqlarni maktab yo`lagiga (tasviriy san`at xonasiga yaqin joyga) o`rnatish maqsadga muvofiqdir.
Maktabda tasviriy san`at xonasi ko`rgazmali qurollar, texnika vositalari va boshqa jiHozlar saqlanadigan, ta`lim-tarbiya ishlari olib boriladigan madaniyat o`chog`idir. YUqorida qayd qilib o`tganimizdek, xonaning tashkiliy, o`quv-metodik, tarbiyaviy ishlari shunchalik ko`p va turli-tumanki, ularni faqat reja asosida olib borgandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin. Rejada tadbirning mazmuni, o`tkaziladigan vaqti, unga javobgar shaxslar, tadbirning o`tkazilishi, ish tartibi uchun joylar ajratilgan bo`ladi. O`qituvchida bunday rejaning tayyorlanmaganligi tasviriy san`atdan xonada olib boriladigan ishlarining chala-chulpa, palapartish, tartibsiz bo`lishiga olib keladi. Hattoki, ba`zi muHim ishlar o`qituvchining e`tiboridan butunlay tushib qolishi Ham mumkin.
Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darslari uchun tagliklar kerak bo`ladi. Odatda ularning bir necha xillari ishlatiladi. Ko`p tarqalgan turlari bu oyoqli va devorga osiladiganlari Hisoblanadi. U ikki gorizontal va vertikal Holatdagi planshetlardan iborat bo`lib, ular o`zaro oshiq-moshiq bilan maHkamlanadilar. Bunday tagliklar, asosan doska oldiga natura qo`yish uchun mo`ljallanadi. Bunday tagliklarning gorizontal qismi naturani qo`yish, vertikal qismi esa fonga mo`ljallangan drapirovkalarga xizmat qiladi.
XULOSA
San’at, jumladan tasviriy san’atning jamiyat va insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni beqiyosdir. Tasviriy san’atning shakllanish jarayoni ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab nihoyatda uzoq yo‘lni bosib o‘tdi.
Tasviriy san’at dunyoni, insonning go‘zallikka bo‘lgan intilishlarini teran fikrlashga undaydi. Xalqimizning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlari, mustaqil yurtimizni yanada go‘zal qilishga, uni estetik jihatdan boyitishga intilishlari benihoyadir.
Shulardan kelib chiqqan holda men o’z kurs ishimning I bobida tasviriy san’at o‘qitishda maxsus xonaning ahamiyati haqida to‘xtalgan bo‘lsam, kurs ishimning II bobida esa tasviriy san’at xonasiga qo‘yiladigan talablar va uning badiiy va estetik bezagi haqida yanada kengroq yoritgan holda o‘z kurs ishimni yakunladim. Biroz kamchiliklar bo‘lsada, o‘z ishimni to‘laqonli yorita oldim deb o‘ylayman. Va ushbu ishimni yozish davrida o‘zimda ko‘plab tajribalar va bilimlar egalladim. Kelgusida shu olgan bilim va ko‘nikmalarim asosida o‘z kasbimning mohir ustasi bo‘lishimga ishonaman.

Foydalanilgan adabiyotlar: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi kontseptsiyasi.Toshkent, 1995. S.F.Abdirasilov “Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi” T-2012 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: SHarq, 1997. Tasviriy san’at. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi.-Toshkent: SHarq, 1999. Azimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi.–Toshkent: O’qituvchi, 1984. Boymetov B. , Tolipov N. Maktabda tasviriy san’at to’garagi. Toshkent, 1995. Bulatov S. Amaliy san’at qisqacha lug’ati.-Toshkent: HBM, 1992. Bulatov S. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati.–Toshkent: Mehnat, 1994. 9. Abdirasilov S., N. Tolipov N. Rangtasvir. -T.: Bilim, 2005. 10. Boymetov B. “Portret qalamtasviri”. O`quv qo`llanma. - Toshkent, 2001. 11. Boymetov B, Abdirasilov S. Chizmatasvir. O`rta maxsus kasb-hunar kolledjleri uchun o`quv qo`llanma.T., 2004 12. Boymetov B. “Qalamtasvir”. Darslik 1-qism.- Toshkent, 2006. 13. Oripov B. Tasviriy san`at darslarini samaradorligini oshirish omillari.T., 1978 14. Tojiev V. Qalamtasvir asoslarini o`rganish. T.1994 15. Tolipov N. Rangtasvir asoslari.T., 1999 16. Tojiev B. Qalamda manzara chizish (oqıw qollanba). T., 2000 17. Tojiev B. Rangtasvir fanidan ma`ruzalar matni. TDPU.Toshkent. 2000 18. Internet web sahifalari 19. 1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008.


E'tiboringiz uchun tashakkur!!!
Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish