Maktablarda ona tili oʻrgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qoʻygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qoʻp qirrali boʻlib, ularni bajarish oʻquvchilar ongini oʻstirishga, ularga g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yoʻnaltirilgan. Ona tilini oʻrgatish natijasida oʻquvchilarda oʻz fikrini grammatik toʻg’ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy toʻg’ri yoza olish koʻnikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa oʻquv predmeti sifatida oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyati boʻlib, oʻquvchini shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilgan umumta‘lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |