Maktabgacha yoshidagi bolalarda kun tartibi Mundarija



Download 292,8 Kb.
bet8/10
Sana11.06.2022
Hajmi292,8 Kb.
#655448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maktabgacha yoshidagi bolalarda kun tartibi

Sinkveyn-fransuz tilida «besh qator» ma'nosini bildiruvchi pedagogik strategiya hisoblanadi. Sinkveyn-ma'lumotlarni umumlashtirishga yordam beradigan qofiyasiz she'r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to'g'risidagi axborot yig'ilgan holda, bolalar tilidan turli variantlarda ifodalanadi.
Sinkveyn tuzish-murakkab fikrlarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan ko'nikmadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mashg’ulotni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Sinkveyn tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak:
1- qator: Mavzu birgina so'z, ot orqali ifodalanadi.
2- qator: Mavzu ikki so'zdan iborat sifat bilan ifodalanadi.
3-qator: Mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so'z orqali ifodalanadi. Bu so'zlar fe'l yoki ravishdosh bo'lishi lozim.
4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan yaxlit fikr ifodalovchi gap yoziladi.
5-qator: Mavzuni takrorlaydigan sinonim so'z yoziladi.
Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan yana biri – bu grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) dir. U fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
Bunda ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo‘lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liklikni o‘rnatish usul va vositalari sifatida klaster, toifalash jadvali, insert, B/B/B jadvallaridan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari sifatida esa T-jadvali, Venna diagrammasi va boshqalardan foydalaniladi.
Mavjud muammoni aniqlash, uni xal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari usuli sifatida esa “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “Piramida”, “Nilufar guli” sxemalari, “Qanday?” iyerarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy-mantiqiy sxemalar hisoblanadi.
Masalan, insert jadvali - eshitgan mavzularni tizimlashtirishni ta’minlaydi; olingan ma’lumotni tasdiqlash, aniqlash, chetga chiqish, kuzatish, avval o‘zlashtirgan ma’lumotlarni bog‘lash qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Birinchi bo‘lib, bolalar insert jadvalini to‘ldirish qoidasi bilan tanishadilar. Har bir bolalar alohida o‘zi jadvalni to‘ldirib, o‘qish jarayonida olgan ma’lumotlarni alohida o‘zlari tizimlashtiradi hamda jadval ustunlariga “kiritadilar”. Bunda bolalar matnda belgilangan quyidagi belgilarga asoslanadi.
“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;
“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;
“+” - men uchun yangi ma’lumot;
“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab etiladi. Jadval quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Ushbu metod ham samarali metod hisoblanib, undan maktabgacha ta’lim jarayonida ham foydlanish mumkin. Ayniqsa, bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish maqsadida tashkil etilgan mashg’ulotlar, jumladan, milliy qahramonlar haqidagi hikoyalar, vatanimiz tabiati va boyliklari, davlatimiz ramzlari, shuningdek, mashhur allomalar hayoti va faoliyati tasvirlangan suratlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda ta’lim tizimining har bir bosqichida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan metodlardan biri - klasterdir. «Klaster» so'zi “tarmoq”, “bog'lam” ma'nosini anglatadi. Bu usul ko'p variantli fikrlashni, o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klasterlar asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga yetib borish yo‘li bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha bolalarning ishtirok etishi lozim bo’ladi. Klasterni tuzish qoidasi quyidagicha bo‘ladi:
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G‘oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni to‘xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.
Grafikli orgnayzerlar turidan yana biri - toifalash jadvali hisoblanadi. Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat hisoblanadi. U ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi. U bolalarda tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Dastlab bolalar toifali sharhlashni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Aqliy hujum, klaster tuzish, yangi o‘quv materiali bilan tanishishdan so‘ng, kichik guruhlarda olingan ma’lumot lavhalarini birlashtirish imkonini beradigan toifalarni izlaydilar. Bolalar toifalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashtiradilar. G‘oyalarni ma’lumotlarni toifaga mos ravishda bo‘ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o‘zgarishi mumkin. Yangilari paydo bo‘lishi mumkin. So‘ngra bajarilgan ish natijalari taqdimot qilinadi. Toifalash sharhini tuzish qoidasi quyidagicha bo‘ladi:
1. Toifalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
2. Bitta kichik guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.

Download 292,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish